June 8, 2025

Love Written in Pages.

Ep.6

Shom havosi sokin shahar ustida og‘irlik qilardi. Tennyson uyiga qaytayotgandi. Yuragi haligacha Klara bilan bo‘lgan kutilmagan uchrashuvdan titrardi. Yo‘lda har bir qadami og‘ir, har bir nafasida fikrlar chirmashib yotardi. U Klarani avvaliga tushidan taniydi deb o‘ylagan, lekin u – rostdan ham shu yerda, shu dunyoda, shu kasalxonada edi. Qanday qilib? Nega u bu yerda? Nega u biror so‘z demadi?..

U yelkasidan paltoning tugmasini yecharkan, hanuz o‘sha palataning eshigini eslardi – ichkarida jim yotgan qiz, yelkasiga tushib ketgan sochlari, ko‘ksida yotgan tanish muqovali kitob. Le Miroir des Rêves. O‘sha kitob! Ikkovining hayotini bog‘lagan yagona jild.

Tennyson kechki ovqatni yeya olmadi. Tashvish ko‘nglini ezib yuborgan edi. Oxiri u bir qarorga keldi: u Klara oldiga qaytadi. Bu safar, faqatgina uni ko‘rish uchun.


Kasalxona shiftidagi chiroqlar birin-ketin yonib borar, shifoxona koridorlari esa jimjit edi. Tennyson dahliz bo‘ylab yurarkan, yuragi tez ura boshladi. Palataga yetganda biroz to‘xtadi. Nafasini rostladi. So‘ng eshikni sekin taqillatdi.

Ichkaridan hech qanday javob bo‘lmadi.

Eshik ochiq edi. U asta boshini suqdi — xona ichkarisida faqatgina Klara bor edi. Qiz oynavand deraza yonidagi shifoxona karovatida yelkasiga shol tashlab o‘tirar, oyoqlari ostida ko‘rpacha, tizzasida esa o‘sha — Le Miroir des Rêves.

Uning ko'zlari sahifadagi satrlarni emas, xayollarining go‘zal manzaralarini ko‘rayotgandek edi. Ko‘zlarida sokin iztirob, g‘amgin o‘zini unutish yashinar, qo‘llari esa kitob betini silar, go‘yoki undagi so‘zlardan iliqlik topmoqchidek.

Tennyson bir qadam tashlab ichkariga kirdi. Harakati juda sekin, yuragi esa qattiq ura boshlagan edi.

Qiz ko‘zining chekkasi bilan harakatni sezdi. So‘ngra sekin boshini ko‘tardi. Ko‘zlari Tennysonning ko‘zlariga to'qnash keldi — biroz hayrat, biroz iliqlik va eng avvalo savol bilan.

Tennyson esa unga jilmayishga urindi.

— Meni... kechirasan, — dedi past ovozda. — Men bugun seni... bu yerda ko‘rib, juda hayron bo‘ldim. O‘sha...kitob. Men ham o‘qiyman uni 😅 yana qaytardim. Va seni tushimda... men o'sha tushlarni ko‘raman...

Klara jim turdi. Unga qarab jilmaydi, so‘ng yuzidagi ifoda asta o‘zgardi. Ko‘zlarida afsus va tushunishga urinayotgan bir nigoh paydo bo‘ldi. U kitobni tizzasidan olib, ikki qo‘lini ko‘tarib, imo-ishora bilan nimadir demoqchi bo'ldi.

U yuragini topshirgandek, og‘ir tortib, ko‘ksiga qo‘lini qo‘ydi va boshini sekin chayqadi. " Men gapira olmayman..." — uning harakati ana shu so‘zlarni aytardi.

Tennyson to‘xtab qoldi. Yuragi bir lahza qattiq urdi.

U bir zum sukutda qoldi, so‘ng sekin:

— Sen... gapira olmaysanmi?— dedi past ovozda. — Shu uchun... o'sha kutubxonada ham... menga hech narsa demadingmi?...

Qiz sekin boshini qimirlatdi. Ko‘zlarida yosh yo‘q edi. Faqat yurak o'yib o'tadigan sokin iztirob, yillar davomida yig‘ilgan jim so‘zlar, hayqiralmagan hayollar yotar edi.

Tennyson unga yaqinroq surildi. Yonoqlari engil qizargan, nigohlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri Klaraniki bilan tutashgan edi. U sekin qo‘lini uzatib, Klaraning kaftlariga tegmasdan, havoda to‘xtadi. So'ng pichirladi:


The End