Love Written in Pages.
Tong hali to'liq yorishmagan edi. Derazadan kirib turgan hira nurlar xona devorida o'ynar, havo esa hali anchagina sovuq va nam edi. Uyning yengil jim jitlik chulg'agan, faqat budulnikning "tik-tak" lari bu sukunatni buzub turardi.
Tennyson asta ko'zini ochdi. Yostiqdan yuzini ko'tararkan, darhol bir og'irlikni, ko'nglidagi allaqanday bezovtalikni his qildi. Har tong u shunday uyg'onardi. Nega? Chunki har tong uni bir hil haqiqat kutardi- onasi, unga hayot bergan mehir qal'asi, sog' emasdi.
U yostiqqa bir zum boshini qayta qo'ydi. Nafas oldi - chuqur, qiyin. Keyin sekin o'rnidan turdi. Dastlab oyoqlarini polga qo'yganida, sovuq taxta terisini junjuktirib yubordi. Ammo u bunday narsalarga o'rganib qolgan. Qadam-baqadam hommomga yurdi.
Yuzini yuvdi. oynadagi aksiga qaradi- ko'zlari uyqusiz, ammo ichida yongan bir dard bor edi. Sochlarini barmoqlari bilan orqaga surdi, yuzidagi suv tomchilarini sochiq bilan artib, bir soniya to'xtadi. Ko'zguga chuqur boqdi.
Shunday deya o'ziga sekin pichirladi. Bu so'zlar og'ir tuyulardi, ammo shuning o'zi unga kuch bergandek bo'lardi.
Kiyimlarini kiydi- soddagina ko'ylak, ustidan yupqa kurtka. Kurtkasining ichki cho'ntagiga bir dona eski suratni solib qo'ydi: unda onasi yosh, kulayotkan edi. Bu surat unga har safar umid berardi.
Shifokorlar uni to'tr oy oldin oshqozon sarotoni bilan og'riganini aytishgandi. Katta ehtimol bu kassalik avvaldan bor edi, ammo sezilmagan. Eliza yillar davomida og'riqga chidab yashagan, faqat endi kassalik avjiga chiqqan edi. Shuning uchun ham u oxirgi 1 oy kasalxonada yotar, Tennyson esa har kuni uni ziyorat qilar edi.
Bu har kunlik ziyorat, unga umir bo'yi kerak bo'ladigan sabirni o'rgatkan edi. Har qadamda guragi og'rirdi, ammo u indamasdi. Ko'z yoshlarini faqat yolg'iz qolganda to'kardi.
Tennyson yo'lga chiqishdan oldin oshxonaga kirdi. Stolda nonushta qilinmagan non, choy va ichilmagan dori qutisi yotardi. U darhol o'yladi- onasi bu dorilarni ichmayotgandi. Yuragi yana siqildi.
U choy qaynatdi, bir stakan suv oldi. O'zi choy ichmadi. Atigi ikki qultum suv ichib, xaltasiga onasi uchun kichik sovg'a solib, kalitni oldi. Eshikni ochdi. Tashqaridagi salqin havo yuziga uruldi. U ko'chaga qadam tashladi.
Yo'l shifoxonaga boshlardi. Har tong bo'lgani kabi, bugun ham og'ir, jim va sokin.... ammo bu safar yuragidagi bezovtalik boshqa edi.
U ko'chani kesib o'tdi. Shifoxona darvozasiga yetgach, ichkariga kirdi.
Bu yerning hidi- dori, sukunat va biroz umidsizlik hiding eslatardi. U yillar o'tib ham bu hidni unitolmasligini bilardi.
O'ng tarafda uzun yo'lak bo'ylab yurdi. Har bitta palata raqamini yoddan bilardi. Ammo yuragidagi bir his unga bugun o'zgarishini shivirlardi.
Tennyson hech narsa demasdan, sekin yurdi. O'sha yo'lak....o'sha burulish... va aynan o'sha joyda, u Klaraning palatasi yonidan bexos o'tdi.
Xona jim edi. Eshik qarsillab ochilganida ham, ichkarida harakat sezilmadi. Yorug'lik yarim ochiq derazadan xira tusda kirar, pardani sekin shamol silkitardi. Klaraning rangi oqarib ketgan yuzi oppoq yostiqda yotar, qoshlarining orasida yengil tirishish, yuragidagi tinimsiz urunishlardan dalolat berardi.
U uxlayotgandi. Ammo tanasining har bir qismi hushyor edi- ichida bir og'riq, bir his uyg'ongandek.
Yo'lakdan o'tib ketayotkan qadamlar..
Qadam tovushi yengil, lekin chuqur edi. Uning yuragi titradi, onasi kelishini hayol qildi. Klara sekin qimirladi. Keyin ko'zlari asta-sekin ochardi.
Deraza nuri bilan yoritilgan eshik qarshisidagi soyada...u uni ko'rdi.
Baland bo'yli, qora sochlari yelkasiga to'kilgan, qo'lidan salafan ko'targan yigit...bu u edi.
Ammo Klara o'zidan shubhalandi. Yuragi titrardi. Bu haqiqatnidi? Yoki ko'ziga ko'ringa tushmidi? Shu yerga kelganmidi u? Bu qanday bo'lishi mumkin?
Yuragi titrarkan, hayolini undan uzmadi. Ammo tanasi yotaverdi- sust, jim va harakatsiz. Uning tilida hech qanday so'z yo'q edi. Uni chaqirishga ham, hislarini bildirishga ham ojiz edi. Faqat....jimlik.
Ammo yigit to'xtamasdan o'tib ketdi. U Klarani ko'rmadi.
Tennyson onasining palatasida.
-"Jonim bolam" - Eliza jilmaydi. Ovozi mayin, ammo holsiz.
Tennyson onasining qo'lini ushlab o'tirar, yuragidagi yelkaday og'irlik bor edi. Onasi qarshisida shunday yumshoq jilmayarkan, Tennyson ichkarida qichqirib yuborguday bo'lardi.
-"Bugun o'zing qanday turding" - dep so'radi Eliza.
-"Yaxshi, faqat sizni sogâindim...."
Eliza yuzini unga o'girdi. Ko'zlari bir lahza namlandi. Keyin choy qoshiqchasiday ingichka barmoqlari bilan Tennysonning yuzini siladi
-"Men doim sen bilanman Tenny."
Ular bir zum jim qoldi. Palata devoridagi yurak urish manitoridan chiqqan ovoz, bu sukunatga qo'shilib, faqat vaqtni sanayotgandek tuyulardi.
Tennyson o'rnidan turdi, onasining peshonasidan o'pdi. So'ngra chiqishga ruxsat so'radi. Eliza uning qo'lidan ushlab turib, skin pichirladi:
-"Agar yuragingda nimadir og'riyotkan bo'lsa...uni ortga surma. Unga qaragin Tenny."
Tennyson hech narsa demadi, lekin yuragi...bu so'zlarni eshitib yana og'irlashdi.
Yigit ortga qaytayotkanda, u hali ham uxlab yotardi.
Ammo bu safar Tennyson uni ko'rdi.
U deraza orqali tushayotkan nur tagida yotgan qizga qaradi. Oppoq yuzida yengil qizil rang, yonida esa "Le Miroir des RĂȘves"turardi.
Tennyson chuqur nafas oldi. Yuragi o'ynadi. Bu-o'sha kitob. Bu-o'sha qiz. Demak...
U ichkariga sekin qadam qo'ydi. Yoniga bordi. Klara yotardi- tinch, lekin rangsiz. Nafas olish harakati deyarli bilinmasdi. Tennyson kitobga qaradi.
O'sha Bob, u ham kecha aynan o'sha bobni o'qigan edi.
U asta cho'kdi. Nigohi klaraning yuzidan, yostiqdagi kitobga, keyin yana qizning yuziga tushdi. Bir ozga shunchaki qarab turdi. Uning sochlari yelkasida, lablari ozgina ochiq edi. Uning jimligi yuragiga qichqiriq kabi tuyuldi.
Tennyson birdaniga o'rnidan turdi. Ayol qizga yugurdi, lekin avval birinchi yigitni ko'rdi.
Nigohi xayrat va vahima bilan to'ldi.
-"Men...men faqat..." - dep og'iz juftladi. So'ng yengil bosh egdi. -"Kechirasiz..."
U shoshilinch qadamlar bilan chiqib ketdi. Yuragi ezilib, ranggi oqarib ketgandi.
Tennyson-shifoxona tashqarisida.
U deraza tagida to'xtadi. Nafasini rostlay olmadi. Yuragi dup-dup urardi.
-"Bu...bu u edi. Bu aynan o'sha qiz edi."
U devorga suyanib turdi. Tomog'oga nimadr tiqilgandek. Yuragida allaqanday hayrat. U nega yotgan edi? Nega jim edi? Nega...?