COLUMBIANA
Qorli tun. Shahar chekkasidagi tor ko'chada chiroqlar xira yonib turardi. Yaqinda qurilgan kazino atrofi qora mashinalar bilan toʻlib ketgan, dvigatellardan chiqayotgan tutun sovuq havoda asta koʻtarilardi. Ichkaridan pianino tovushi eshitilar, lekin tashqarida sukutni faqat qor parchalarining yerga urilishi buzardi.
Bir to'da erkaklar qora plash va kostyumda kazinodan chiqib kela boshladi. Ularning qadamlarida ogʻirlik, nigohlarida esa sovuq ishonchsizlik bor edi. Bu odamlar oddiy mehmon emas ular Kanadaning eng xavfli odamlaridan biri, qora bozorda "xufiya qirollar" deb ataladigan mafiya to'dasi edi.
Ularning o'rtasida bir kishi boshqalardan ajralib turardi. Ko'zlari jiddiy, yuzida yillar davomida ko'rgan fojialar izi. Bu - Deltaning otasi, o'sha paytda hali ham oilasi uchun kurashayotgan, lekin jinoyat dunyosi botqogʻiga tobora botayotgan odam edi...
Qor yog'ishda davom etardi. Deltaning otasi qora mashinasini asta-sekin tor ko'chalardan haydab borar, oynadan tashqariga qararkan, oynalarga urilayotgan qor donalari go'yo unga hamrohdek tuyulardi. Ammo orqa ko'chada ikki qora "Chevrolet" mashinasi jimlikda uni kuzatib kelayotganini sezardi.
Qor jim yog'ishda davom etar, tun esa g'alati sokin edi. Deltaning otasi uyga kirar ekan, nigohida xavotir sezilardi. Xotiniga qarab, boshini sekin qimirlatdi. Ayol hamma narsani anglab, darhol shkaf ortidan qurollarni olib chiqdi.
Qizcha hayrat bilan otasiga qarardi. U yoniga kelib, cho'ntagidan kichik kumush zanjir oldi-da, qizining bo'yniga taqdi. Sovuq metall tanasiga tekkanda, Delta beixtiyor titradi.
- "Buni hech qachon yechma, Bu juda muhim narsa va hech kimga berma bu sening pasporting. Delta. Endi sen kut. Hech narsadan qo'rqma, va qimirlamay tur. Men qaytaman," - dedi otasi, ovozida birinchi marta mayin titroq bilan.
Ona qizini oshxona tomon olib o'tdi, stol ostiga oʻtqazib qo'ydi. Ayolning qo'llari titrardi, ammo yuzida qat'iylik bor edi. - "Ko'zlaringni yumma, Delta. Faqat jim oʻtir. Biz seni himoya qilamiz," - dedi u oxirgi bor.
Shu payt eshik zarb bilan ochildi. Qora libosli odamlar bostirib kirdi. Hamma narsa bir lahzada yuz berdi: onasining qichqirig'i, miltiq ovozi, keyin birdaniga yiqilgan tana.
Delta stol ostida qotib qoldi. Ko'zlari katta ochilgan, ammo bir tomchi yosh ham chiqmasdi. Vujudi muzlaganday, na qichqirdi, na harakat qildi.
Otasi esa so'nggi bor qiziga qarashga ulgurdi. Nigohlari og'ir, ammo mehrga to'la edi. Ammo keyingi lahza... yana o'q ovozi, va hammasi tugadi!!!
Uy ichida qon va sukunat qoldi. Delta esa shunchaki o'tirardi. Ko'zlari hech narsaga qaramas, qotib qolgancha. Go'yo endi hech qachon bola emas, balki ichida nimadir sinib ketgan qiz edi.
Qora libosli odamlar uy ichida qoldirishgan iztirobli sukunat hukm surardi. Bir necha lahza o'tgach, ulardan biri stol ostida qotib oʻtirgan Deltani ko'rib qoldi.
U qoʻlidagi qurolni ko'tarib, qizaloqning peshonasiga tiradi. Delta o'zgarishsiz tikilar, na yig'lardi, na titrardi. Faqat ko'zlari sovuq, bo'shliqday edi.
- "Hamma narsani ko'rdi... uni hozir otib yuboraman," - dedi qora libosli odam.
Ammo uning yonida turgan sherigi qoʻlidan ushlab qoldi:
- "Yoʻq. Axir bu bola-ku. Uni oʻldirmasdan ham aldasak, hammasini aytishi mumkin. Hali foydasi tegadi..."
Shu payt qurol ko'targan odam cho'nqayib, Delta oldiga tushdi. Uning yuzida yolg'on samimiylik, ovozida esa sovuq hiyla bor edi.
- "Qizaloq..." – dedi u past ovozda,
"Sen juda aqlli koʻrinyapsan. Eshitib qo'y, sening otangda ilon shaklida zanjir bor edi. U bizning xo'jayinimizga - BOSSga tegishli. Agar qayerda ekanini aytsang, seni qo'yib yuboramiz. Hohlagan narsangni beramiz. Qani, ayt-chi, sen nima xohlaysan?
Odam qo'lini cho'zib, go'yoki samimiy do'stdan yordam so'raganday iltijo qilardi.
Bir lahza sukunat cho'kdi. So'ng Delta qoʻlini sekin stolning pastiga uzatdi. U yerdagi kichik oshxona pichog'ini ushlab oldi. Odam buni sezmay, qoʻlini qizga yaqinlashtirar ekan...
Burdan Delta pichoqni odamning qo'liga sanchidida
—" BOSS ni o'ldirishni xohlayman" dep baqirdi
Odamning qo'li stol yuziga mixlanib qoldi. Uning og'riqdan chiqqan qichqirig'i butun uyni larzaga soldi.
Delta esa shu payt imkoniyatni qo'ldan boy bermadi - stol tagidan chiqib, deraza tomon yugurdi.