April 10, 2025

Love Written in Pages

Ep.3

Klara qo'llarini sochiqga artarkan, yuragi tinchimasdi. Oshxonadagi har bir harakatni tezlashtirar. Fikrida esa faqat bitta narsa aylanardi - " Le Miroir des Rêves ".

-Raxmat qizim, bugun juda charchading, -dedi onasi choynakni yuva turib. -Endi dam ol

Klara asta bosh irg'idi. Ust-boshini alishtirdi-yu, hech narsa demay eshikka yaqinlashdi.

-Qayerga?- soradi onasi biroz hayron.

Klara telefonini korsatdi -" kutibxonaga kitobim qolib ketdi".

Onasi nimadir demoqchi bo'ldi, lekin qiz oyoq kimini kiyib, eshikdan chiqib ketayotkan edi.


Kecha har doim jim bo'lardi, lekin bugun... bugun qorong‘ulik boshqacha edi. Klara kutubxonaga yaqinlashgan saying yuragi tez urardi. Qadamlarini tezlashtirar, ichida nomalum bir havotir uyg'onardi.

Kutibxona eshigi ochiq

Karoci qorongu varianti yo ekan manga wu rasm yoqdi

U sekin ichkariga kirdi. Havoda tanish hid -kitob, chang va... nimadir sirli. O'sha joyga bordi, u o'tirgan stolga.

Lekin kitob yo'q edi.

Klara bir zum qotib qoldi. Ko'zlari har tarafni axtardi. Extimol, hodim olib qoygandir, yoki kimdir topib...

-Sizni kutaman, degandim....-degan ovoz yuragini to'xtatgandek qildi.

Klara ortga o'girildi.

Tennyson

U kitobni qo'lida ushlab turardi.

-Bilasizmi, bu kitobni ko'rib hayron qoldim. Xuddi men o'qiyotkan narsa. Qiziq a? - dedi u jilmayib.

Klara yuragida allaqanday iliqlik cho'g' aralash hissiyotni his qildi. Nima qilishni bilmadi. Yana gapirish kerakmi? Yo'q...

U shunchaki oldinga yurdi, kitobga qaradi.

-Siz uni o'qib tugatdingizmi?- dedi Tennyson, kitobni Klara tomon cho'zarkan.

Qiz sekin bosh chayqadi.

Ular ko'z - ko'ga qarab turishdi. Tennyson bir zum jim qoldi. Uning ko'zlarida tushdagi o'sha nigohlar yaltirardi.

-Sizningcha.... bu oddiy kitobmi? Unda nimadir bor. Har o'qiganimda huddi boshqa olamga tushib qolganday bo'laman.

Klara yutindi. U ham shunday his qilardi.

Tennyson sekin unga qarab davom etdi:

Aynan sizni o'sha dunyoda ko'rganimga ishonaman.

Bu so'zlar qizni larzaga soldi. U ham tush ko'rganmi?....

Klara kitobni qo'liga oldi. Tennyson bilan yana ko'zlar to'qnash keldi. Ammo u hali ham bir og'iz so'z aytmadi. So'zsiz ammo ko'zlari orqali hamma barsani gapirganday bo'ldi.

Keyin u bosh egib, asta orqasiga o'girildi. Yuragi o'zini bosolmasdi. Lekin yana ketayotgan edi..

-Siz...qachondir yana kelasizmi? -dedi Tennyson. Ovozi siniq va samimiy edi

Klara bir zum to'xtadi. Yelkasining bir cheti bilan o'girilib, unga jilmayishga o'xshash harakat qildi. So'ng hech narsa demasdan, kutubxonadan chiqib ketdi.

Tashqaridagi tun yengil shabada bilan to'lib turardi. Ammo Klara yuragida bo'ron esardi. Tennyson.... faqat tush emasmi?

U kitobni bag‘riga bosdi. Bu tun yana uni tushlar olamiga olib ketardi.

Lekin bu safar..... u yolg'iz emasdi.


TUSHLAR BIRLASHGAN TUN

Kech

Klara xonasida, Tennyson esa o'z uyida, har ikkisi jimjimador jildli kitobni ochdi: Le Miroir des Rêves- 7-bob "Qirollikdagi balo kechasi"

So'zlar ko'zlaridan yuragiga oqib tushgandek edi. Har bir satr ularni ohangga o'rgutdi. Harflar jonlanib, oqshom tinchligi orqasida sehirli kuchga aylandi.

...va so'ng, uxlash boshlanganda- ikki qalb, ikki tanho ong bir orzuda birlashdi.


Qirollikdagi tun

Klara o'zini oppoq libosda ko'rdi. U ajoyib bal zali bo'ylab yurardi. Atrofni shamchiroqlar yoritar edi. Har joyda gullar, shodlik, musiqa.

Biroq yuragi qattiq urardi. Go'yo bu shodlik ortida yashiringan narsa bor edi.

-Nihoyat seni topdim, -degan ovoz uni to'xtatdi.

Bu Tennyson edi.

Lekin u oddiy yigit emas edi. U qirollikda tanilgan jasur shahzodaga aylangan, ko'zlarida qat’iyat, yuragida sirli og'riq bor edi.

Ular nigohlar bilan bir necha soniya suxbatlashishdi. Tennyson Klara tomon qo'l cho'zdi.

Bugun, iltimos, so'zsiz bo'lsa ham men bilan raqs tush.

Klara sekin jilmayib qo'l cho'zdi.

Bu uning tushida yagona til topa oladigan joy edi. Va u sekinlik bilan shahzoda bilan raqs tushdi. Musiqa yurakni tirnaydigan darajada nafis edi. Zalda raqs, muhabbat va sirlar g'oyibona aylanardi.

Ammo to'satdan, zaldagi shamlar birin-ketin o'chishni boshladi. Musiqa to'xtadi. Odamlar hayratda, saroy to'xtab qoldi.

-Nima bo'lyapti?...-dedi Klara cho'chib.

Shahzoda Tennyson uning qo'lini mahkam ushladi.

-Bu..bu hali boshlanishi. Sen bu yerda uzoq qolmasliging kerak. Yuraging havotirda, men his qilyapman.

Shu lahzada Klara yuragidagi og'riqni his qildi. Birdan yelkasiga og'irlik tushdi. Ko'z oldi qoraydi. Yuragi qaqshab, nafas ololmay qoldi.


Daxshatli uyg'onish

Klara birdan o'zini yotoqda topdi.

Ko'kragiga og'ir nafas bosilib turganday edi. Naqadar daxshatli tush...yo'q, bu oddiy tush emas edi. Bu... ogohlantirish edi.

U o'rnidan turishni boshladi, lekin to'satdan bo'giq yo'tal tutdi.

Boshlang'ich yo'tal edi, lekin asta sekin kuchaydi...

...va u kaftini og'ziga tutdi - qon

Qora tun ichida bu qizil rang yanada yaltirab ko'rinardi.

Klara qo'rquvdan ko'zlarini katta ochdi. Nafasi qisila boshladi. Yuragi tez urar, miyyasi "nima bo'lyapti" degan savollar bilan to'lgan edi.

U onasining honasi tomon yurdi. Eshikni ochmoqchi bo'ldi

Ammo...to'xtadi.

Unga aytsa, yana kasalxonalar, dori-darmon, urishish, yeg'lash.

Yo'q... bu safar u o'zi hal qilmoqchi.

Klara vannaxonaga qaytib kirdi. Yuz qo'lini sovuq suv bilan yuvdi. Og'zidagi qon yuvildi, ammo yuragidagi havotir yo'qolmadi.

U oynaga qaradi. Ko'zlari tubida nimadir o'zgardi. Go'yo bu kecha undan bir parchani tortib olgandek.

Yotoqqa qaytib yotarkan, u bir narsani anniq his qildi:

Nimadir yaqinlashyapti. Biror falokat...

U ko'zlarini yummadi. Fikirlar unga tinchlik bermasdi.

-Ertalab onamga aytaman- deb shivir qildi sekin

U tun og'ushida, ichki og'riq va yurak iztirobi bilan jim yotib qoldi.

The End.