April 16, 2025

Love Written in Pages

Ep.4

Erta tong.

Eshik ortasidan tong nurlari derazadan sirg'anib, pol ustida to'lqin-to'lqin o'yanrdi. Havo sovuq ammo o'zgacha tinch edi. Hamma narsa go'yo harakatda, lekin jim.

Klaraning oyisi oshxonada choy tayyolayotgan edi. Qaynayotkan suvning shovqini xona ichida yengilgina shivirlayotkandek eshitilar, choydan taralayotkan o'sha tanish hid...uydagi har tongni eslatar edi. Ammo bugun-bir narsa o'zgarib qolgan edi. Yuragining tubida bir vahima jim turgan, endi esa asta harakatlana boshlagan edi.

U likopchaga bir parcha non, saryog', biroz murabbo solib, Klaraning xonasiga yo'l oldi.

-"Bolam uyg'on. Bugun chiroyli kun, sening sevimli choyingni tayyorladim,"- dedi eshikni ochib, sokin tabassum bilan.

Ammo qiz harakat qilmasdi. Ko'zlari ochiq, lekin o'sha ohangsiz nigoh bilan shiftga tikilgan edi. Sochlari yostiqqa tarqalgan, yuzi esa o'ta oppoq edi, go'yo butun tun davomida u hayot bilan sukutli kurash olib borgan edi.

Onasi ichgariga kirib stulga cho'kdi. Nigohida faqat bir narsa- hissiyotlarga to'la, ammo hali aytilmagan faryod.

Klara asta ko'zlarini onasiga burdi. So'z yo'q. Til yo'q. Faqat yurak, faqat ko'zlar, faqat qo'llar...

U asta qo'lini ko'tarib, imo-ishora bilan asta tushuntira boshladi:

"Onajon...kecha...men yo'tal...qildim"

Qo'llari titradi, ish mukammal emas edi, lekin onasi o'rgangan edi. Har bir harakatni, har bir barmoq siljishini yuragida his qilardi.

-"Yo'tal? Bolam yo'tal dedingmi sen? Nechun meni uyg'otmading?!" - dedi u, tovushi ko'tarilib, ichidagi qo'rquvni yashirmay. Chiroyli likopcha titradi, ichidagi choy likopcha labi bo'ylab oqib tushdi.

Klara yana harakat qildi.

-"Qon..."

U ikki barmog'ini labiga tekkizdi, so'ng kaftini ochdi. Ko'zlari to'g'ridan-to'g'ri onasinikiga tikilgan edi.

Onasining yuragi to'xtab qolgandek bo'ldi. U seskanib o'rnidan turdi. Hech narsa demadi. Faqat Klarani quchog'iga oldi. So'zsiz, yeg'lamadi...ammo butun vujudida faryod bor edi. Onasi taxmin qilgan edi.

Shu payt onasi Klarani ustiga paltosini kiydirdi. Qayergadir shoshilgandek.

Keyin mashina ovozi, shifoxona sari shoshilish. Yorug'lik bilan qorong‘ulik oralig'ida bir umid va bir qo'rquv bor edi.


Shifoxonada- sukut ichida aytilgan hukm.

Shifoxona sovuq edi. Rangsiz devorlar orasida yuraklar rangsiz bo'lishga majbur. Klaraning onasi qizining qo'lini mahkam ushladi. U shifokor bilan gaplashar, ko'zida yeg'lamaslik uchun o'zi bilan kurashar edi.

Klara esa o'tirgancha o'ychan derazadan tashqariga qarar edi. Go'yo u yerda bu yerga qaraganda ko'proq hayot bor edi.

Tekshiruvlar natijasini aniqlagani kirib ketgan shifokor tahminan yarim soatdan keyin chiqdi. Uning yuzida og'irlik bor edi - bu og'irlikni yillar ham yengilashtira olmasdi.

-"Sizga og'ir bo'ladi...Ammo haqiqatni aytishim kerak. Klarada o'pka saratoni. Juda kech aniqlangan. Biz...bizda ko'p vaqt yo'q. Atiga 3 oy..."

Onasi bir qadam orqaga chekindi. Nafasi qisildi. Devorga suyanib, boshini egdi. Yeg'lamaslikka urundi. Yelkasi titrardi. So'ng to'xtatib bo'lmas ko'z yoshlari to'kila boshladi. Qo'lini og'ziga bosdi, hech qanday ovoz chiqmasin dep.

Ammo Klarada - bir so'z yo'q edi. U jim. Ko'zlarida ham yosh yo'q edi. Faqat... yuragi jim-jit yeg'lar edi.

"Uch oy..."

Bu so'z miyyasida yana-yana aks sado berdi.

U o'ziga dedi:

"Uch oy ichida... men yashashim kerak, sevishim kerak. Uni yana ko'rishim kerak."


Kutubxonada kutgan yurak

O'sha vaqtda Tennyson kutubxonada edi. U klarani kutar edi. Har kuni keladigan qiz- jim...

Kitob- " Le Miroir des RĂȘves" - uning oldida yotar edi. Bosh barmog'i kitob sahifalarida aylanar, lekin ko'zlari eshikda. Soat o'tdi. Quyosh botdi. O'rindiqga yelkasini egib, kutishda davom etdi.

Lekin Klaraning na izi, na soyasi ko'rinardi.


Kasallik bilan kechgan tun.

Klara uyga qaytmadi. U endi kasalxonada. Yonida onasi, yuragida esa-og'riq.

Onasi uning hamma narsasini uydan olib kelib shufoxona palatasiga joylagan edi.

Klara qo'liga onasi olib kelgan kitob "Le Miroir des RĂȘves" ni oldi. Kitobni ochmadi. Tennyson haqida o'yladi. Unga nima deyish mumkin edi? Unga aytadigan til yo'q edi...endi esa vaqt ham yo'q edi.

U ko'zlarini yummadi. Tun uni yutayotgan edi. Lekin nihoyat charchoq ustun keldi. U uxlab qoldi.


Tennyson va daxshatli tush.

U ham kitobni qo'lida ushlagancha uxlab qoldi. Sahifalar orasidan tushga sho'ng'idi.

U tushida Klarani ko'rdi. Malika libosida, gulzor orasida emas - qalin sarg'ish shamol ichida.

Bu tushda ham Klara qon yo'taldi.

Tennyson yugurdi.

-"Klara! Yo'q, iltimos! Men seni sevaman! Ketma!"- deb faryod qilardi.

Klara ko'zlarini unga qaratdi. Lekin bu nigoh...

Bu nigoh- xayirlashayotgan yurak edi.

Tennyson birdan qo'rquvdan uyg'ondi.

Yuragida og'riq. Kaftini yuragiga bosdi.

U endi bilar edi. U biror narsani yo'qotmoqda...

The End