December 17, 2021

Jarqo'rg'on tuman Yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig'i tasdiqlagan vazifalar taqsimotiga asosan targ'ibot tadbirlari o`tkazildi.

Haftaning har payshanba kuni har bir xodim o`ziga biriktirilgan tashkilotda hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar shuningdek sohaga oid qonunchulik bilan tashkilot hodimlarini tanishtirish belgilangan. Shu maqsadda joriy yilning 16 dekabr kuni tuman Tibbiyot birlashmasida, SEO va JSB bo`limida, Irrigatsiya bo`limida, Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limida, Obodonlashtirish boshqarmasida “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonuni (O‘RQ–737-son, 15.12.2021 y.), Davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha Prezident qarori (PQ–43-son, 10.12.2021 y.), Kambag‘al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish yuzasidan imtiyozlar (https://lex.uz/docs/4358964),

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi OʻRQ-419-sonli “Korrupsiyaga karshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini ta’minlash va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyndagi PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari mazmun-mohiyatini tushuntirish hamda "E-Huquqshunos" tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan targ'ibot tadbirlari tashkillashtirildi.