Jarqo`rg`on tuman adliya bo`limi va yuridik xizmat tomonidan tuman maktabgacha ta'lim bo`limida O`zbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil 18 marrtdagi PQ-173-sonli Qarori ijrosi yuzasidan targ`ibot o`tkazildi...
Seminarda, dastlab adliya bo`limi boshlig`i B. Baxsumov va Yuridik xizmat ko`rsatish markazi boshlig`i S.Allanazarov adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikkaka asosan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi "YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZLARI FAOLIYATINI YANADA KENGAYTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA"gi PQ 173-sonli Qaror bo`yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berib o`tdi.
Bundan tashqari, Markaz bosh yuristkonsulti M.Mamayusupov avvalo sohaga doir Mexnat kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi"Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi OʻRK-419-sonli “Korrupsiyaga karshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berib o`tdi.