April 22, 2022

"Sog'liqni saqlash vа ta'lim tizimi xodimlarining huquqlаrini himoya qilish" huquqiy aksiyasi doirasida Jarqo`rg`on tuman adliya bo`limi va Yuridik xizmati tomonidan sayyor qabul o`tkazildi.

Joriy yilning 21-22-aprel kunlari Jarqo`rg`on tuman Adliya bo`limi va Yuridik xizmat ko`rsatish markazi tomonidan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo`limi va Surxon hududiy poliklinikasida tibbiyot xodimlarining sayyor qabuli bo`lib o`tdi va 3 nafar xodimning murojaati tegishliligi bo`yicha adliya bo`limining ish yurituviga olindi, shuningdek 10 dan ortiq tibbiyot xodimlarining soahaga oid Mehnat kodeksi, Oila kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2015 yil 21 dekabrdagi "Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida"gi Qarori bo`yicha savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Markaz bosh yuristkonsulti X.Saodatov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi"Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi OʻRK-419-sonli “Korrupsiyaga karshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berib o`tildi.