June 9, 2022

Jarqo‘rg‘on tuman Adliya bo`limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig`i S.Allanazarov ishtirokida 2022 yil “ 9” iyun kuni Jarqo‘rg‘on tuman “Oziq-ovqat dehqon bozori” MChJ radiouzeli orqali targ`ibot tadbiri o`tkazildi....

Tadbirda, 2022 yil 05 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksiga qo`shimcha va o`zgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi O‘RQ-767-son qonuni, 2022 yil 31 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaroviy qurol va uning o`q-dorilarini hadya etish taqiqlanishi toʻgʻrisida”gi O‘RQ-772-son qonuni, 2022 yil 31 may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasining “Ko`p kvartirali uylar konstruksiyalarini noqonuniy o`zgartirganlik uchun javobgarlik kuchaytirilganligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-773-son qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli Qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-240-sonli farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 08 apreldagi “Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va ta’lim kreditlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalarini belgilash to‘g‘risida”gi PQ-199-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son farmoni,  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 may kunidagi “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giPQ-263-sonli qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 19-maydagi 2022/2023 o‘quv yilidan davlat maktablarida o‘quvchilar uchun maktab formasi to‘liq joriy etish to‘g‘risida”gi 271-sonli qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.