July 19, 2022

Surxondaryo viloyat Adliya boshqarmasi, Jarqo`rg`on tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi hamda “UNICOM-SOFT” kompaniyasi xodimlari ishtirokida 2022 yil 19 iyul Jarqo`rg`on tumanida seminar tadbiri o`tkazildi.

Jarqo`rgo`n tumani hokimligining majlislar zalida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyndagi PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratilganligi va ushbu tizimga ulanish tartibi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilishi, qog‘ozbozlikka barham berilayotganli haqida tushunchalar berish maqsadida, Mahalla va nuroniylarni qullab quvvatlash bo‘limi, Sportni rivojlantirish bo‘limi,Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Davlat soliq inspeksiyasi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 67 ta umumta’lim maktablari, Maktabgacha ta’lim bo‘limga qarashli davlat 43 ta maktatgacha ta’lim tashkilotlari, Tibbiyot birlashmasiga qarashli OP va OShP, Qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamda Turizm va madaniy meros bo‘limlari 2022-yil 1-avgust sanasidan “Ye-huquqshunos” dasturiga ulanayotganligi sababli yuqoridagi barcha tashkilot rahbarlari va kadrlar menejerlari ishtirokida Adliya boshqarmasi, tuman Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari hamda “UNICOM-SOFT” kompaniyasi xodimlari ishtirokida amaliy o‘quv seminar mashg`uloti o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilarning "E-huquqshunos" tizimiga oid huquqiy va texnik savollariga vakillar tomonidan javob berildi.