June 9, 2022

Joriy yilning 9-iyun kuni Jarqo`rg`on tumanidagi 67 ta umumta'lim maktablarining direktorlari ishtirokida tuman Xalq ta'limi bo`limida targ`ibot tadbiri o`tkazildi...

Tadbirda Senat tomonidan tasdiqlangan "Davlat Fuqarolik xizmati" to`grisidagi qonunning mazmun-mohiyati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunlari, O`zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-maydagi "Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida" gi O`RQ-768-sonli Qonuni va O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi "Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmonining mazmun-mohiyati tanishtirilib, ular tomonidan berilgan savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shunindek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 martdagi "YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZLARI FAOLIYATINI YANADA KENGAYTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA"gi PQ 173-sonli Qarori va uning ijrosi yuzasidan "E-Huquqshunos" dasturining o`rnatilishi yuzasidan muhokama o`tkazildi.