April 12, 2022

Joriy yilning 12-aprel kuni Jarqo`rg`on tuman xalq ta'limi bo`limida tumandagi barcha umumta'lim maktablari kadrlari bo`yicha menejerlari bilan PQ 173-sonli Qaror muxokamasi bo`yicha seminar tadbiri o`tkazildi.

Seminarda, dastlab O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 16 martdagi "YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH MARKAZLARI FAOLIYATINI YANADA KENGAYTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA"gi PQ 173-sonli Qaror bo`yicha batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Markaz boshlig'i S.Allanazarov hamda bosh yuristkonsultlari R.Nazarov hamda S.Shaymanovalar nutq so`zlab , avvalo sohaga doir Mexnat kodeksi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi"Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2021 yil 8 iyundagi PF-6243-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 3-yanvardagi OʻRK-419-sonli “Korrupsiyaga karshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonuni xamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 09 avgust kunidagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5216-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berib o`tdi.