March 10, 2022

Jarqo`rg`on tuman YUXKM tomonidan tuman hokimligi bilan hamkorlikda barcha Yuridik xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlar ishtirokida seminar tadbiri o`tkazildi...

Tadbirda, tashkilotlarning raxbarlari va kadrlar bo`yicha mutaxassislari, shuningdek ijro ishiga ma'sul xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-sonli qarorning
mazmun-mohiyati va Markazlarning 5 ta vazifasi hamda 48 ta funksiyalari tushuntirib o`tilib, "E-HUQUQSHUNOS" tizimida uchrayotgan muammo va masalalar yuzasidan o`zaro fikr almashilinib savollarga shu joyning o`zida ma'sullar bilan birgalikda javob berildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylarida “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.03.2022 yildagi PQ-146-sonli "Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" gi qarorlari haqida ma'lumotlar va tushuntirishlar berildi. Jumladan, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining quyidagi asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlari haqida gapirildi:

jumladan, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va faolligini oshirish, gender tenglik kafolatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish;

oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan oila va xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish;

xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylardagi xotin-qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish;

xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, oiladagi ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

xotin-qizlar yo‘nalishidagi nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga yordam ko‘rsatish .

Bundan tashqari, Mehnat kodeksining 97,99,100,144,161,181,182-moddalari bo`yicha batafsil huquqiy tushunchalar, tashkilotlarning XISOBXONA xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 sentaybrdagi "O‘zbekiston respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PQ 3953-sonli qarori bo`yicha batafsil tushunchalar berildi.

Bu kabi tadbirlar albatta Yuridik xizmat ko`rsatiladigan tashkilotlarning, avvalambor huquqiy ongini o`stirishga, qolaversa ma'suliyatini ham oshiradi.