April 20, 2022

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi Jarqo`rg`on tuman Yuridik xizmat ko`rsatish markazi va tuman adliya bo`limi bilan hamkorlikda joriy yilning 20 aprelida tuman Qishloq xo`jaligi bo`limida targ`ibot tadbiri o`tkazildi.

Seminar tadbirini Tuman hokimining Qishloq xo`jaligi masalalari bo`yicha o`rinbosari A.Xo`shnazarov ochib berdi va so`z navbatini Markaz boshlig'i S.Allanazarovga berdi tadbirda yangi qabul qilingan qonunchilik hujjati, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–173-sonli “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi hamda uridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini berib kelayotganligi, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat tashkilotlarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlari elektron shaklda “E-huquqshunos” elektron tizimi orqali amalga oshirilishi to‘g‘risida tushuntirishlar berilib Tuman Qishloq xo`jaligi bo`limidan 1 nafar ma'sul shaxs biriktirildi.

Bundan tashqari, sohaga oid O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
22 fevraldagi "YER UCHASTKALARIDAN FOYDALANISHDA DAVLAT NAZORATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA"gi PQ-138-sonli qarori ijrosi yuzasidan batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.