July 8, 2022

Jarqo`rg`on tuman adliya bo`limi YXKM tomonidan joriy yilning 7-iyul kuni tumandagi barcha MTM mudiralari ishtirokida REFERENDUM qachon va qanday shaklda o`tkazilishi hamda uning saylov tizimidan farqi yuzasidan targ`ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasining “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING REFERENDUMI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA"gi Qonunining mazmun mohiyati va amaldagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan har bir modda bo`yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda seminar ishtirokchilaridan tushgan takliflarga munosabat bildirildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyndagi PQ-5168-sonli “Davlat organlari va tashkilotlariga yridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.