July 15, 2022

Joriy yilning 15-iyul kuni Jarqo`rg`on tuman adliya bo`limi YXKM tomonidan tuman Maktabgacha ta'lim bo`limida targ`ibot tadbiri o`tkazildi...

Ushbu tadbir davomida ishtirokchilarga qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, shu jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi,O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonuni, 29.06.2022-yildagi O‘RQ-781-son “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.02.2022-yildagi PQ-138-son “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 30.05.2022-yildagi PQ–263-son “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 16.05.2022-yildagi 259-son “2022-2023-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati haqida tanishtirib o‘tildi.