February 16, 2022

“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” bugungi kunda gender tengligi, ayniqsa ayollar huquqi dolzarb masala. Joriy yilning 16 fevral kuni Jarqo‘rg‘on tuman YUXKM tomonidan Tibbiyot birlashmasida ana shu mavzuda keng targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Malumki, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” deb e’lon qilindi. Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon o‘tkazilishi tashkillashtirildi.

Imtihonda 15 yosh va undan katta barcha xotin-qizlar qatnashishi mumkin bo‘lib, ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va ochiq. Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida joriy yil 15 fevraldan 28 fevralga (shu kuni ham) qadar ro‘yxatdan o‘tishi ko‘rsatib o‘tilganligi tushuntirildi va 4 xildagi 25 ta flaer va bukletlar tarqatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.03.2019 yildagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”PQ-4235-sonli qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining vazifalari qayta ko‘rib chiqildi, tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitalari tuzilmasida xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etildi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etildi, shuningdek, «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni ta’sis etildi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimi yaratildi. Bundan tashqari, Mamalakatimizda o`tkazilayotga islohotlar, chiqayotgan har bitta qonuniy hujjatlar xotin-qizlarning huquqlariga va qonuniy manfaatlari oshirishga qaratilgan. Shular asnosida ayniqsa, yurtimizda ayollarga bo`lgan e`tibor hamisha yuqori bo`lgan. Hozirgi kunda oddiy kasblardan tortib davlat boshqaruv organlari faoliyatida hamda jamiyatning barcha sohalarida ayollar ishtiroki va faolligini kuzatish mumkin. Qonunchiligimizda ayollarga beriladigan imkoniyat va imtiyozlar kafolatlangan bo`lib, jamiyatda ularning ishtiroki va faolligini oshirishga qaratilgan. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar, qonun xujjatlarida mustaxkamlab qo`yilgan haq-huquqlar, imtiyozlar jamiyatda ayollarning erkin mustaqil faoliyat olib borishini ta`minlaydi. Xususan, talaba bo`lish istagida bo`lgan qizlar uchun, O‘zbekiston Respublikasi VMning, 23.06.2020 yildagi 402-sonli qaroriga asosan, Davlat granti asosidagi qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari bo‘yicha talabalikka qo‘ydagi xotin-qizlarga O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining belgilangan shakldagi tavsiyanomalariga ega bo‘lgan abiturientlar test sinovlari natijalariga muvofiq qabul qilinishi tushuntirildi.

Shuningdek, O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI 2022 YIL 28 YANVAR KUNI «2022–2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA»GI PF-60-SON FARMONINI MAZMUN-MOHIYATINI TUSHUNTIRISH HAQIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmonni hamda 2022 yil – «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturini imzolanganligi tushuntirib utildi.