July 25, 2022

Жарқўрғон туман адлия бўлими Юридик хизмат кўрсатиш маркази томонидан 2022-yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli Qaror ijrosi ta'minlan..

Joriy yilning 25-may kuni tuman Maktabgacha ta'lim bo`limining majlislar zalida tumandagi 44 ta MTTlarning tizimga mas'ul xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18 mart kunidagi “Yuridik xizmat ko`rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida huquqiy tushuntirishlar berilib, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida Adliya vazirligi tizimida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatayotganligi, bu borada, yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat idoralarining markazlarga yuboriladigan hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va qabul qilish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazuvchi “E-huquqshunos” elektron tizimi yaratilganligi va ushbu tizimga ulanish tartibi, ish yurituvi to‘liq raqamlashtirilishi, qog‘ozbozlikka barham berilayotganli haqida tushunchalar berib o`tildi hamda ishtirokchilarning bergan savollariga huquqiy tushuntirish berildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "OILA VA XOTIN-QIZLARNI TIZIMLI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA DOIR ISHLARNI YANADA JADALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA«gi PF 37-son Farmonining mazmun mohiyati.

Jumladan, Farmonning 17-bandiga asosan 2022-yil 1-apreldan boshlab: a) boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning: farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinishi,

a) 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Davlat budjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratilishi,

b) to‘liq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pullik xizmat ko‘rsatish shaklida qabul qilishga ruxsat berilganligi,

v) kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar o‘z huzurida maktabgacha ta’lim tashkilotini tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi tushuntirib o`tildi.