January 29, 2023

Nima uchun tugmalarda brend rangidan foydalanmaslik kerak?

Barcha foydalanuvchilar uchun harakatga chaqiruv tugmachalarini optimallashtiramiz

Rang har qanday kompaniyaning vizual identifikatsiyasining muhim tarkibiy qismidir. Bu brendni raqobatchilardan ajratib turadi va uni taniqli qiladi. Dizaynerlar ko'pincha veb-sayt yoki ilovadagi tugmalarni loyihalash uchun brendning xos rangidan (ing. identity) foydalanadilar. Ammo bu yechim qanchalik samarali?

Maqolada siz quyidagilarni bilib olasiz:

  • Ushbu yondashuv bilan qanday UX muammolari paydo bo'lishi mumkin,
  • Qaysi rang sizga eng yuqori kliklanishni olishga yordam beradi va nima uchun,
  • Xos rang palitrasiga ko'k ranglarni qanday kiritish mumkin va hokazo.

Ko'pgina brendlar CTA tugmalari uchun brend ranglaridan foydalanadilar. Bu zararsizdek, brending elementi kabi ko'rinadi, lekin aslida UX'ga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ushbu yondashuv ko'pincha foydalanish imkoniyati bilan bog'liq muammolarga, tugmani ziddiyatli holatlarga va kliklanish darajasining tushishiga olib keladi.

Tugmalardagi yozuvlarda kontrast yetishmasligi

Ko'pincha brend rangning tugmalaridagi yozuvlari yetarlicha kontrastli emas. Xos rangni tanlayotganda, hech kim odatda qulaylik haqida o'ylamaydi. Eng muhimi, logotip, veb-sayt va reklama materiallarida qaysi tusda eng jozibali ko'rinishidir. Uni tugmalarga qo'llaganimizda, ko'rish qobiliyati zaif foydalanuvchilarga ularda yozilgan narsalarni o'qish qiyin bo'lishi mumkin.

Agar brend rangi to'q sariq bo'lsa, yuqorida ko'rsatilganidek, ushbu tugmalardagi oq matn yorliqlari qulaylik talablariga javob bermaydi. Misol uchun, agar siz tugmani logotipning to'q sariq rangiga bo'yasangiz, kontrast nisbati 3,0 ga teng. Interfeysni qulay deb atash uchun bu ko'rsatkich 4.51 ga teng bo'lishi kerak. Shunday qilib, bu holda brend rangi ko'rish qobiliyati past odamlar uchun muammolarni keltirib chiqaradi.

Ziddiyatli tugma holatlari

Qizil - bu maxsus rang, odatda ogohlantirish sifatida ishlatiladi. Odamlarni potentsial xavf haqida xabardor qilish uchun ma'lumotlarni o'chirish kabi halokatli harakatlarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan tugmalar qizil rangga bo'ladi.

Agar qizil rang sizning brendingizning xos rangi bo'lsa, shu rangdagi CTA' tugmalari interfeysdagi har qanday halokatli harakatlarga zid keladi. Foydalanuvchi tasodifan potentsial xavfli narsani bosishi va masalan, muhim ma'lumotlarni o'chirib tashlashi mumkin.

Aksincha, oddiy harakatlarni bajarish uchun mo'ljallangan qizil tugmalar tashvishga sabab bo'ladi. Biror kishi, agar u allaqachon halokatli oqibatlarga duch kelgan bo'lsa, ularni bosishdan qo'rqadi.

Kliklanish darajasining tushishi

Albatta, tugmalar interfeysning brend xos rangi qo'lanilishi lozim bo'lgan yagona elementi emas. Agar bunday elementlar ko'p bo'lsa, foydalanuvchilar sahifani ko'rib chiqayotganlarida ularni sezmaydi.

Brend rangi hamma joyda paydo bo'lganda, tugmalar yetarlicha kontrast yaratmaydi va shuning uchun e'tiborni jalb qila olmaydi. Kontrast ranglardan foydalaning va siz odamlarga kerakli tugmachalarni tezroq va osonroq topishga yordam berasiz, chunki boshqa elementlar ular bilan raqobatlashmaydi.

Agar tugmalaringiz ko'k rangdan boshqa rangda bo'yalgan bo'lsa, eng yuqori kliklanishni olish mumkin emas. Odamlar ko'k tugmachalarni eng ko'p bosishlarining sabablari ko'p.

Birinchidan, bu o'zaro ta'sir qilish uchun eng tanish tus. Ko'k rang internet paydo bo'lganidan beri havolalarning rangi bo'lib kelgan. Foydalanuvchilar ko'k tugmani ko'rganlarida, uni bosish ehtimoli ko'proq.

Bundan tashqari, ko'k ishonch va ishonchlilikni bildirishi bilan bog'liq. Bir tugmani bosish uchun odam qanday natija olishini aniq bilishi kerak. Ko'k rangni tanlash orqali biz bosish tezligini oshirish uchun rang psixologiyasidan foydalanamiz.

Bundan tashqari, ko'k tugmalar interfeysni daltonik odamlar uchun ham qulaylik qiladi. Daltoniklikning eng keng tarqalgan shakli qizil-yashildir. Bunday foydalanuvchilar(daltoniklar) yashil, qizil, to'q sariq, pushti yoki binafsha ranglarni to'g'ri idrok eta olmaydi. Biroq, ular ko'kni aynan ko'k tus sifatida ko'rishadi.

Protanopik va deyteranopik foydalanuvchilar turli rangdagi tugmachalarga qaraganlarida uni turlicha ko'rishadi. Boshqa ranglarda yetarlicha o'zgarish yuz berayapti, ko'k rang esa qanday saqlanib qolganiga ham e'tibor bering.

Sizning brendingiz uchun ko'k tuslar

Agar siz tugmalaringiz qulaylik talablariga javob berishini va kliklanishini oshirishni istasangiz, ularni ko'k rangda qiling. Ko'kning turli xil tuslari mavjud: ulardan istalganini tanlang va asosiy korporativ rangingizga qo'shimcha ravishda foydalaning.

Yorqin fonlar uchun haqiqiy ko'k (true blue), shoxona ko'k (royal blue), ko'k indigo (indigo blue), to'q ko'k (navy blue) va firuza (turquoise) ranglari yaxshi ko'rinadi. Ko'kning yorqin tuslari, masalan, dengiz to'lqini rangidagi ko'k(aqua blue), to'q fon bilan birlashtirilganda yaxshi samara beradi.

Brendingizning asosiy korporativ xos rangi qanday bo'lishidan qat'i nazar, tugmachalaringizni bezash uchun palitrangizga ko'k ranglarni kiritish har doim yaxshi fikrdir. Unda brend rangni interfeysga qanday integratsiyalash mumkin? Uni ma'lum belgilangan sohalar piktogramma, faol nuqtalar, sarlavhalar, rasmlar va turli xil box'(quti) kabi elementlarga urg'u bermoqchi bo'lgan sohalarga qo'llang.

Brend rangidagi tugmalar haqidagi afsona

Ko'pgina dizaynerlar brend rangidagi tugmachalarni juda estetik jihatdan yoqimli deb bilishadi, shuning uchun ular har qanday loyihada buni zaruriyat deb hisoblashadi. Aslida, interfeysni jozibali qilish uchun bu mantiqqa amal qilish shart emas. Tugmalar uchun boshqa tusdan foydalanish brend imidjiga yoki estetikasiga hech qanday zarar yetkazmaydi, lekin foydalanuvchi tajribasini yaxshilaydi.

Interfeys elementlarini bemalol brendingiz rangidagida foydalanishingiz mumkin, lekin tugmalar bilan juda ehtiyot bo'ling, chunki ular nafaqat ochiq va toza bo'lishi kerak, balki foydalanuvchilarni o'zaro muloqot qilishga undashlari kerak. Xos rangli tugmalar xavfli sub-optimal yechimdir. Keyingi safar boshqaruv elementlarini loyihalashda avval brendlash emas, balki UX haqida o‘ylang.

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Maqola manbai: Почему не стоит использовать фирменный цвет бренда для кнопок? (muallifi: UX Teddy)