January 2, 2023

Mikrointerfaollik: Ajoyib ilovalar dizayni siri

Eng yaxshi mahsulotlarda ikkita narsa mukammal ishlab chiqilgan: funksionallik va detallar.

Funktsionallik (imkoniyatlar) — bu sizning mahsulotingizga odamlarni olib keladigan narsa. Detallar ularni uzoq vaqt ushlab turadigan narsadir.

Detallar — bu bizning dasturimizni raqobatchilardan ajratib turadigan narsa.

Mikrointerfaollik (ing. Microinteraction) foydalanuvchilarni mahsulotdan mamnun qilishning eng yaxshi usullaridan biridir.

Barcha yo'llar insonga yo'naltirilgan dizayn yondashuviga olib keladi, bu yerda hamma narsa foydalanuvchi atrofida aylanadi. Ko'pincha ikkinchi darajali deb hisoblangan mikrointerfaollik foydalanuvchilar tomonidan tadqiq etilganda so'ng, aslida yaxshi mo'ljallangan tajriba hissi yaratadi. Dizayner sifatida mikrointerfaollikning ahamiyatini tan olish ularni loyihalash kabi juda muhimdir. Mikrointerfaollik aslida foydalanuvchilar uchun qulaylik hissi yaratadi. Dizayner sifatida men uchun ko'rinmas mikrointerfaollik tushunish ularni loyihalash kabi muhim tuyuladi. Siz inson his qiladigan va o'z vazifasini bajaradigan narsalarni yaratishingiz darkor.

Mikrointerfaollik nima?

Mikrointerfaollik - bu bitta kichik vazifani bajaradigan mahsulotning tarkibiy qismlaridir

Den Safferning “Mikro o’zaro munosabatlar” kitobida birinchi bo'lib ta'riflanganidek, bu mayda tafsilotlar odatda quyidagi muhim funktsiyalarni bajaradi:

  • javob harakati yoki harakat natijasini yuboradi
  • Individual vazifani bajaradi
  • To'g'ridan-to'g'ri manipulyatsiya hissini oshiradi
  • Foydalanuvchiga o'z harakatlarining natijalarini tasavvur qilish va xatolarini oldini olishga yordam beradi

Mikrointerfaollikning ba'zi misollari:

  • IPhone’da ovozni o'chirish rejimiga o'tganingizda(yon tomoni) ovozsiz rejim belgisi bilan tebranish bildirishnomasi ekranda paydo bo'ladi.
  • Bosish qobiliyatini ko'rsatadigan interfeys animatsiyasi (tugmachani ko'targanda rangini o'zgartiradigan tugma).
Manba: Dribbble.

Nima uchun mikrointerfaollik ishlaydi?

Mikrointerfaollik ishlaydi, chunki ular foydalanuvchining xabardor bo'lish istagini uyg'otadi. Foydalanuvchi vizual tasdiqlash orqali uning harakati ishlaganmi yoki yo'qligini darhol tushunadi. Shuningdek, mikrointerfaollik foydalanuvchini tizim bilan ishlashga o'rgatishi mumkin.

Imkoniyatlarni aniqlash

Mikrointerfaollikning go'zalligining bir qismi shundaki, ular ko'p joylarga, har qanday potentsial harakatning yonida qo’llanilishi mumkin. Umuman olganda, ular odatda quyidagi sohalarda paydo bo'ladi:

Tizim holatini ko'rsatish

Jeykob Nilsenning birinchi foydalanishga qulaylilik (usability) evristik (masala yechishning maxsus usullari) printsipi shunday deydi: har doim foydalanuvchingizni nima bo'layotganidan xabardor qilib turing. Foydalanuvchilar har doim darhol javob olishlarini kutishadi. Ammo ilova amalni bajarish uchun biroz vaqt talab qiladigan holatlar mavjud.

Shunday qilib, interfeys foydalanuvchiga nima bo'layotganini xabardor etib turishi kerak.

Yuklash va yuklab olish uchun progress bar

Yoki foydalanuvchi qayerdaligini, qayerga yetganligini  bildirishi kerak:

Mundarijaning skrol bar bilan harakati

Xulosa: foydalanuvchi zerikishiga yo'l qo'ymang — foydalanuvchini xabardor qilib turing va unga progressni ko'rsatib boring (masalan, yuklab olish paneli. U ilova osilib yoki qotib qolmaganligini  shunchaki yuklab olish tugashini kutayotganligini ko'rsatadi).

O’zgarishlarni ajratib ko’rsatish

Ba'zan foydalanuvchi to'g'ri ma'lumotni ko'rishiga ishonch hosil qilish uchun bildirishnomalarni ko'rsatishingiz kerak. Bunda animatsiya yordam berishi mumkin. Bu foydalanuvchilarning e'tiborini tortadi va siz muhim deb hisoblagan narsani e'tiborsiz qoldirishiga yo'l qo'ymaydi.

Yangi kiruvchi xabar. Manba: Dribbble.

Xulosa:  Ko'p hollarda animatsiya effektlari foydalanuvchilarning diqqatini muhim tafsilotlarga jalb qilish uchun ishlatiladi. Siz KISS (ing. “keep it simple, stupid!” - o’zb. “o’zingizni omi, go’ldek tuting!” ) tamoyilidan foydalanishingiz mumkin - interfaollik oddiy va qisqa bo'lishi kerak.

Demo kontekstlari

Navigatsiya kontekstlari o'rtasida foydalanishni muammosiz o'tkazish, ekrandagi elementlarning joylashishidagi o'zgarishlarni tushuntirish uchun moushn’dan (ing. motion - o’zb. harakat) foydalaning. Bu, ayniqsa, mobil qurilmalar va aqlli soatlar uchun juda muhimdir, chunki ular bitta ekranda juda ko'p ma'lumotlarni sig'dira olmaydi.

Material Design animatsiyasi

Xulosa: turli sahifalar o'rtasida aniq navigatsiyani ta'minlang, shunda foydalanuvchi qayerdan kelganini tushunadi. Ikki vizual holat orasidagi o'tish aniq, silliq va sodda bo'lishi kerak. Hamma narsani bitta mavzuda(rus. тема’ ya’ni vizual dizayn nazarda tutilyapti) birlashtiring - barcha o'zaro aloqalar uchun yagona mavzu yarating.

Ma'lumotlarni kiritish demonstratsiyasi

Ma'lumotlarni kiritish har qanday dasturning eng muhim elementlaridan biridir. Va mikrointerfaollik bu jarayonni o'ziga xos jarayonga aylantiradi. Foydalanuvchi javobini/kiritganlarini ko'rsatib borish uchun mavjud elementlardan foydalanishingiz mumkin.

Manba: Dribbble.

Xulosa:  Mikrointerfaollik ma'lumotni ko'rsatishga yordam beradi va foydalanuvchi o'z maqsadiga erishishga ko’mak beradi.

Harakatga undash (Call to Action)

Mikrointerfaoolik foydalanuvchini o'zaro munosabatga undashi mumkin. Ular foydalanuvchining mahsulot bilan ishlashiga empatiya keltirishi mumkin.  Lekin vizual animatsiyalar va ishoralar foydalanuvchilaringiz uchun mos ekanligiga ishonch hosil qiling. Va uning uzoq umr ko'rishi haqida ham unutmang - mikrointerfaollik 100-iteratsiyada zerikarli bo'lib qolmayaptimi yoki ular universal va oddiymi? Bularning barchasiga e'tibor qarating!

Xulosa:  foydalanuvchi his-tuyg'ulariga e'tibor qarating, chunki ular foydalanuvchilarning o'zaro munosabatlarida katta rol o'ynaydi. Ko’p marta foydalanish mumkin bo’lgan dizaynni yaratish uchun uni  kontekst(ing. context) va foydalanuvchi odatlaridan, tadqiqotlaridan(ing. user research) boshlang.

Yodda tutishingiz kerak bo'lgan jihatlar:

  • Mikrointerfaollik “javoblar”, bildirishnomalar va ko'rsatmalar bilan o'zaro munosabatlar uchun trigger(e'tiborni jalb qiladigan psixologik ilmoq) vazifasini bajaradi.
  • Mikrointerfaollik foydalanuvchi bilan doimo muloqotda bo'lish orqali vaqtni tejashi kerak, bu esa foydalanuvchilarni ortiqcha bezovta qilmaydi va chalg'itmaydi. Ular ayyorona hiylalar bilan  foydalanuvchining e'tiborini jalb qilishlari kerak.
  • Foydalanuvchilaringizni va mikrointerfaollik kontekstini bilish ularni yanada aniqroq va samaraliroq qiladi.
  • Mikrointerfaollikni uzoq muddatda foydalanish uchun sinov(test)dan o'tkazish kerak. Birinchi marta kulgili tuyulgan narsa yuzinchi martada bezovta qilishi mumkin.
  • Mikrointerfaolliklarga inson omilini qo’shing va vizual uyg'unlikka e'tibor bering. Moushnlar’ harakati silliq bo'lishi kerak, shunda mikrointerfaollik foydalanuvchi qo'lida jonlanadi.

Yakuniy xulosa

Dizaynni ehtiyotkorlik bilan yarating. Foydalanuvchilar ular bilan qanday ishlashi va qanday qurilmalardan foydalanishi haqida o'ylab ko'ring, ushbu kichik, ammo muhim tafsilotlarni loyihalashda foydalanuvchining odatiy fikrlash tarzini aks ettiring. Aynan har bir tafsilotga e'tibor inson-kompyuter o'zaro munosabatining soddaligiga erishishda muvaffaqiyatingizning kalitidir. Ajoyib dizayn funktsional qismdan tortib to mikrointerfaollikga qadar "to'liq to’plam"ni hosil qiladi.

Maqola manbai: Microinteractions: The Secret of Great App Design

Fikrlaringizni sharhlarda qoldiring!

Telegram kanalimizga obuna bo'ling!