January 4, 2023

O'quv keys tadqiqoti: Yon panel navigatsiyasi

O'quv keysi (Softtech Technology misolida)

Umumiy tushuncha

Yon panel (ing. sidebar [sˈaɪdbɑː] keyingi matnlarda sidebar' va vertikal panel/navigatsiya sifatida qo'llaniladi) navigatsiyalari dizaynerlrga maket maydonidan unumli foydalanishga imkon bergani uchun (ayniqsa, SaaS mahsulotlari bilan) tezda ommalashib bormoqda. Navigatsiya menyusi foydalanuvchi tajribasi va interfeys dizayni uchun juda muhimdir. Ushbu navigatsiya foydalanuchi interfeysining aksariyat afzalliklari uning ko'plab muhim darajadagi bo'limlarni joylashtirish qobiliyatidan kelib chiqib loyihalanadi.

Maqsad

SaaS mahsuloti talablariga javob beradigan toza va foydalanuvchilarga qulay sidebar' dizaynini yaratish, foydalanuvchiga kerakli ish maydonini topish uchun navigatsiya vositasidan tez va qulay foydalanishga yordam beradi. Sidebar'ni tadqiq qilish va loyihalash interfeys dizaynida sidebar'larning hozirgi tajribasi va tadqiqot natijalarini hisobga oladi.

Vertikal navigatsiyaning afzalliklari Ushbu navigatsiya interfeysining aksariyat afzalliklari uning ko'plab muhimligi yuqori katalog, bo'limlarni joylashtirish qobiliyatidan kelib chiqadi.

1. Maxsus bo'limlarni topish imkoniyatini oshiradi va o'zaro ta'sir qilish qiymatini pasaytiradi.

Vertikal navigatsiyadan foydalanish paneldagi bo'limlar sonini cheklyadigan vizual dizayn cheklovlarini olib tashlaydi, bu esa jamoaga tabiiy ravishda axborot maydoniga mos keladigan ma'lumotlar arxitekturasini(ing. Information Architecture) yaratishga va foydalanuvchilarga ierarxiyaning ikkinchi darajasiga kirishni talab qilmasdan muhim bo'limlarga kirishni taqdim etadi.

2. Vertikal navigatsiya o'sish uchun joy taklif qiladi.

Vertikal navigatsiya - kelajakda navigatsiya rivojlanishi mumkin bo'lgan saytlar uchun ajoyib tanlovdir - bular B2B, korxona, hukumat, oliy ta'lim va sog'liqni saqlash kabi sohalarda o'z takliflari yoki mazmunini doimiy ravishda rivojlantirishi mumkin bo'lgan yirik tashkilotlar bo'lishi mumkin. Vertikal navigatsiyaga qo'shimcha bo'limlar qo'shish navigatsiya interfeysini qayta loyihalashning katta jarayonini talab qilmaydi; yagona asosiy hal etiluvchi jihat - yangi elementlarni mavjud bo'limlar tarkibiga qanday kiritishni aniqlab olish bo'ladi.

3. Vertikal navigatsiya gorizontal navigatsiyadan ko'ra samaraliroq skanerlashni qo'llab-quvvatlaydi.

Ko‘zni kuzatish bo‘yicha tadqiqotlar shuni bilamizki, diqqat veb-saytlarga qaratiladi: foydalanuvchilar 80% hollarda ekranning chap yarmiga qarashadi. Ekranning chap tomonidagi "hudud" qimmatli hudud hisoblanadi va u yerda navigatsiyani joylashtirish sizning foydalanuvchilaringiz tomonidan e'tiborga olinishi va skanerlanishi ehtimolini oshiradi.

Bundan tashqari, psixolingvistika sohasidagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, agar ro'yxat gorizontal holatga qaraganda vertikal ravishda joylashtirilgan bo'lsa, ro'yxatdagi vizual qidiruv samaraliroq bo'ladi — odamlar bitta fiksatsiyadan ko'proq ma'lumot olish mumkinligi sababli qiziqtirayotgan elementini ko'rishga kam kuch sarf qilib topishlari mumkin.

Yodda tutingki, ko'z ma'lumotni nafaqat o'zi fiksatsiyalangan joydan, balki uning atrofidagi nisbatan kichik joyni ham idrok eta oladi. Natijada, jumladagi biror so'zni o'qiyotganimizda ham, diqqatimizni ulardan bir nechtasiga qaratishimiz mumkin.) ["Ish maydonidagi chap tomon vertikal navigatsiyasi: kengaytiriladigan, sezgir va skanerlashga oson” - Loubheymo sahifasi]

Amalga oshirishdagi qiyinchiliklar (Softtech Technology misolida)

1. Chuqurroq ildizli sahifalarga kirish. Mahsulot o'sishi bilan sahifalar va ishchi hudud maydodlari soni ortadi va foydalanuvchi kerakli sahifani topishda qiynaladi. Mahsulot sahifalarida navigatsiya qilish uchun foydalanuvchilarga qulay ierarxiyani ta'minlash kerak edi.

2. Navigatsiyani vizual skanerlash. Sidebar' foydalanuvchiga ko'rinadigan bo'lishi kerak, shu jumladan navigatsiya uchun asosiy sahifalarni ham. Kontent va funksionallikning mohiyatini aks ettirish uchun mos va qulay ikonagarafiyalarni qo'llang.

3. Ixcham va yig'iladigan. Foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun asosiy ekranda ko'rsatilgan ma'lumotlarni kattalashtirish uchun sidebar' minimallashtirish va ushbu funktsiya uchun javobgar bo'lgan elementni(kengaytirish va yig'ishni ta'minlovchi "tugmacha") sidebar'ga joylashtirish imkoniyatini ta'minlash kerak edi

4. Brend identity (o'ziga xosligi). Kompaniyaning brendini aks ettirish va asosiy mahsulot sahifasiga o'tish uchun qo'shimcha navigatsiya sifatida xizmat qilish uchun kompaniya logotipi yon panelga joylashtirilishi kerak edi.

5. Ishlash hududini ajratish. Sidebar' bilan foydalanuvchining qulay ishlashi uchun boshqaruv elementlarini va mahsulotning asosiy sahifalarini ajratishni ta'minlash kerak edi.

6. Foydalanuvchi interfeysi uchun tungi rejim. Qulay ko'rish sharoitlari va o'qishni ta'minlash uchun yon panel uchun tungi rejim dizaynini yaratish kerak edi.

7. Vertikal panelda foydalanuvchining avatarini, nomini va elektron pochta manzilini joylashtiring. Foydalanuvchi o'z akkuntini qulay boshqarish uchun sozlamalarni kiritish va foydalanuvchi akkauntni o'zgartirish uchun alohida punktlar ajratish kerak edi.

Elementlar ierarxiyasi

Yon paneldagi menyu elementlari uchun ochiladigan ro'yxat ko'rinishida ierarxiya ishlab chiqilgan, bu kelajakda mahsulotning o'sishi va ushbu bo'shliqdan foydalanish uchun yangi sahifalar qo'shilishi nuqtai nazaridan yordam beradi. To'rt darajali ro'yxat tematik guruhlarga bo'lingan bo'lib, bu foydalanuvchiga ro'yxatni tezda boshqarishga yordam beradi. Tadqiqot jarayonida Slaсk, Notion, Figma, Spark kabi mahsulotlarda ushbu navigatsiya tajribasi o'rganildi.

Xatti-harakatlar

Foydalanuvchiga qulaylik yaratish uchun foydalanuvchilarga asosiy ekran maydonidan qulay foydalanish imkonini beruvchi sidebar'ni yig‘ish/yoyish imkoniyati mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilarning e'tiborini chalg'itmaslik uchun yon panel uchun kontrastli fondan foydalanmaslikka qaror qilindi.

Yorug' rejim va tungi rejim qarama-qarshiligi

Qorong'u fon kunning tungi vaqtlarida ma'lumotni qulay idrok etishni ta'minlaydi. Bir so'z bilan aytganda qorong'u mavzular(rus. тема) maqsadli auditoriya foydalanuvchilariga yoqadi. Foydalanuvchilar o'zlariga tanish interfeysga boshqa tomonlama qarashni ham xohlashadi. Bu faqat tashqi ko'rinish strukturada katta o'zgarishlarsiz yangilangan taqdirdagina yaxshi foyda beradi.

Rejimni tanlashga ta'sir qiluvchi omillar:

1. O‘qishga qulaylik. Ushbu mezon qurilma ekranidan ma'lumotni qabul qilish qulayligi uchun javobgardir.

2. Foydalanish imkoniyati. Auditoriyaning barcha segmentlari uchun teng foydalanish imkoniyatini nazarda tutadi. Tahliliy tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki, rang sxemasi yoshga, oldingi tajribaga va boshqa parametrlarga qarab foydalanuvchilarga turlicha ta'sir qiladi.

3. Samaradorlik. Kontent kompyuterdan tortib planshetgacha bo'lgan barcha qurilmalarda to'liq ko'rsatilishi kerak. Qachonki, agar qorong'u mavzu(tungi rejim) ma'lumotni ta'minlash darajasi sustlashganda va bu foydalanuvchilar uchun juda muhim bo'lganda.

Umid qilamanki, siz ushbu maqolani foydali deb topasiz.

__

Maqola manbai: Case study research: Sidebar Navigation

Telegram kanalimizga obuna bo'ling!