December 22, 2024

O'zga olamlarda

2-mavsum 2-qism
Soobin: bu nimasi? Do'stimni o'g'irlaganingiz yetmagandek endi uni xotirasini o'chirmoqchimisiz?
Mira: ha nima qilipti?
Soobin: yo'q bunday qilmang, uni o'rniga boshqa kelishuv tuzsakchi?
Soobin Yeonjunning og'zidagi yelim tasmani oldi
Soobin: eshit Yeonjun, Mira sening xotirangni o'chirmaydi evaziga uni eri bo'lasan
Yeonjun: aqldan ozganmisan?! Bu psixopat bilan qolish qanday azobligini bilmaysan!
Mira: erginam xavotir olmang sizni qiynamayman
Yeonjun: men bunga roz...
Soobin tezlik bilan Yeonjunning og'zini yelim tasma bilan yopdi
Soobin: u rozi ekan
Mira: yaxshi kelishuv
Yeonjun: mmm mmmm mmm...
Soobin: yana nima deysan?
Soobin yana Yeonjunning og'zidagi tasmani yulib oldi
Yeonjun: ayshshsh... Xullas menda boshqa taklif bor
Mira: qanday
Yeonjun: mening Taehyung ismli do'stim bor agar uni ko'rsang meni unutasan
Mira: menga ertak aytmang
Yeonjun: hozir ko'rasan, Soobin sen Taehyungga qo'ng'iroq qil
Soobin Taehyungga qo'ng'iroq qilarkan Yeonjun doimgidek xotirjam gapirishga urindi
Yeonjun: salom Taehyung, ahvollaring yaxshimi? ... Ha menda ham hammasi yaxshi.... Ha yordaming kerak edi. Hozir markaziy metro yo'liga kela olasanmi?.... Bizmi? Biz... Haligi... Ha sen yoqtiradigan shirinliklar do'konining yonidamiz... Mayli, ko'rishamiz...
Mira: xo'sh?
Yeonjun: u rozi ekan, hozir kelsa ko'rasan
Katy: ishqilib Mira Yeonjunni qo'yib yuborsinda
Seolya: havotir olma, unda hammasi yaxshi bo'ladi. Mira yomon qiz emas
23 daqiqadan soʻng...
Mira: bo'ldi ancha vaqt o'tdi, u kelmadi. Yeonjun meniki
? : miss, meni izlamayapsizmi?
Mira: yo'g'e, bor, toshingni te...
Mira tepaga qararkan qotib qoldi
Mira: H...haligi, khm khm... Ming bor uzr. Men haligi
Taehyung : Hammasi yaxshi, ismim Taehyung
Yeonjun: ketsam maylimi qo'limni yechasanmi?
Mira: a...ha albatta, hozir

............................
Jungkook: qayerga ketyapmiz?
Seolya: seni miyyangni ichiga
Jungkook: n...nima?
Katy: u hazillashyapti Jungkook, menimcha qirol va qirolichadan sehrli billurni qayerda ekanini so'rash uchun saroyga ketyapmiz
Seolya: saroyga borishimizga hali erta, avval kiyimlarimizni almashtirib boshqacharoq stilda kiyinishimiz kerak
Lily: ammo nega?
Sunoo: biz Jungkookni miyyasiga yoqishimiz kerakku
Jungkook: hoooy!
Seungmin: menimcha saroydagilar, qirol va qirolicha bizni ko'rib o'g'rilar deb o'ylashsa kerak. Axir ular bizni tanimaydiku
Jungkook: qanaqa o'g'rilar?! Biz gadoylarga o'xshab qolganmiz!
Katy: Jungkook bas qiling
Soobin: mafialarning qo'liga tushishning oqibati shunday bo'ladi
Seungmin: Jungkook, shimingni qara, tizza qismini qurtlar yeb ketgandek teshikchalar paydo bo'lgan, nimchangning chap qo'li uzilib tushgab
Seungminning gapiga hamma kulib yubordi
Jungkook: bas qilinglar... Sen... Seungmin, avval o'zingga qarab ko'r
Seungmin: menga hech nima qilmagan
Soobin: ahvoling yaxshimi Seolya? G'alati ko'rinyapsan... Nega belingni ushlab olgansan?
Seolya: hammasi yaxshi shunchaki charchadim
Soobin: aldama!
Seolya: ovozingni o'chir, menda hammasi yaxshi dedim!
Soobin jahl bilan Seolyaning koftasining bel qismini ochdi va qotib qoldi
Lily: Seolya...
Katy: Seolya qanday qilib bizdan buni yashirding?
Soobin: buni qachon qo'yib ulgurding?
Soobin Seolyaning belidagi yarasiga qo'yilgan matoga ishora qildi
Seungmin: bu mato juda kamdan kam uchraydi
Jungkook: bu o'zi qanday mato?
Seungmin: u xohlagan turdagi suyuqlikni o'ziga singdira oladi ammo uni o'tkazmaydi va tashqariga oqib chiqishiga yo'l qo'ymaydi
Soobin: buni kamdan kam odamlar ishlatadi sen buni qayerdan olding? Qachon yaralanib ulgurding?
Seolya: ...
Flashback
? : endi sen menikisan va seni ham endi mafiaga aylantiraman

Seolya: hech qachon seniki bo'lmayman, ahmoq
Seolya xona bo'ylab qochish yo'lini izlarkan stol ustidagi vazani olib mafialar boshlig'i ya'ni donga qarata otdi.Vaza mafialar boshlig'ining boshiga tegib chil parchin bo'larkan yigit yerda yotgan bir bo'lak shishani olib Seolyaning beliga sanchdi.
Seolya: ayshshsh... Jin ursin
Shu payt mafialarning uyquga ketadigan vaqti bo'ldi va yigit hushini yo'qotdi
Seolya xonadagi shkaf va tortmalarni titkilarkan matoni topdi va matoni bosib yelimli bint bilan uning ustini yopdi. Dori qutilarining ichidan og'riqni vaqtinchalik to'xtatuvchi dorini olib ichdida shoshib uydan yugurib chiqdi
Comeback
Seolya: hullas, shunaqa bo'ldi
Soobin: sen aqldan ozgansan qanday qilib shuncha vaqt aytmay yura olding?!
Seolya: menga baqirishni bas qil!
Soobin: sen aqldan ozgansan, agar o'sha og'riqni vaqtinchalik to'xtatuvchi dorini ichmaganingda senga nima bo'lishini bilarmiding? Men senga shunchaki baqirmayapmam, sen haqingda qayg'uryapman
Jungkook: ooooo, Soobin Seolyani sevarkan
Katy Jungkookni ovozini o'chirish uchun uning biqiniga sezdirmay qattiq urdi
Jungkook: ayshshsh... og'ridi
Seolya: men... ortiq chidolmayman... charchadim...
Seolya shunday deb yiqilayotganida Seungmin uni ushlab qoldi
Soobin: uni menga ber
Seungmin: uning xaritasi senda shifoxonalardan birini izlab top.. U ko'p qon yo'qotgan, shoshilishimiz kerak yo'qsa undan ayrilib qolishimiz mumkin
Soobin xaritani ocharkan Seungminga o'girildi
Soobin: Seolyani menga ber, o'zing xaritani ol
Seungmin: avval xaritani yerga qo'y, keyin beraman
Sunoo: hoy ikkingiz bitta qizni deb qachongacha talashasiz?
Seungmin: manabu Soobin huddi 10 ta qo'lli maxluqdek hammasini o'zi qilmoqchi
Jungkook Seungminning qo'lidan Seolyani ko'tarib oldi
Soobin: uni menga ber!
Lily: yigitlar Seolya o'laman desa sizlar uni talashaman deysizlar-a?
Katy yerdagi xaritani oldida Lily ikkalasi ketib qoldi
Sunoo: ahmoqlar...
Sunoo ham ularni tark etdi
Jungkook: hozir janjalni vaqti emas Soobin, bilaman sen Seolyani yaxshi ko'rasan lekin meni qo'limda degani men uni yeb qo'yaman degani emasku
Seungmin: tinchlanaylik xarita ham qizlarda endi ularga yetib olishimiz kerak
Yigitlar yugurisharkan 4 tomoni bor ko'chaga chiqib qolishdi
Soobin: jin ursin!
Mira: sizlarga yordamim kerakmi?
Seungmin: sen?
Mira: ha men, ularning qaysi tomonga ketishganini bilaman qani kettik
Ep2 tugadi
#By_Seolya