December 16, 2024

Time is 11:00

1-qism
Cheonsa uyidan shoshib chiqarkan eshigini qulflab, yugurgancha sumkasini yopardi
Cheonsa: jin ursin birinchi kundan kechikyapman, nega o'zi soatimning signali ishlamadi?
U o'ziga o'zi gapirib ketarkan yo'l chekkasiga notanish mototsikl kelib to'xtadida undan bir yigit tushib Cheonsaning yoniga yugurib keldi va kaska, mototsikl kalitini berib yugurib keta boshladi
Cheonsa: hoy, shoshmang! Kimsiz? Men bularni nima qilaman?
Afsuski Cheonsa kechikkandi, yigit allaqachon tor ko'chada ko'rinmasdi. Soniyalar o'tmay ko'chaga politsiya xodimlari yetib kelishdi va Cheonsani ko'rishdi
1-politsiyachi: jin ursin yana ulgurmadik
2-politsiyachi: qizaloq senga bularni bergan yigit qayerga ketdi?
Cheonsa: anavi tomonga
Cheonsa dovdiragancha notanish yigit qochgan tomonni ko'rsatdi
Cheonsa: haligi... u o'g'rimi?
2-politsiyachi: yo'q u shunchaki noqonuniy tungi poygalarda ishtirok etib bizdan qochib yuribdi
1-politsiyachi: agar uni qayta ko'rsang darhol bizga xabar ber
Cheonsa: xo'p janob
Cheonsa hozirgi vaqtni va kechikayotganini eslarkan soatiga qaradi
Cheonsa: 47 daqiqaga kechikdim, tamom.. Sochlarim ham to'zib ketgan, o'zimga qarab chiqsam nima qilardiya

Cheonsa yugurib baribir zalga bordi
Murabbiy Lee xonim: xo'sh miss Kim Cheonsa, birinchi kundan kechikdingiz
Cheonsa: ming bor uzur Lee xonim, men bunday bo'lishini istamagandim. Kelayotganimda mototsiklchi va politsiya xodimlari...
Lee xonim: Miss Kim, bas qiling va mashg'ulotlarni boshlang. Bugundan boshlab bilib qo'yingki, men hech qanday e'tirozlar va tushuntirishlarni qabul qilmayman. Shunday ekan mashg'ulotlarni boshlang

Orqadagi qizlar Cheonsaga qarab kulisharkan Cheonsa ularga e'tibor bermay kiyimlarini almashtirish uchun zalga kirib ketdi
...................................
? :Hoy Wooyoung yana yo'ldagi odamlardan biriga narsalaringni berib qochdingmi?
Wooyoung: ovozingni o'chir Seonghwa. Ha, shunday qildim ham, nima edi?
Seonghwa: haligi... lekin u sening sevimli mototsikling emasmidi?
Wooyoung: ha shunday edi, pulim oshib toshib ketsa ham unaqasini topa olmayman. Shuning uchun o'sha qizni topib mototsikl kaliti va kaskamni olishim kerak
.............................
Soni: qaranglar, nahotki Cheonsa mototsikl haydashni o'rganmoqchi bo'lsa
Dojin: hoy, tegmasangizchi uning narsalariga
Soni: ovozingni o'chir, nima endi sen aralashadigan bo'lib qoldingmi?
Soni shunday deb kaskani olib polga otib yubordi
Zaldan shovqin ovozlarini eshitgan Lee xonim va Cheonsa yugurib kelishdi
Lee xonim: bu nimasi?! Miss Soni nega shovqin qilyapsiz?
Cheonsa borib pol chetidagi kaskani oldi
Lee xonim: Miss Cheonsa, sizga o'quv mashg'ulotlariga ortiqcha buyumlarni olib kelmasligingiz haqida ogohlantirganmidim?
Cheonsa: kechiring Lee xonim
Lee xonim: mayli, bugun birinchi mashg'ulotlaring ekan, senga ogohlantirish berdim holos. Ammo boshqa bu holatni qaytarma
Cheonsa: ho'p bo'ladi, tushundim Lee xonim
Lee xonim: siz esa miss Soni, birovning buyumlariga so'roqsiz tegish yaxshi emasligini bilmaydiganga o'xshaysiz
Soni: kechiring Lee xonim

•••Mashg'ulotlardan so'ng•••
Cheonsa uyiga qaytarkan yana o'sha ko'chada orqasidan eshitilayotgan oyoq tovushlarini sezib qoldi va qadamlarini tezlatdi. Ammo qadamlari tezlashgan sari orqadagi soyaning ham qadamlarining tezlashganini uning oyoq kiyimidan chiqayotgan tovushdan sezsa bo'lardi. Ko'p o'tmay Cheonsaning qo'rquvi kuchayib yugurganida ham ortidan kelayotgan notanish odam uni bilaklaridan ushlab devorga tiradi. Yigit qop qora kiyimlarda va qora maskada Cheonsani devorga tirab turarkan ko'rsatkich barmog'ini labiga olib kelib "jim" degandek ishora qildi. Cheonsa uni ko'rarkan hayrat, qo'rquv va quvonchdan qotib qoldi.
Ep1 tugadi
#By_Seolya