The Horror Behind The Smile
**
Bora arvohlar bilan bo'lgan ishni ortda qoldirdi. U bu holatni ruhiy zarba, stress va miyadagi o‘simta ta’siri deb qabul qildi. Endi u faqat bir narsani bilishni istardi — Taehyung kim edi aslida?
U har kuni yigitga nisbatan bo‘lgan ishonchini qayta qurishga harakat qilar, lekin qalbida bir parcha shubha qolgan edi. Taehyung esa uning uchun bor kuchini sarflar, muhabbatini isbotlashga urinardi. Lekin yuragidagi bir sir uni azoblar edi — o‘sha bolani o‘limi.
Bir kuni Bora universitet kutubxonasida o‘tirganida, eski gazeta maqolalaridan birini ko‘rib qoldi. Unda yozilgan edi:
> "2023-yil, Degu shahri chekkasida yosh o‘g‘il bola sirli tarzda halok bo‘ldi. Gumondor — noma’lum shaxs, ammo hodisa joyida topilgan izlar qotillik ehtimolini ko‘rsatadi. Ish ochilmagan."
Bora o‘sha joyga borishga qaror qiladi. U qabrga boradi. U yerda tasodifan o‘sha bolaning onasini uchratadi. Ayol xasta, ko‘zlarida yillar davomida yig‘langan dard. Ayolning ismi Sara edi
S: Siz uni tanirdingizmi? — deb so‘raydi ayol.
B: Yo‘q... Sizni uzoqdan ko'rib qoldim bu sizning farzandingizmidi? ... — Bora shu so'zlarni aytadi va jim bo‘ladi. Yuragi o‘ynab ketadi.
S: Ha u 2 yil oldin o'lgan
B:sir bo'lmasa nima sababdan
S:sirli qotillik ish yopilgan
B: ha.... Mayli xonim meni mazur tuting. Hayrli kun.
Bora hech nima deyolmadi va ortiga qaytdi.
Ertasi kuni u Taehyungga bor haqiqatni aytishini talab qildi. U endi arvohlarga emas, real hayotdagi jinoyatlarga ishonadi.
Taehyung ko‘z yosh to‘kadi, va nihoyat... haqiqatni aytadi.
T:Men uni o‘ldirmoqchi emasdim. U bizning ishimizga guvoh bo‘ldi. Men uni qo‘rqitmoqchi edim. Ammo u qochayotgan paytda... yiqilib tushdi... boshini urdi... men hech narsa qilmadim... lekin odamlar meni jinoyatchi deb o‘ylashdi.
Bora jim. Ko‘zlarida yosh, yuragida to‘fon.
B: menga vaqt kerak men buvimni uyiga qishloqqa ketaman Taehyung
T:mayli Bora qancha kuttirsang kutaman faqat meni kechirsang bo'ldi.
B:men ketishim kerak
T:men ozim olib borib qoyaman.
B: yoq Tae.... Men o'zim ketaman
Bora shinday deb buvisinikiga ketib yashay boshladi.
Bora hali uyg‘onmagan edi. Oshxonadan chiqayotgan jimlikni sezdi. Har doim tongda choy damlab, pichirlab duo qiladigan buvisi bugun yo‘q edi. Bora asta yurib, buvisining xonasiga kirdi… U ko‘rpa ostida tinch uxlayotgandek edi, lekin bu… abadiy tinchlik edi.
Bora qulab tushdi. Yuragi ezildi. Yagona suyanchiqlari, yolg‘iz mehribon insoni… endi yo‘q edi.
B: buvi buvijon ko'zingizni oching meni qorqitmang axir bu hayotda eng qadrli insonimsz meni tashlab ketmang.
Aksiga olib Taehyung ham ish bilan Londonga ketgan edi. Shu kuni uni dafn qilishdi. Bora tushkunlikka tushib qoldi deyarli ovqatlanmas edi. Ertasi tong o'rnidan turdi. Nonushta qilib kechgacha film korb yotdi.
Shu kuni kechasi u do‘stiga — Lisa'ga qo‘ng‘iroq qildi.
B: Menga yordam kerak, — dedi faqat shu so‘z bilan.
L: Qayerdasan? — dedi Lisa hech ikkilanmasdan.
B: uydaman qishloqda
L:men yarim soatda uyingda bo'laman
Lisa yetib keldi u ham o'z ishlari bilan bo'lib buvisi haqida eshitmagan edi.
L:meni kechir Bora qiyin kunda yoningda bo'la olmaganim uchun.
B:hech qisi yoq Lisa menga yordam kerak.
L:qanday yordam
B:bu yerdan ketmoqchiman.
L: qayerga
B:bilmayman
L: mayli hozir yotib uxlaylik ertaga ketamiz.
Bora uzoqqa, hammasidan uzoqqa ketishni istardi. Kechmishlardan, qo‘rquvlardan, sevgidan... Taehyungdan.
Ular tongda poezdga chiqishdi. Qayerga ketayotganlari muhim emasdi. Muhimi — endi hech kim topa olmaydigan joyga yo‘l olishgan edi.
Taehyung Londondan. Kelib Boraning uyiga bordi. U buvisi vafot etganini eshitgach, yuragi ezildi. U hech qayerdan Borani topa olmagach Boraga nimadir bo'lgan deb oylab Darhol kasalxonalar, avtovokzallar, aeroportlar, hatto qabrgohlardan qidirdi.
Do‘stlari, tanishlari, — hammasidan so‘radi. Odamlariga esa Borani qidirishlarini aytdi.
Bora yo‘q edi. Go‘yo havoga singib ketgandi.
Kechalari u Borani tushida ko‘rardi. Qorong‘i poezdda, derazaga tikilgan, ko‘zlarida dard... yuragida og‘riq.
Bir kuni u eski daftarlar orasidan Boraning yozuvini topdi:
> "Men seni sevgan edim. Lekin bu muhabbat menga og‘irlik qildi. Men tinchlik istadim. Iloji bo‘lsa, meni izlama. Men sening soyangda yashab o‘tmoqchi emasman."
Taehyung erkak bo'lsa ham yig‘ladi.
U ilk marta haqiqatdan sevishini aytgan edi, ammo aynan haqiqat uni yolg‘iz qoldirgan edi. Lekin u baribir Borani qo'yib yubormaydi.
*
Taehyung qidirishni to‘xtatmadi. U goh Seuldagi eski manzillarga, goh viloyatlardagi tanishlar orasiga qarab yurdi. Har bir notanish qizni uzoqdan ko‘rsa, yuragi hapriqardi. Har doim “Bora bo‘lishi mumkin” degan umidda.
Bir kuni u kasalxonalardan birida tanish hamshira bilan to‘qnashib qoldi.
D:Janob Taehyung Yaqinda Seul atrofidan kelgan bir qiz... u bizga tahlil uchun kelgandi, — dedi hamshira.
T: Qanaqa qiz? Ismi?
— Juda sokin edi. Ismini aytmadi, faqat... homiladorligini bilib, ko‘zida yosh bilan chiqib ketdi.
Taehyungning yuragi urmay qoldi.
U darhol kasalxonadagi yozuvlar, video yozuvlarni so‘radi. Rasmiy ravishda hech nima qolmagan edi. Faqatgina birgina xotira: qizning ko‘zidagi dard va qorinidagi hayot. Ha u Bora edi
Taehyung kamerani ko'zdan kechirib:
T:Men seni sog'ingan edim, Bora... Sen-chi?.. — dedi, past ovozda.
Lekin hozir u faqat sevgisini emas, farzandini ham yo'qotishni istamasligini tushunib yetdi.
Taehyung tun-u kun qidirishda davom etdi. Nihoyat bir kun Lisa Taehyungga qongiroq qildi.. Lisa hozir boshqa shaharda yashayotgan edi. U avval hech narsa aytmagan bo‘lsa-da, endi yuragi chidamadi.
L: Men senga joyini aytaman… lekin uni qiynama. U seni eslamaydi, — dedi Lisa.
T: Nima?.. — Taehyung yuragi to‘xtab qolgandek bo‘ldi.
L: Ha… u operatsiya qilindi. Miyasidagi o‘simta tufayli hotirasi yo‘qolgan..
Taehyung ko‘z yoshlarini yashirmadi. Shunga qaramay, u borishga qaror qildi.
*
Yomg‘irli kun edi. Kichik qishloq shifoxonasi yonidagi choyxonada bir ayol choy ichayotgan edi. Yonida esa qorinchasi biroz bilinayotgan holatda, bir qiz jim o‘tirardi. Sochlari yengil to‘zg‘igan, ko‘zlari sokin — bu Bora edi.
Taehyung yurak urishini ushlab, sekin yoniga bordi.
T: Bora...
Qiz unga qaradi. Biroz ajablandi.
B: Kechirasiz… sizni tanimayapman, — dedi muloyim ohangda.
Bu so‘z yuragini ming parcha qildi.
T:Men… seni uzoq yillardan beri sevaman. Senga zarar yetmasligi uchun hamma narsaga tayyor bo‘ldim… Iltimos, menga bir daqiqa vaqt ber.
Bora hayron edi, lekin nimadir yuragida qimirlaganday bo‘ldi. Go‘yo ko‘rmagan tushday… lekin tanish his.
Unga qarab dedi:
B: Siz… men avval sizni kormaganmanmi?
Taehyung jilmaydi, lekin ko‘zlarida yosh:
T: Bora bu men Taehyungman. Seni sogindim. Farzandimizni ham.
B:Farzandimiz?
T:ha bu bizning farzandimiz.