May 26

"Hearts Across Parallel World" 1-qism

Seul. Kechqurun. Shaharning eng boy va eng xavfli odamlaridan biri — J-Hope — yirik kompaniyaning bosh direktori sifatida tanilgan. Ammo u haqida hech kim bilmaydigan bitta haqiqat bor edi.

J-hope

U faqat bir kishi bilan sirli shartnoma tuzgan — bu inson esa Namjoon, Seul mafiyasining boshlig‘i.

Kim Namjoon

Ammo bu ikki kuchli erkak orasidagi bitim ortida boshqacha narsa bor edi. Namjoonning singlisi — Suzy

Suzy

***

J-Hope qorong‘i ofisda oynadan shahar manzarasiga tikilib turar edi. Yuzidagi sovuqqonlik go‘yo yuraksiz odamni eslatardi.

Namjoon (kirib keladi):
— Shartnoma imzolandi. Aytmoqchi singlim...
Namjoon gapini tugatmay J-hope gapini bo'lib:
— Men unga hech narsa bermayman. U faqatgina vosita. Menga kerakli eshikni ochadi, xolos.

Namjoon (jahl bilan):
— Agar unga biror zarar yetkazsang...

J-Hope (kulib):
— Sen hali meni to‘liq tanimagan ko‘rinasan. Men bir so'zliman. Unga zarar yetmaydi xavotir olma.

****

Ertasi kun, universitetda

Suzy yangi fakultetda o‘qishni boshladi. U o‘zini yolg‘iz his qilardi, ammo bu yangi boshlanish deb o‘yladi. U bugun ilk marta J-Hope bilan to‘qnash keladi — u bu yerda investor sifatida nutq so‘zlamoqchi edi.

Suzypov:
— Nega bu odamni ko‘rganimda yuragim siqilib ketadi? Go‘yo... ilgari uchrashgandek...

J-Hope (qattiq ohangda):
— adashyapsan. Men seni tanimayman. Va tanishni ham istamayman.

Suzy (hayron):
— Men sizga hech narsa demadim-ku...

J-Hope (qattiq ohangda, nigohini tikmay):
— Ammo onging yetarlicha gapirdi.

Suzy (ohangini pasaytirib):
—Ongim sizga nimalar dedi?

J-Hope (nihoyat yuziga qarab):
— U yerda... qo‘rquv bor edi.
Suzy hayron moltillab qarab turardi.

Suzy

Shunda J-hope:
Va menga bunday qarama. Yodingda bo‘lsin: men yaxshi odam emasman.

Suzy (sokin, lekin qat’iy):
— Meni yaxshi odamlar hech qachon qiziqtirmagan.

J-Hope (ko‘zlarida yalt etgan kulgi):
— Unda sen xatoni odamni tanlading.

Suzy (orqaga bir qadam chekinib):
— Yoki ehtimol... Aslida to‘g‘ri bo'lgan xatoni tanlagandirman.

J-Hope jim bo‘lib qoladi. Bir zumga unga ko‘rinarli bo‘lmagan qorong‘ulik jilvalanadi — Suzy esa buni his qiladi, ammo tushunmaydi. Yana ko‘rishishlari uchun sabab tug‘iladi…

The end...