April 15

The last warmth

8-qism

SEUL – 4 YIL O‘TGACH – 27-NOYABR

Shahar manzarasi tumanli. Daraxt barglari to‘kilib, havoda sovuqlik seziladi. Osmon kulrang, yaproqlar yerda yotibdi. Noyabr, bu sovuqlik oyiga aylangan. Ammo bu sokinlik orasida bir uy bor, u yerdan iliqlik taralayapti.

Bora balkonda issiq kofe ushlagancha sokin turibdi. Uning nigohlari sokin ko‘chaga tikilgan. U o‘zini ancha barqaror his qilayotgandek, lekin yuragining bir chetida hanuz javobsiz savollar bor.

Orqadan Jungkook kiradi. Uning ko‘zlarida hali ham sovuqlik bor, ammo bu sovuqlik ichida mehr yashiringan.

Jk:Sovuqda turma,
deydi u, jilmaymoqchi bo‘lib. Bora unga jilmayadi, lekin hech nima demaydi.

Ular birga nonushta qilishadi. Xuddi oddiy juftlikdek. Ammo orasida hali ham aytilmagan so‘zlar talaygina turibdi.

Junkook Jeon😁😁😁

Jungkook hamon sevgisini tilga olmaydi. U Boraga iliqlik beradi, g‘amxo‘rlik qiladi, quchoqlaydi… ammo “Men seni sevaman,” degan so‘zni hech qachon aytmaydi. Chunki yuragining tubida hanuz eski sevgisining hikoyasi bor. U esa bu haqda gapirmaydi.

Bora esa bu holatga ko‘nikib qolgan. Chunki u Jungkookning unga bo‘lgan tuyg‘ularini his qiladi — sevgidan emas, balki ehtiyojdan iboratligini.

Lekin baribir… u kutadi.

Kutadi — balki bir kun kelib, Junkook unga qarab:
"Men faqat seni sevaman," deydi, deb umid qiladi.

Va ular har doimgidek birga. Bir xona lekin u xona ichida ikki xil yurak.

Jeon jungkook

Va

Min Bora

SEUL – NOYABR TUNLARI – BORANING UYI

Kechki soat 11:43. Shamol derazani qoqyapti. Bora yotoqda, kitob o‘qiyotgandi. Jungkook esa dushdan chiqib, sochlarini sochiq bilan qurityapti. Hamma narsa odatiydek. Sokin. Hattoki juda tinch.

Shu payt, eshik ostidan bir xat sirg‘alib kiradi. Qog‘oz sarg‘ish, ko‘hna, o‘rami qizil lentalar bilan bog‘langan.

Bora uni ko‘rib, kitobni chetga qo‘yadi. Eshik tomon boradi, egilib, xatni oladi. Xat qog‘ozidan begona, ammo tanish hidi keladi — eski yog‘och, barut va atir aralashmasi.

Xat ustida hech qanday ism yo‘q. Faqat bitta so‘z yozilgan:

Xatda: “Esingdami, SUGA Jungkook haqida Boraga aytma deganding?. Lekn kechir men aytishga majburman agar bu xat singlingni qoliga tushmagan bolsa men uning oziga qayta va qayta yuboraman”

Boraning yuragi hapqirib ketdi.
U xatni ochadi.

“Unga ishonma Bora. U seni faqat o‘yin uchun tanladi. Menga esa sen kerak emassan. Ammo sening hayoting – bizning urush maydonimiz. Tez orada haqiqatni o‘zing ko‘rasan. Qocholmayapsan, Bora. Endi orqaga yo‘l yo‘q.”

Xat ostida hech qanday imzo yo‘q. Faqat qora tusda chizilgan kichik olmos rasmi.

Bora qotib qoladi. Ich-ichidan yuragi muzlab borayotgandek. Xonadagi issiqlik go‘yo yo‘qolgandek. U asta Jungkook tomonga qaraydi… ammo bu sirni hozircha unga ko‘rsatmaydi.

Bora Junkookga xat haqida aytmadi. Va jk bilan yotib uxladi.