May 29

"Hearts Across Parallel World" 5-qism

Ertalab. Quyosh nurlari derazadan tushayotgan bo‘lsa-da, xona ichidagi havo og‘ir. Suzy asta ko‘zini ochadi.

Suzy (cho‘zilib):
— Qayerdaman?.. Ha... J-Hopening uyi...

u o‘tirib, atrofga nazar soladi — xona chiroyli, lekin g‘alati: devordagi rasmlar — odamning emotsiyasiz chehralari, tokchalarda qora shamlar, harorat juda sovuq.

Suzy (o‘ziga o‘zi):
— Bu yer juda... qorong‘i.

(U oyoqqa turadi, dush qidiradi, lekin yo‘lda turgan toshday og‘ir qora eshikni ochib yuboradi. Eshik ortidan qizil rangli yengil tuman chiqadi va birdan birdan u cho‘chiydi.)

Suzy:
— Bu nima edi?!

(eshikni tez yopadi va uzoqlashadi. Bu payt J-Hope oshxonada qahva tayyorlab turibdi. Harakati sokin, lekin har qadamida o‘lchov bor.)

J-Hope (yuqoriga qarab chaqiradi):
— Uyg‘ondingmi, Suzy? Quyoshli nonushta seni kutmoqda.

Suzy (pastga tushayotib):
— Menga qorong‘ilikda yurgandek tuyulyapti...

J-Hope (tabassum bilan):
— Demak, ko‘zlaring hali uyg‘onmagan. Bu yer — faqat qorong‘ulikda haqiqatni ko‘rsatadi.

Suzy (stulga o‘tirib):
— Kechagi gaplaringni eslayapman... Meni "uyimda xavf bor" deb ogohlantirding. Lekin hech nima demading nima xavf, kim xavf...

J-Hope (qahvasini to‘kib, unga uzatadi):
— Chunki ba’zida odam o‘zi ko‘rishi kerak, tushunish uchun.

Suzy:
— Shubhalanayotganimni sezayapsan-a?

J-Hope (ko‘zlariga tik qarab):
— Sen aqlli ekansan. Bu yaxshi. Bu yerda omon qolish uchun bu kerak bo‘ladi.

Suzy (qovog‘ini solib):
— Omon qolish?..

J-Hope (kulimsirab):
— Aytgandim-ku, bu joy senga begona. Endi esa, do‘stlaringdan uzoq, akangdan uzoqsan. Yolg‘izsan.

Suzy jim qoladi. Ichida noaniqlik, qo‘rquv va qiziqish aralashib ketgan. Lekin hali hammasi boshida.

J-Hope:
Tezroq nonushta qil seni bir yerga olib boraman.

Suzy nonushta qilib kiyinib tayyorlandi.

Suzy uyda db tasavvur qilila

***

Ertalabki nonushtadan so‘ng. Suzy kiyinib J-Hopeni qidirdi lekn topa olmadi. Suzy yolg‘iz holatda J-Hopening uyini o‘rganishga chiqadi.

Xonalar sokin. Zinalar pastga qarab buriladi. Eshiklar ko‘p. Ba'zilari berk, ba'zilari ochiq. U qadimiy yozuvlar tushirilgan devorlarni ko‘rib, qiziqib qoladi.)

Suzypov:
— Bu joy... oddiy uyga o‘xshamaydi. Bu yerda nimadir yashirin.

(U bir eshikni ochadi. Ichkarida — devorga osilgan eski qog‘ozlar: shartnomalar, muhrlangan konvertlar, orasida bittasida “Kim Namjoon” degan ism ko‘rinadi. Suzy cho‘chib ketadi.

Suzy (pichirlab):
— Akamning ismi...?! Nega bu yerda?..

(U qog‘ozni olib ko‘rishga ulgurmayoq, orqadan ovoz eshitiladi.)

J-Hope (jimgina):
— bu yerga hech kim kirmaydi, Suzy.

Suzy (cho‘chib):
— Men... faqat atrofga qarayapman, xolos.

J-Hope:
— Sen hali juda ko‘p narsani bilmayapsan. Ammo vaqt keladi.
(jimgina kuladi)
— Bilmoqchi bo‘lsang, yur, ko‘rsataman.


Sahna: Ular qora BMWda katta minoralarga tomon harakatlanishadi. Kechqurun. Suzy J-Hope bilan birga, qorong‘i, lekin hashamatli ofis binosiga kiradi.

(Ular shaxsiy liftda yuqoriga ko‘tarilishadi. Lift ichi oynali, orqa fon yorug‘ emas. Suzy o‘z aksini ko‘radi — lekin bir lahza o‘zidan boshqa kimnidir ham ko‘rib qoladigandek bo‘ladi.)

Suzy (qo‘rquv aralash hayrat bilan):
— Bu yer... qanday joy?

J-Hope (tabassum bilan):
— Biznes markaz. Ammo hammaga ochiq emas.

Liftdan chiqishadi. Ular qora marmardan yasalgan keng ofisga kirishadi. Devorlarda asabiylashtiruvchi rassomliklar, oynalar ortida esa sirli qorong‘ilik — uyning pastki qismidan ulangan go‘yo.

Suzy:
— Sen bu yerda nima qilasan?

J-Hope (stol ortiga o‘tirib, qog‘ozlarga qaraydi):
— Muomalalar yuritaman. Kelishuvlar. Biznes... Va men orzularni sotaman.

Suzy (kulimsirab, ishonmasdan):
— Hazillashyapsanmi?

J-Hope (jiddiy ohangda):
— Kimdir najot izlaydi. Kimdir kuch. Kimdir... o‘ch. Men shunchaki narxni aytaman.

Suzy (jiddiy ohangda):
— Bu narsa... men tushunmaydigan darajada qorong‘u.

J-Hope (unga yaqinlashib, nigohida ogohlantiruvchi jilva bilan):
— Bu dunyo ikki turdagi insonlardan iborat: sotuvchilar va xaridorlar. Hali sen qaysi tarafda ekansan — o‘zing bilmasang ham... tanlab bo‘lgansan.


J-Hope

Ular yana Lift orqali yuqori qavatga chiqishadi. Qorong‘i, zamonaviy, lekin qandaydir noaniq energiya bor.

Suzy:
— Menga bu yer yoqmayapti. Juda... noxush.

J-Hope:
— Chunaman. Bu joy faqat tanlanganlar uchun.

Ular boshqa bir ofisga kiradi. Devorlar qop-qora, pol oyna singari yaltiroq. Har burchakda sirli ramzlar. Suzy devorga qaraydi.

Suzy (past ovozda):
— Bu rasm... kecha tushimda ko‘rgandek edim...

J-Hope:
— Tushlar doim nimanidir eslatadi. Ehtimol, sen allaqachon bu yerda bo‘lgandirsan.

Suzy (shubha bilan):
— Nega menga bularni ko‘rsatyapsan?

J-Hope (qarab):
— Chunishingni istayman. Sen o‘zgacha ekanligingni. Har kim bu joyga kira olmaydi.

Suzy:
— Nima uchun men?

J-Hope (yaxshi yashirilgan tabassum bilan):
— vaqtibkelin tushunasan.


Suzy

.

The end...