April 15

The last warmth

7-qism


Ertalab. Quyosh nurlari derazadan tushib, xona ichini iliqlik bilan to‘ldiradi.

Bora uyg‘onib, chuqur nafas oldi. Kechagi g‘alati suhbatlar, soyabon ostidagi notanish odam, Yoongining devor ortidagi gaplari – bularning barchasi xuddi yomon tushdek tuyuldi. Balki charchaganim uchun o‘zimga keragidan ortiq xayol qurgandirman, deb o‘yladi u.

U oshxonaga chiqdi. Va telefoniga sms keldi

Sms “Bugun nonushta men tomondan. Issiq baget va qahva seni kutmoqda. – JK”

Bora beixtiyor kulib qo‘ydi. Ichida qandaydir yengillik paydo bo‘ldi. Jungkook so‘nggi vaqtlarda juda g‘amxo‘rlik qilayotgan edi. Uning sovuq va sirli ko‘rinishidan tashqari, yuragida iliqlik borligini sezayotgandi.

U o‘zini oynada ko‘zdan kechirdi. Sochlarini silliq qilib taradi, eng sevimli kurtkasini kiyib, qora sharf taqib tashqariga chiqdi. Yuragidagi bezovtalik asta-sekin tiniqlikka o‘xshab borardi.

Bora
Kurtka kiyga kocha sovuqku axir😁

Parkda.

Jungkook uni o‘sha tanish joyda kutib turardi. Qo‘lida ikkita kofe stakan.

Jk:Yaxshi uxladingmi? – dedi u oddiy ohangda.

B:Hm, unchalik yomon emas. Senga rahmat, bu safar qahva chindan ham issiq, – dedi u jilmayib.

Jungkook ham kuldi. Ular jim yurishdi. Sokilik. Faqat qushlarning chinqiriqlari va yengil shamol shovqini eshitilardi.

Jk:Men seni xotirjam ko‘rishni istayman, Bora, – dedi Jungkook birdaniga.
B: Nega? – dedi Bora sekin.

Jk: Chunki… – u jim qoldi, lekin so‘zlarini davom ettirdi, – …sen menga muhim bo‘lib qolding.

Bora yuragida biror narsa siljigandek bo‘ldi. Qandaydir iliqlik, ishonch. U ilk bor Jungkookka qarab “balki u yomon odam emasdir” degan fikrni his qildi.
Shunday qilib, Bora xavotirlarini ortda qoldirgandek bo‘ladi. Ammo tomoshabin biladiki, bu tinchlik uzoqqa cho‘zilmaydi…

Bu qism oz bilaman lekin afsuski 7-qism ham tugadi.