April 26

The Horror Behind The Smile

3-qism

***
Ertasi kuni.

Bora uyg‘ondi. Tong otmagan, atrof sokin edi. U yuragida g‘alati bir bezovtalikni his qilardi. Xonada nimadir o‘zgargandek edi. Yonidagi soat to‘xtab qolgan, deraza oynasida esa tumanli dog‘lar bor edi — ichkaridan hech kim tegmagan bo‘lsa-da.

U qo‘rqinch bilan atrofga qaradi. Yotoqxona eshigi ochiq edi. Bora asta sekin yurib chiqdi. Oshxonaga kirdi. Sovutgich ustida yozuv bor edi — qon bilan yozilgandek ko‘rinar edi.

"U seni olib ketadi..."

Bora cho‘kib qoldi. Nafas ololmay qoldi. Uning boshi aylanib, yuragi qattiq urardi. U eshik tomon yugurdi, lekin eshik qulflangan edi.

Ortidan sovuq shamol esdi. Bora asta orqasiga qaradi — devorda bir ayolning silueti paydo bo‘ldi. U yengil yurgan, uzun sochli, ko‘zsiz arvoh edi. Bora baqirib yubordi va hushini yo‘qotdi.

Bora oshxonada db tasavvur qlila

Taehyung tongda ishidan qaytganida, Borani polga yotgan holda topdi. Uni hushiga keltirdi, u esa hansirab:

B: U keldi… meni olib ketmoqchi…

Taehyung bu gaplarni eshitgach, yuragi muzlab ketdi. Demak, u qaytgan edi. O‘tmishdagi jinoyat izidan, arvoh qasos uchun kelgandi. Va bu safar nishon — Bora edi.

Taehyung darhol o‘sha ayol haqidagi eski yozuvlarni ko‘ra boshladi. Gazeta maqolalari, qidiruv xabarlari, rasmli fayllar — u o‘ldirgan ayol — Yoon Aerin ismli bir ruhshunos ayol edi. Va u o‘lgunga qadar arvohlar bilan bog‘liq ishlar ustida ishlagan.

Taehyung nihoyat tushundi — bu oddiy arvoh emasdi. Bu qasoskor ruh, o‘limidan oldin o‘zini himoyalash uchun ruhiy kuchlar bilan aloqa qilgan ayol edi. Endi u faqat Taehyungdan emas, balki sevadigan hammasidan voz kechtirish uchun qaytgan edi.
Shu kundan so'ng Taehyung Borani ancha tinchlantirib yonida bo'layotgandi. Oradan bir necha kun o'tdi.

**

So‘nggi kunlarda Boraning harakati o‘zgara boshladi. U tongda hushsiz uyg‘onar, ba’zida tanasida chizilgan ko‘k yallig‘lar paydo bo‘lardi. Ba’zan esa u hatto o‘zining qayerda turganini eslay olmasdi.
B: Men... bu men emasman, Taehyung... — derdi titrab.

Bir kuni tunda Taehyung uni xonada yolg‘iz holda gaplashayotganini ko‘rib qoldi.

B: Men buni qilmayman... iltimos, ket... u meni sevadi… — dedi Bora, hech kim yo‘q xonada.

Taehyung yuragida qorong‘i bir g‘oya paydo bo‘ldi: arvoh Boraning ichiga kira boshlagan edi.

Bora oynaga qaraganida o‘zini ko‘ra olmay qoldi. U oynada boshqa qizni ko‘rdi — qorong‘i ko‘zli, yonoqlarida qon izlari bor, sochlari nam, qop-qora. U jilmayib turardi.

A:Endi sen men... men senman, — dedi oynadagi arvoh.

Bora baqirdi, lekin ovozi chiqmadi. Og‘zi ochiq edi, ammo tovush chiqmasdi. Taehyung xonaga yugurib kirganda, u Borani polga cho‘kkan holatda, ko‘zlari xira, rangsiz bo‘lib turganini ko‘rdi. Bora asta sekin jilmaydi, lekin bu tabassum Bora emasdi. Bu… arvohning jilmayishi edi.

A: Qani endi? Uni sevasanmi? — dedi u past, vahimali ovozda.
A: Uni men bilan bo‘lishishga tayyormisan?

Taehyung orqaga tisarildi. U ilk marta sevgan insoni ichida jinoyati soyadek yashayotganini ko‘rardi. Endi u tanlashi kerak edi:
o‘tmishi bilan kurashishmi… yoki sevgisi uchun o‘z jonini qurbon qilishmi…


Taehyung Boraning holatidan qo‘rqib, uni qutqarish uchun izlanishni boshladi. U eski maqolalarni, kitoblarni ko‘zdan kechirdi. Nihoyat, Seul chekkasida yashovchi bir shaman ayol haqida eshitdi — Madam Haejin. U arvohlarni tanib, ularni tanadan haydab chiqaradigan kuchga ega edi.

Taehyung uni topdi. Madam Haejin Boraning holatini eshitgach, boshini sekin silkidi:

H: Bu oddiy arvoh emas. Bu ruh — o‘lim oldidan la’nat qoldirgan, kuchli nafratga to‘la jonzot. U sening jonin orqali yashamoqchi…

*

Kechasi. Shamlar yoqilgan. Bora uyquda. Atrofida tuz halqasi, qora ip bilan bog‘langan talismonlar. Madam Haejin iboralar o‘qiydi, shiddatli shamol esadi. Bora titraydi, ko‘zlarini ochadi. Lekin bu ko‘zlar Boraga tegishli emasdi — ular qorong‘i, sovuq va bo‘sh edi.

A:U chiqmaydi… u meniki! — deb baqiradi arvoh Boraning tanasida.

Haejin yuqori ovozda ruhni haydab chiqaradigan iboralarni o‘qiy boshlaydi. Taehyung Boraning qo‘lini ushlab turadi.

T:Sen kuchlimisan yoki sevgimiz? — deb so‘raydi u qizdan.

Bora ichkaridan — qalbining eng chuqur nuqtasidan kurasha boshlaydi. Ko‘zlari yoshga to‘ladi. Uning yuragi urmoqda. U ichkarida arvoh bilan gaplashadi:

B: Men seni qo‘yib yuboraman… men seni kechiraman… lekin sen mening hayotim emassan!

Birdaniga yorug‘lik chaqnaydi. Qora tuman tanadan chiqib ketadi. Bora hushidan ketadi. Atrof tinch. Madam Haejin esa sekin:
— U endi ketdi, — deydi.

Ammo bu yakun emasdi.

Taehyung va Bora o‘ylaydi, bu la’nat tugadi, deb. Ammo… Madam Haejin ortga qaraydi, lablari orasidan sekin pichirlaydi:
H:Lekin ruh bo‘linib chiqqan… bir qismi hali bu yerda...


Chiqqan rux

Va

Osha joy

.....

3-qism tugadi