April 16

The last warmth

12-qism Final
---

Oradan bir hafta o‘tadi

Jungkook o‘zini g‘alati his qilmoqda. Har safar Bora yonida bo‘lsa ham, ichida bir notinchlik bor. Nara bilan bo‘lgan so‘nggi uchrashuvdan so‘ng yuragidagi eski esdaliklar jonlanib, hozirgi hayotiga aralasha boshlagan. Bora unga mehr bilan qarasa ham, u nigohdan ko‘z olib qochadi.

Kecha kechqurun Nara unga yana xabar yubordi:

Sms:
“Bugun o‘sha kafeda bo‘laman. Kelishingni xohlayman. Men bu safar sen uchun nimadir tayyorladim...”

Jungkook xabarga javob yozmadi. Ammo yuragi qattiq urmoqda edi. U buni "oxirgi uchrashuv" deb o‘yladi va parkka bordi.

Kafe – kechqurun, xira chiroqlar ostida

Nara uni kutib o‘tirgan edi. U eski suratlar, video yozuvlar va esdaliklarni olib kelgan. Suratlar — ularning ilk safarlari, kulgili holatlari va baxtli onlari.
N: Eslaysanmi? – dedi Nara past ovozda.
N: Biz o'shanda ilk bor bir-birimizga sevgi izhor qilganmiz.

U asta Jungkookning qo‘lini ushladi.

N: Men bu tuyg‘ularni hech qachon unutmadim. Va seni ham.

Jungkook bir necha daqiqa jim qoldi. U o‘zini yo‘qotgandek his qilar, yuragida bir narsa siljiyotgandek edi. Nara bu jimlikdan foydalanib, unga yaqinlashdi.

N: Bora yaxshi qiz, bilaman. Lekin u seni menga qaraganda chuqurroq tushunmaydi. Sen o‘zingni u bilan yo‘qotayapsan... men esa seni o‘zingga qaytaraman.

Nara sirli rejasini boshlaydi

Keyingi kunlarda Nara Jungkook bilan yashirincha yana uchrashishni davom ettiradi. U sekin-asta uni o‘ziga bog‘lash uchun kuchli ta’sirli hodisalarni eslatadi: videolar, ovoz yozuvlari, unga yozgan xatlarini olib keladi.

Nara soxta ko‘z yosh bilan:

N: Sen o‘sha eski sen emassan... men seni qaytaraman.

Jungkook ich-ichidan ezila boshlaydi

Bora unga mehr ko‘rsatmoqda, lekin Jungkook u bilan bo‘lganida, go‘yoki o‘zini yolg‘on dunyoda yashayotgandek his qiladi. Nara esa o‘tmishni, haqiqatni, kuchli tuyg‘ularni har kuni eslatib, unga bosim qilmoqda. U o‘zini chalg‘itmoqda, lekin u hali Boraga bularni ayta olmaydi.

**

Tun, tog'dagi mehmonxona yotoqxonasi

Nara va Jungkook endi tez-tez ko‘rishmoqda. Yashirin uchrashuvlar, sokin joylar va soxta tabassumlar bilan to‘la kechalar. Ular bir-birini avvalgidek quchoqlamasa-da, ko‘zlarida o‘tlar yana uyg‘ongandek tuyuladi.

Nara Jungkookning yonida, yelkasiga boshini qo‘ygancha, past ovozda so‘zlaydi:

N: Endi men seni yana qo‘yib yubormayman... Bora bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham.

Jungkook indamaydi. U ich-ichidan bu qarorni noto‘g‘ri deb biladi, lekin o‘tmish, his-tuyg‘ular va shubhalar uni yo‘lidan burmoqda.

Bora esa hali ham mehr bilan yonida

Bora esa barini chin dildan his qilmoqda. Har safar Jungkook uni quchoqlaganda, yuragi urib ketadi. Har tongda uning yonida uyg‘onish — bu baxtga aylangan. U Jungkookni chindan sevadi, va bu sevgi uni kuchli qilmoqda. Lekin u hali bilmaydi — Jungkookning yuragining bir chetida boshqa birga eshik ochilib ulgurgan.

Jungkookning yolg‘oni va iztirobi

Kunlardan bir kun Bora Jungkookdan so‘raydi:

B:Nega ko‘zlaring g‘amgin? Hamma narsa joyidami?

Jungkook esa jilmayadi, soxta bir sokinlik bilan:

JK: Hammasi yaxshi, men shunchaki charchagandirman.

U yolg‘on gapirayapti. Ammo u bu yolg‘onni oqlamoqchi — chunki u hali Borani yo‘qotishga tayyor emas. Nara bilan yarashgan bo‘lsa-da, u Boraning mehridan, soddaligidan va sof sevgisidan ayrilishni istamaydi.

Nara esa o‘z rejalarini kuchaytiradi

Nara orqaga qaytmagan. Endi u Jungkookni faqat yuragi bilan emas, aql bilan ham o‘ziga bog‘lamoqchi. U sekin-asta Jungkookning boyligini ko'zlaydi. Va Uning zaif nuqtalarini izlaydi.


Sirli uchrashuvlar davom etadi. Bora esa hanuzcha hech narsadan shubhalanmaydi... Ammo bu tinchlik uzoq davom etmaydi. Uning yuragida chuqur g'ashlik mujassam. U nimadandir qo'rqadi. Lekn u nima ekanligini bilmaydi.

Bora.

Ertangi kun qanday yakunlanishini bilmaydi.

Hali tong otmagan endigina tun kirdi


Tog‘dagi tun. Sovuq. Tashqarida boron. Ichkarida og‘ir sukunat.

Kaminaning yonida Bora o‘tirgan. Uning qo‘llari tizzalariga o‘ralgan, ko‘zlari pastga qadalgandi. U nimanidir sezayotgan, yuragida g'ashlik. Jungkook esa xona bo‘ylab yurardi. U iztirobda. U qanday gapni qanday boshlashni bilmasdi. Nihoyat, u to‘xtadi. Chuqur nafas oldi.

Jk: Bora... – dedi u sekin.

Bora sekin boshini ko‘tardi. Ko‘zlarida «ha?» degan savol.

Jungkook og‘ir nafas olib, devorga qarab gapira boshladi:

Jk: Men o‘ylab ko‘rishim kerak. Menimcha, senga bo‘lgan tuyg‘ularim... ular haqiqiymi yoki yo‘qmi, bilmayapman. Menimcha bu yoshlarcha sho'xlik.

Bora beixtiyor o‘rnidan turdi. Nigohi titragan. Yuragi ezilmoqda, lekin ovozini ohangida sovuqqonlik bor:

B: Demak, sen mendan shubhalanyapsan?

Jungkook unga qaray olmaydi. Uning yuragi bo‘g‘zida.

Jk: yo'q men shunchaki... bir muddat alohida yashab ko‘rishni xohlayman. O‘z tuyg'ularimga ishonch hosil qilishim kerak. Qanday his qilayotganimni, bu sevgimi yoki yo‘qmi — tushunishim kerak.

Bora ko‘zlarini katta ochdi. Yuragi qattiq urdi.

B: Shunchaki alohida yashab ko‘rmoqchimisan?.

Jungkook nigohini ko‘tardi, ammo ko‘zlarida birgina so‘z bor edi: afsus.

Jk: Ha lekin hozir ketishing shart emas... Tashqarida boron. Buguncha qol qorboron tinsin Ertaga...

B:Yo‘q. – dedi Bora, qattiq ohangda. Jungkookning gapini bo'lib

B: Men bu yerda bir daqiqa ham qolmayman yaxshisi ketaman.

U ko‘z yoshini yutdi. Paltoning fermuarini ko‘tarib, orqasiga o‘girildi. Jungkook qo‘l uzatmoqchi bo‘ldi, lekin to‘xtadi. Og‘zidan chiqadigan har qanday so‘z unga yetmaydi.

Bora eshikni ochdi.

Qor. Shamol. Tungi boron.

U chiqdi.

Bora

Borapov:
Lanati jin ursin u meni sevmagan. U meni demagan. Uning yuragi men uchun urmagan. Jin ursin nega sevdim uni lanati. Ahvolinga qara bora senga kim aytgan edi sev deb. Qayerga ketayotganimni ham bilmayapman kozlarim yoshlangani uchun sovuq shamol va boron kozlarimga urilib muzlatyapti. Qayerga borishni ham bilmayman

Bora shunchaki ketardi u adashib qoldi

Tashqarida qor. Yomg‘ir. Boron.

Bora hech narsani eshitmaydi. Yuragi qulab tushgan. Nigohi to‘g‘ri, yo‘li adashgan. Qor ko‘zlariga uriladi, shamol yuzini kesadi. Lekin u yurishda davom etadi. Qayerga borayotgani noma’lum. Yuragi og‘riydi. Og‘riq uni isitib turadi... bir muddat.

Ammo keyin sovuq uni ham tortib ola boshlaydi. Nafasi tezlashadi. Ko‘zlari xiralashadi. Oxiri yiqiladi.


Oradan 5 soat o‘tadi.

Jungkook deraza oldida turibdi. Uning yuragi g‘ash. Vijdoni qiynalayapti. O‘zini oqlay olmaydi. Palatasini siqadi. Keyin bir lahza hushyor tortadi.

Jk: Bora... – dedi u o‘ziga.
Jk: U ketdi. Men uni to‘xtatmabman.

Birdan yuguradi. Paltosini oladi. Eshikni ochib tashqariga yuguradi.

Jk: Boraaaaaa!

U qorlar orasida yuguradi. Shamol, qor, sovuq... lekin u to‘xtamaydi. Yuragi uradi — qattiq, og‘riqli.

Jk: Men seni sevaman, eshityapsanmi?! Men bu tuyg‘ulardan qochdim, lekin yuragim faqat seni aytmoqda!

U soatlab izlaydi. Pastlikdan tog‘ etagigacha. O‘rmon oralab. Qor ichida. Nafasi muzlab qolmoqda.

Va nihoyat... uzoqda qorlar orasida qulab yotgan tanani ko‘radi.

Jk Bora!

Bora

Jungkook yuguradi va Borani oldiga boradi.


Tog‘, qor, sovuq tun. Bora — Jungkook bag‘rida.

Qor boron kuchaya boshlagan. Jungkook o‘z tanasini Boraga qalqon qilgancha, uni bag‘riga mahkam bosib o‘tiradi. Uning lablari titraydi, ko‘zlarida yosh. Bora harakatsiz. U go‘yoki uxlayapti. Nafasi juda zaif.

Jk: Bora, iltimos, ko‘zlaringni och... – deydi Jungkook, titragan ovozda.
Jk: Men seni sevaman. Men kech qoldim, lekin endi bilaman... yuragim sendan boshqa hech kimni istamaydi.

U Boraning muzlagan yuziga qo‘lini tekkizadi. Sochlaridan silaydi.

Jk: Qayt, Bora. Menga kerak bo‘lyapsan. Menga sening kulging, sening ovozing, hatto meni ranjitadigan ko‘zlaring ham kerak... iltimos.

Bora zo‘rg‘a ko‘zini ochadi. Juda sekin. Ko‘zlari noaniq, lekin u Jungkookni tanidi.

Lablar ozgina qimirlaydi.

B: Jung... kook...

Jungkook yuzini unga yaqinlashtiradi.

Jk:Ha, menman. Men sen bilanman. Ketma, Bora... iltimos.

Bora nigohini undan uzmaydi. So‘zlari past, nafas aralash:

– Men... men seni doim sevdim... lekin sen... hech qachon menga sevmading.

Jk: Yolg‘on, men sevaman endi. Qasam ichaman, sevaman. Men seni o‘zimdan ko‘proq sevaman!

Bora buni eshitadi. Ko‘zlarida yosh chaqnaydi. Bir oz jilmaygandek bo‘ladi.

B: Men... charchadim, Jungkook. Juda charchadim...

Jungkook yutindi. Yuragi urmay qoladigandek edi.

Jk: Yo‘q, yo‘q... uxla, lekin meni tashlab ketma. Maylimi? Sen hali mendan ko‘p narsa eshitishing kerak.

Bora lablari qiyshaydi, so‘nggi kuch bilan:

– Menga... sening muhabbating yetarli... bo‘ldi. Jung....kook.
Jk: ha bora eshityapman
B:yaqinroq kel.

Jungkook boraga yuzini yaqinlashtiradi bora jungkookning lablariga labini bosadi. Va
B: Men seni menga yaqin yolatmadim. Men shunchaki seni shu sozlaringni kutdim. Jk... Men seni songgi nafasimgacha sevaman jk...

So‘ng ko‘zlarini yumar... va tanasi yumshab, xotirjam tortadi.

Jungkook titraydi. Uning yuragi go‘yo sinadi.

– Bora?! Yo‘q... yo‘q... Yo‘oooo‘q!

Otiribdi db tasavvur qilila

U qichqiradi. Tog‘lar aks-sado beradi. Ko‘z yoshlari Boraning yuziga tushadi. Yuragi ming bo‘lak bo‘lib eziladi.

U cho‘ntagidan telefonini chiqaradi, yordam chaqiradi. So‘ng yana Boraning peshonasiga labini tekkizadi.

Jk: Men seni sevaman... bu so‘zni eshitolmaganing uchun, meni kechir.

U qorlar ichida, bir umrlik sevgi bilan qotganicha, Borani bag‘rida tutadi

Borapov:
Ko'zlarimni yumar ekanman. 4 yil avval u meni tutib qolgani va u bilan otgan yillarim koz oldimdan huddi kino lentasidek aylandi. Uning bag'ri juda yoqimli lekin uning bag'ridagi oxirgi daqiqam. Men uni sevaman. Ah jin ursin jungkook sen meni ozinga juda qattiq boglading endi olishni istamayman. Afsuski endi kech....

Jungkook

Ha Silversoulslarim birinchi yakunlangan ffik szlarga yoqdi degan umiddaman. Sizlar qollab quvvatlasela albatta yana yaxshi fflar yozib beraman.

12-qism tugadi.

Hissadan qissa shuki sevgini brida qadrlash kerak. Sevgini anglab yetganingizda kech bolishi mumkin.