April 22

The Shadow Game

Mini ff

Seul kechalari jimjit, lekin har doimgidek xavfli edi. Shaharning go‘zal ko‘chalari orasida Min Yoongi yana bir “tozalash” vazifasini bajarayotgandi. U — sovuq, his-tuyg‘ulardan yiroq, faqat o‘z qoidalari bilan yashaydigan qotil. U hech qachon xato qilmagan. Hech qachon iz qoldirmagan. Lekin bu safar — hammasi boshqacha edi.

Yoongi shahar chekkasidagi bir eski omborga kirib borar ekan, u yerda shubhali holatni ko‘rdi. U allaqachon rejasini tuzib bo‘lgan edi, lekin... kimdir uni kuzatayotgandek tuyuldi.

Soyalardan birida turgan qiz — Bora.

Bora

U hushyor nigoh bilan Yoongiga qarardi. Qo‘lida telefon, lekin hech qanday qo‘rquv yo‘q. Hatto jilmaydi.

Bora: Demak, sen ekansan, afsonaviy “soya qotil”... Qiziq, men seni ancha oldin topaman deb o‘ylagandim.

Yoongi ilk bor hayratlandi. Bu qiz boshqalarga o‘xshamasdi. U qochmadi. Qo‘rqmadi. U o‘z o‘yinini boshlagan edi.

Bu tun — ikki xavfli aqlning to‘qnashuvi boshlangan tun edi.

Yoongi

Yoongi jim turardi. Qiz unga yaqin kelgan edi, lekin uning nigohida qo‘rquv emas, nazorat bor edi. Bu Yoongini bezovta qilar, lekin qiziqtirar ham edi.

Yoongi: Menga seni o‘ldirishga 5 soniya kifoya, — dedi Yoongi ohangsiz.

Bora: Ammo menga seni to‘xtatishga atigi 3 soniya yetadi, — dedi Bora.

Yoongi biroz jilmaydi. Juda kam odam uni haqiqatan ham lol qoldira olgan edi. Bora ularni ro‘yxatiga qo‘shilgan edi.

Yoongi

**

Oradan kunlar o‘tdi. Yoongi uni qayerga borsa, kuzatardi. Bora esa buni bilardi. U ataylab Yoongini “o‘rganish” uchun vaqt berayotgan edi. U har doim xavfda ko‘rinardi, lekin hech qachon himoyasiz emasdi. U — o‘lja emasdi, u — tuzoq edi.

Bir kuni Bora Yoongiga xat qoldirdi:

“Seni o‘zimga yaqinlashtiryapman. Buni unutma. Har bir qadaming — men yozgan sahna. Qiziq, sen psixopat bo‘lsang-da, his qilasan. Sen mendan qocholmaysan, Yoongi. Chunki sen men haqimda bilishni istayapsan. Endi esa, sen mening o‘yinchimsan.”

Yoongi ilk bor yuragida g‘alati his qildi. Uning hayoti davomida hech kim uni boshqara olmagan. Lekin Bora... u boshqacha edi.

U borayotgan joyda bu dunyoning eng xavfli o‘yini boshlangan edi — biri his-tuyg‘ulardan yiroq qotil, ikkinchisi aql va manipulyatsiya ustasi bo‘lgan qiz. Ulardan biri oxirida yo sevadi, yo yo‘q bo‘ladi.

Yoongi xatni yana bir bor o‘qidi. Har bir harf, har bir so‘z yuragiga o‘tkir tig‘dek botardi. U hech qachon his-tuyg‘ularga berilmagan, hech kimni yaqiniga yo‘latmagan. Ammo hozir — u kimningdir o‘yinchisiga aylangandi. Buni tan olish og‘ir edi, lekin inkor etib bo‘lmasdi.

O‘sha kuni kechasi u yana ko‘chalarga chiqdi. Har doimgidek, qorong‘ilik bilan do‘st tutinganday yurardi. Lekin bu safar yurishining maqsadi — o‘ldirish emasdi. U Borani qidirardi.

Soat tungi 3:14. Seul markazidagi tashlandiq metroning eshiklari ochiq edi. Ehtimol, tasodif. Ehtimol, ataylab qoldirilgan iz. Yoongi ichkariga kirdi. Havoda chang va temir hidi. Qadam tovushlari uzoq aks sado berardi.

Va nihoyat — u uni ko‘rdi.

Bora metro bekatida turgan edi. Yengil qora palto, sochlari yoyilgan, nigohi — qotilni ham muzlatib qo‘yadigan darajada tiniq.

Bora

Bora: Menga vaqt kerak edi, Seni tushunish uchun.

Yoongi: Tushunish? — Yoongi qoshini ko‘tardi. — Meni hech kim tushunmaydi.

Bora:Chunki sen hech kimga o‘zingni ochmagansan, Ammo men... men ochganman.

U Yoongiga yaqinlashdi. Orani atigi bir necha qadam ajratib turardi. Bora ko‘ksidan kichik bir pichoq chiqarib, yerga tashladi.

Bora:Mana, himoyasizman. Xohlasang, o‘ldir.

Yoongi qimirlamadi. Bu — tuzoq emas edi. Bu — sinov edi. Va u ilk marta qaror qabul qila olmadi.

Bora: Nega buni qilyapsan?

Yoongi: Chunki men ham seni o‘rganib bo‘ldim. Endi navbat sendagi haqiqatlarni ko‘rishga keldi. Haqiqiy yuzingni.

Yoongi bir qadam oldinga yurdi. Bora qimirlamadi. Nigohlari to‘qnashdi. Bu oddiy qarash emas edi — bu ikki qorong‘u ruhi bir-birini tan olayotgan qarash edi.

To‘satdan yuqoridan eshitilgan siren ovozi tun jimjitligini buzdi.

Politsiya.

Bora tezda orqaga chekindi. Yoongi unga bir qarab, so‘radi:

Yoongi: Bu ham rejangni kiritilganmi?

Bora: Yo‘q, — Bu safar haqiqat

Yoongi

Yoongi kuchli shamol esayotgan metro yo‘lagi bo‘ylab yurdi. Siren ovozlari asta-sekin uzoqlashar, ammo yuragidagi tartibsiz urishlar tinmasdi. Bora... u kim edi? Qizil chiziqni kesib o‘tgan yagona inson. Yoongining ichidagi qorong‘ulikni chalg‘ita olgan yagona kuch.

***
Bir necha kundan so'ng

U bir necha kundan beri Borani ko‘rmagan edi. U g‘oyib bo‘lgandi. Hech qanday iz, hech qanday xabar. Go‘yoki u hech qachon bo‘lmagandek. Lekin Yoongi yuragidagi o‘sha xatni ming bor yoddan o‘qiganday his qilardi:

“Sen mening o‘yinchimsan.”

U bu so‘zlardan qutula olmasdi.

Bir kecha Yoongi o‘zining yashirin xonasiga qaytdi. Bu joyni faqat u bilar edi — faqat u. Lekin bu safar, deraza karmoniga o‘ralgan qora lentalar orasidan bir kichik konvert chiqdi. U ochdi.

Ichkarida fotosurat.

Boraga tegishli. Ammo bu suratda u oddiygina kutubxonada o‘tirardi. Yuzida xotirjam tabassum. Va orqa tarafida... Yoongining bolalikdagi uyining devori.

U chuqur nafas oldi. Bu imkonsiz edi. U bu uyni hech kimga aytmagan. Hech kim bilmasdi. Hatto uni izlayotganlar ham.

Demak, Bora undan bir necha qadam oldinda yurardi.

Quyidagi yozuv:

“Men seni ochib bo‘ldim. Endi navbat sendagi eski og‘riqlarga. Uyingga qayt. Haqiqating o‘sha yerda boshlanadi.”

Yoongi o‘sha kechani esladi. U uydan oxirgi marta chiqib ketgan kunini. O‘sha tunda qon bor edi. Qo‘rquv bor edi. Va... xiyonat.

U og‘ir nafas oldi. So‘ngra pichoqlarini qadoqladi. Qorong‘ulikda yana yo‘lga chiqdi.

U borishi kerak bo‘lgan joy bor edi. Va u yerda — haqiqat kutardi.

Time skip

Yoongi sekinlik bilan bolaligini o‘tkazgan uyning eshigiga yaqinlashdi. Devorlar avvalgidek chang, g‘ishtlar esa xira va yemirilgan. Ammo bu joy — u unutishga urinib, yuragining eng qorong‘i burchagiga tiqib qo‘ygan xotiralar manzili edi.

U eshikni ohista ochdi.

Ichkarida qorong‘ulik. Har bir qadamda taxta pol g‘iyqillardi. Havoda chiriyotgan yog‘och va eski guldor pardalarning hidi taralgan. U deraza yonidagi stolga yaqinlashdi. U yerda chang bosgan suratlar, eski kundalik va... yana bir konvert.

Bora yana shu yerda bo‘lgan edi.

Konvert ustida qo‘lda yozilgan bir jumla bor edi:

“Sen birinchi qotilligingni eslaysanmi?”

Yoongi qattiqroq nafas oldi. Yuragi og‘irlashdi. U konvertni ochdi. Ichkarida — bolalikdagi surat. U, onasi, va... yo‘q bo‘lib ketgan akasi. Orqa tomonda esa yozuv:

“Akangning o‘limi tasodif emas edi. Men u yerda edim. Va sen ham.”

Bu jumlalar uning ongini titratdi. U bolaning qichqirig‘ini, onasining yig‘isini, va o‘sha dahshatli tunni esladi. Ammo hammasidan battari — o‘sha tunda kimdir yashiringan edi. Kuzatgan edi. Bora edi.

To‘satdan orqa tomondan qadam tovushi eshitildi. Yoongi darhol orqasiga o‘girildi. Ammo hech kim yo‘q. Faqat ochiq derazadan esayotgan shamol pardani hilpiratardi. U shiftga qaradi — u yerda kamera yashiringan edi.

Bora uni kuzatayotgan edi.

U pastga, pol tagiga qaradi. O‘sha yerda eshik bor edi — yashirin yerto‘la. Onasi hech qachon u yerga tushishga ruxsat bermagan. U asta eshikni ochdi. Qorong‘ilik ichida narvon pastga qarab ketardi. Har bir qadam bilan yuragi tez ura boshladi.

U yerto‘laga tushdi. Xira chiroq yondi. Ichkarida — devorga yozilgan so‘zlar:

"SEN BOSHINI BOSHLAGANSAN. MEN TUGATAMAN."

Devor qarshisida esa — monitorda real vaqt rejimida tasvir: Yoongi hozir turgan joy. Kamerada u o‘zini ko‘rdi.

Yoongi chuqur nafas oldi. Bu o‘yin nihoyasiga yaqinlashayotgandi.

Yoongi: Men tayyorman, Bora, — dedi u past ovozda.
Yoongi: Endi navbat senda.

To‘satdan monitor o‘zgarib, ekranda Boraning yuzini ko‘rsatdi. U jilmayib turardi.

Bora:Nihoyat sen o‘sha joyga qaytding, Yoongi. Endi esa, bizning haqiqiy o‘yinimiz boshlanadi.

Bora qora kiyimda db tasavvur qilila

Yoongi monitor qarshisida qotib qoldi. Boraning nigohi chuqur va sokin edi, lekin aynan shu osoyishtalik — xavfli edi. U jilmaygancha davom etdi:

Bora: Sen o‘ylaganingdek bu o‘yin emas, Yoongi. Bu — haqiqat. Va haqiqat og‘riqli bo‘ladi.

Birdan monitor qorayib, yangi videoyozuv ochildi. Ekranda — o‘sha kecha. Qon. Qichqiriq. Va… bir bola. Yoongi. Uning qo‘lida pichoq. Uning ro‘parasida — yiqilgan aka. Ammo eng hayratlanarlisi — u yerdan hech kim o‘lmagan.

Yoongining akasi — hayot edi. U faqat hushini yo‘qotgan. Onasi esa, bolalarini ajratgan. Qorong‘ulikdan birini yaratgan. Va boshqasini yashirgan.

Bora ekranga qaytdi:

Bora: Men akangni topdim. U tirik. Yillar davomida seni kuzatgan. Sen o‘ylaganding — uni sen o‘ldirding. Aslida esa… seni u yo‘qotgan. Va endi u qaytmoqda.

Eshik qarsillab ochildi. Qadam tovushi yaqinlashdi. Yoongi asta orqasiga o‘girildi. Nur ichida — uning akasi turardi. Ko‘zlarida nafrat, og‘zida esa birdan bir so‘z:

Hanjin: Salom, uka.

Yoongi ichida bo‘ron uyg‘ondi. Yillar davomida o‘zini qotil deb hisoblab yashagan. Endi esa — haqiqat butunlay boshqa edi.

Bora fon tovush sifatida videoni davom ettirardi:

Bora: Men seni buzishni emas… to‘g‘rilashni xohlardim, Yoongi. Chunki sen — yovuz emassan. Sen — qurbon eding. Endi esa… tanlov senga qoladi.

Akasi unga qarab bir qadam oldi.

Hanjin: Meni o‘ldirmoqchimisan, Yoongi? Yoki… nihoyat haqiqat bilan yuzma-yuz kelasanmi?

Yoongi ko‘zlarini yumdi. Nafasi qaltirardi. Qonli yo‘llar, sovuq qotilliklar, yolg‘izlik — bularning barchasi uni bugungi holatga keltirgandi. Lekin endi — yo‘ldan qaytish imkoniyati bor edi.

U sekin pichog‘ini polga qo‘ydi.
Yoongi: Men sening ukangman, Agar hali kech bo‘lmagan bo‘lsa…

Birdan eshik yopildi. Monitor yana yonib, oxirgi xat paydo bo‘ldi:

“O‘yin tugadi. Endi — haqiqat vaqti.”

Hanjin

Yoongi akasining ko‘zlariga qararkan, ko‘ngli ichida g‘alati iliqlik va og‘riq bir vaqtda uyg‘ondi. Yillar davomida u yuragida qotil, hayoti esa jinoyatlar bilan to‘la edi. Ammo hozir, o‘sha qorong‘u yerto‘lada, u ilk bor odamga o‘xshardi — o‘zini emas, boshqani ko‘rishga urinar edi.

Akasi, Hanjin, sekin yoniga o‘tirdi. Ularning orasidagi sukunat — yuzlab so‘zlardan og‘irroq edi.

Hanjin: Men seni har doim kuzatib yurdim, Yoongi, — Onamiz seni himoya qilishni tanladi. Meni esa... yo‘q qilishni. Men tirik qoldim, lekin ichimda o‘lishni boshladim.

Yoongi: Nega qaytmading?
— deb so‘radi Yoongi. Ovozi titrardi.

Hanjin: Chunki men senga o‘xshab ketdim. Sovuq, yakkalangan, o‘tmishga qamalgan. Lekin seni kuzatar ekanman, ichimda yashirin bir umid uyg‘ondi — sen hali to‘g‘ri yo‘lga qaytishing mumkin deb o‘yladim. Bora menga yordam berdi.

Yoongi hayrat bilan qaradi.

Yoongi: Bora? Nega u?

Hanjin: Chunki u — bizga o‘xshaganlarning og‘rig‘ini tushunadi. U kuchli. U seni buzishni emas, qutqarishni xohladi. Aytgancha... u seni endi yolg‘iz qo‘ymaydi.

Shu payt narigi eshik ochilib, Bora kirdi. U endi avvalgidek sirli emasdi. Ko‘zlarida xotirjamlik va g‘urur bor edi.

Bora: Yoongi... endi sen tanlaysan. Qasos yo‘lini davom ettirasanmi? Yoki o‘tmishni qoldirib, yangi yo‘l ochasanmi?

Yoongi jim qoldi. Ammo birinchi marta — yuragi jim emas edi. U ko‘ksini ushlab, chuqur nafas oldi. O‘tmishni unutish emas, qabul qilish kerakligini anglab yetgandi.

Yoongi: Men... boshidan boshlayman, — dedi u. — Ammo bu safar yolg‘iz emasman.

Bora jilmaydi. Hanjin sekin bosh irg‘adi. Uchlik birinchi marta birgalikda yurishga qaror qilgandi.

*

Endi ularning vazifasi — o‘tmishdagi sirlarni ochish, onasining qarorlari ortidagi haqiqatni bilish va Yoongining "tozalashlar"i ortida aslida kim turganini topish. Chunki... Yoongi boshqalar uchun qurol bo‘lib ishlatilgan. Va bu safar — ularni yo‘q qilish navbati kelgan edi.

Yoongi so'ng Yoongi xat topib oldi. Xatda:
"Yoongi agar xatni olgan bo'lsang *manzilga kel"

*

Yoongi aytilgan manzilga yetib bordi. Yoongi eski uyiga kirib bordi. Bu yerda hammasi boshlangan edi. Devorlardagi rasmlar, chang bosgan bolalik o‘yinchoqlari — ularni ko‘rgan sayin yuragi siqilardi. Ammo u yurishda davom etdi. Zinapoyani ko‘tarilib, ikkinchi qavatdagi eski xonaga kirdi. U yerda — bir ayol kursida o‘tirardi. Sochlariga oq oralagan, nigohlari esa sovuq va chuqur.

U — Yoongining onasi edi.

Yoongining onasi

Ayol boshini ko‘tardi, Yoongi bilan ko‘z urishti. Ammo hech qanday hayrat yo‘q edi.

Yoongi mom: Nihoyat, kelding,— Bilgandim.

Yoongi: Nega?! — deya ovozini ko‘tarib yubordi Yoongi.
Yoongi: Nega meni qotilga aylantirding?! Nega Hanjinni yashirding?! Nega... meni yolg‘izlikka tashlading?!

Ayol o‘rnidan turdi. Yoniga kelib, Yoongining yuziga qaradi.

Yoongi mom: Chunki sen yashab ketishing kerak edi. Sen... u bo‘lishing kerak edi. Sovuq. Xavfli. Buzilmas. Faqat shunda... bizni yo‘q qilganlar o‘z jazolarini olishardi.

Yoongi jim qoldi. Uning ko‘zlari chaqnab turardi.

Yoongi: Demak… meni odamlar hayotini olib, sening qasos g‘oyang uchun qurolga aylantirding?

Yoongi mom: Men seni asrashga urindim, — dedi ayol past ovozda.
Yoongi mom: Agar sen kuchli bo‘lmasang, seni allaqachon o‘ldirishardi. Men seni o‘rgatdim. Yaratdim. O‘sha kecha... Hanjin emas, sen tanlashing kerak edi.

Yoongi: Men tanlamadim! — deya qichqirdi Yoongi. Yoongi: Men bola edim!

Sukunat cho‘kdi. Bora orqada jim kuzatib turardi. Hanjin esa eshikdan sekin kirdi.

Hanjin: Ona, Endi bu yetar. Biz... endi sening o'yinchog'ing emasmiz.

Ayol asta orqasiga o‘girildi. U ilk bor — ko‘zlarida yosh bilan jilmaydi.

Yoongi mom: Demak... ikkoving ham tirik. Kuchli. U holda... meni endi keragim yo'q , to‘g‘rimi?

Yoongi unga yaqinlashdi. Sezilarli og‘riq bilan:

Yoongi: Sen menga kerak eding… onam sifatida. Qasos oluvchi sifatida emas.

Ayol bir zum jim qoldi. So‘ngra lablari orasidan sokin ohangda so‘z chiqdi:

Yoongi mom:Kech bo‘ldi, Yoongi. Chunki biz yaratgan zulmat endi seni qo‘yib yubormaydi. Ular seni endi boshqara olmaydi. Lekin seni to‘xtatishga harakat qilishadi.

Yoongi onasining nigohida ilk bor — qo‘rquvni ko‘rdi. Bu esa… yangi xavfga ishora edi.

*****

O‘sha tun Yoongi, Bora va Hanjin Seul chetidagi maxfiy bunkerda uchrashdi. Bu joyni Hanjin bolaligidan bilardi — otasi uni har doim “yomon bolalar yashaydigan yer” deb atardi.

Yoongi devordagi faylni ochdi. Unda ko‘plab ism va suratlar bor edi. Ko‘pchiligi o‘lik, ayrimlari — yo‘qolgan, faqat bittasi qizil doira ichida:
“N”

Yoongi: Ular o‘sha odamga ishlashgan. “N” — bu tashkilotning boshqaruvchisi, — dedi Yoongi.
Yoongi: Meni aynan u tanlagan. Onam... faqat vosita bo‘lgan.

Bora: Demak, onang ham ularning qo‘lida o‘ynagan? — dedi Bora asta.

Yoongi bosh irg‘adi.

Yoongi: Ha. U men uchun ham, Hanjin uchun ham tanlov qilmagan. Bizni “N” boshqargan. Har bir topshiriq, har bir “tozalash”, hatto menga qarshi turgan dushmanlar — barchasi rejalashtirilgan.

Hanjin bir faylni ochdi. Unda yozuv bor edi:

"Subjekt S-13: Xavfli. Manipulyatsiyaga moyil. Ammo hissiyot uyg‘onish xavfi yuqori. Nazorat kuchaytirilsin."

Yoongi hayratda:

Yoongi: Bu menman... S-13.

Bora chuqur nafas oldi:

Bora: Demak, ular seni oddiy qotil emas, tajriba sifatida ishlatishgan. Seni kuzatishgan, boshqarishgan, hissiyotlaringni o‘rganishgan. Ammo men paydo bo‘lganimda — nazoratdan chiqib ketgansan.

Yoongi jilmaydi. Ammo ko‘zida g‘am bor edi.

Yoongi: Men insonman, Bora. Qurol emas. Endi buni o‘sha “N” ham bilib oladi.

Hanjin kompyuter ekraniga qarab, bir manzilni ko‘rsatdi.

Hanjin: U yerga borishimiz kerak. Bu “N”ning so‘nggi faol bazasi. U yerda hammasi bor — kim bizni sotgan, kim boshqargan, kimni yo‘q qilish kerak.

Bora asta bosh irg‘adi.

Bora: Lekin eshitib qo‘ying... u yerga borgach, hayotimiz o‘zgaradi. Chunki “N” bizdan qo‘rqmaydi — u bizni yo‘q qilishga tayyor.

Yoongi qurolini oldi. So‘ngra Bora va Hanjinga qarab:

Bora: U meni yaratgan bo‘lsa — endi o‘z yaratuvchisini yo‘q qiladigan vaqt keldi.

Uchlik qora mashinaga o‘tirib, Seul osmonida yongan chaqmoqlar orasida yo‘lga tushdi. Endi — bu o‘yin emasdi. Bu — haqiqiy urush edi.


****

Kechasi. Yomg‘ir. Sovuq. Ular yashirin bazaga yetib kelishdi. U yer devorlari mustahkam, kirish esa kodli edi. Hanjin maxfiy dastur orqali eshikni ochdi. Ichkarida qorong‘u koridorlar, kuzatuv kameralar, qattiq tartib va xavf bor edi.

Bora oldinda yurdi. Yoongi esa orqada — har qadamda tayyor turardi. Ammo ichkaridagi jimjitlik shubhali edi.

To‘satdan, qorong‘ilik orasidan bir ovoz eshitildi:

Riven: Men seni kutgandim, S-13.

Yoongi to‘xtab qoldi. Bu ovoz… unga juda tanish edi.

Soya ichidan bir erkak chiqdi. Qora kostyumda, soqolli, ko‘zlarida sovuq yaltirash. U — Riven edi. Yoongining sobiq ustozidan biri. U Yoongini o‘ldirishni o‘rgatgan, lekin bir kuni sirli tarzda yo‘qolgan edi.

Yoongi: Sen… — dedi Yoongi, ovozida g‘azab.
Yoongi: Sen o‘lgansan deb o‘ylagandim!

Riven kulib qo‘ydi:

Riven: Men hech qachon o‘lmayman, Yoongi. Men "N"ning qo‘li edim. Sen esa... tajribam.

Bora yon tomonga yurdi, past ovozda:

Bora: Bu odam seni boshidanoq kuzatgan, to‘g‘rimi?

Yoongi bosh irg‘adi:

Yoongi: U meni bolaligimdan tayyorlagan. Qachon yurishni, qachon o‘ldirishni, qachon hech nima his qilmaslikni… u meni odam emas, qurolga aylantirgan.

Riven yaqinlashdi.

Riven: Ammo sen xato qilding, Yoongi. His qilding. Bu o‘yin edi, lekin sen o‘yindan chiqding. Endi esa... meni yo‘q qilishga keldingmi?

Yoongi qurolini ko‘tardi.

Yoongi: Men seni emas, seni yaratuvchi tizimni yo‘q qilishga keldim.

Riven esa jilmaydi:

Riven: Unda sen avval meni o‘tishing kerak bo‘ladi.

To‘satdan atrofda chaqnash, tutun va portlash yuz berdi. Riven qo‘l ostidagi jangchilar hujumga o‘tdi. Hanjin tezda yerdan dron uchirdi. Bora esa orqaga chekindi, lekin nigohi — Yoongida edi.

Yoongi Riven bilan yakkama-yakka qolgan edi. Ularning nigohlari to‘qnashdi — bu jang ikki qurolning emas, ikki ruhning urushi edi.

Va nihoyat... jang boshlandi.


Riven

****

Riven bilan Yoongi jang boshladi. Har bir zarba — nafrat, har bir harakat — o‘tmish og‘rig‘i edi. Riven o‘z uslubida, sovuq va aniqlik bilan harakat qilardi. Yoongi esa — g‘azab bilan, ammo nazoratli. U endi oddiy qotil emasdi. U — tirik odam edi.

Jang davom etar ekan, Riven qattiq zarba berib, Yoongini devorga urdi. So‘ng kulib dedi:

Riven: Men seni yaratmadim, Yoongi. Men seni topdim. O‘sha kecha — seni o‘liklar orasida topganimni eslaysanmi?

Yoongi hayratdan to‘xtab qoldi.

Yoongi: Nima deyapsan…?

Riven sekin yondashdi:

Riven: Sening onang... seni o‘ldirishga harakat qilgan. U aqldan ozgan. Senga dori bergan. Seni o‘ldirish topshirig‘i berilgan edi. Ammo sen... tirik qolgansan. Men seni topganman. Men seni yashashga qaytarganman. Shuning uchun sen boshqacha eding.

Yoongi ko‘zlarini yumdi. Bolaligidagi xiralashgan xotiralar — onasining qaltiragan qo‘llari, muzdek hammom, og‘riq, so‘ngra... qorong‘ulik.

Yoongi: Sen yolg‘on gapiryapsan, — dedi u titrab.

Riven yelka qisdi:

Riven: Yolg‘onmi yoki yo‘q — endi farqi yo‘q. Sen menga qarshi urush e’lon qilding. Endi tanlov qil: bu tizimni yo‘q qilmoqchimisan — yoki o‘tmishingni qabul qilmoqchimisan?

Yoongi asta qurolini pastga tushirdi. Bora va Hanjin uzoqdan kuzatardi. Bora yuragi bilan his qildi: bu daqiqa — Yoongining ichki sinuvi edi.

Ammo Yoongi ko‘zini ochdi. Sovuq, ammo aniq ovozda dedi:

Yoongi: Men endi senga emas, haqiqatga xizmat qilaman.

To‘satdan u Riven tomon tashlandi. Bu safar harakatlarida boshqa narsa bor edi — jasorat.

Qonli, og‘ir jangdan so‘ng Riven yerga yiqildi. Oxirgi nafasida u faqat bitta narsa dedi:

Riven: Endi rostdan ham... sen ular uchun xavflisan.

Yoongi unga qarab:

Yoongi: Men endi hech kim uchun qurol emasman. Men o‘zimman.

Yoongi

***

Tungi soat 3:46. Seul chekkasidagi yer osti tunnellari. Bora, Yoongi va Hanjin maxfiy marshrutdan foydalanib “N”ning markaziy bazasiga kirib borishdi. Har qadam — xavf, har nafas — shubha.

Yoongi ko‘ngli g‘ash edi. Rivenning so‘zlari qulog‘ida yangrayverardi: "Sen tirik qolgan bolasan. Ular seni qurolga aylantirish uchun tanlagan."

***

Ular tunel oxiriga yetganda, ulkan zangori darvoza ularni qarshi oldi. Hanjin maxfiy kodni kiritdi. Eshik ochildi. Ichkariga kirishdi.

Ammo kutganlaridan butunlay boshqa narsa oldida turardi: katta monitorlar, serverlar va markaziy boshqaruv stoli... va uning ortida bir ayol.

U asta o‘girildi. U chiroyli, sovuq nigohli, mukammal holatda edi. Bora uni ko‘rishi bilan yuragi urishni to‘xtagandek bo‘ldi.

Bora: S-sen... — dedi Bora titrab.

Ayol jilmaydi:

Bora mom: Salom, qizim.

Bu Bora onasi edi.

Bora mom

Yoongi hayratdan qotib qoldi. Bora bir necha qadam orqaga chekindi.

Bora: Sen... o‘lmaganingni aytishmagan edi... — dedi Bora, ko‘zlarida yosh.

Onasi yaqinlashdi:

Bora mom: Men hech qachon o‘lmaganman. Men “N”ni tuzganman. Bu tizim — mening asarim. Men seni himoya qilish uchun yashirinib yashadim. Sen tayyor bo‘lmaguningcha, hech narsa aytilmasdi.

Bora chuqur nafas oldi:

Bora: Sen menga yolg‘on gapirding... butun hayotim yolg‘on bo‘lganmi?

Ayol o‘zini sovuq tutdi:

Bora mom: Yo‘q. Men seni himoya qilganman. Ammo endi sen bu o‘yin ichidasan. Va bu yerda tuyg‘ular zaiflik. Agar men seni o‘rgatmagan bo‘lsam, sen Yoongini allaqachon yo‘q qilgan bo‘larding.

Yoongi hamon jim edi. Bora unga qaradi — nigohida ming savol. So‘ngra onasiga tik qarab dedi:

Bora: Men hech qachon senga o‘xshamayman. Men o‘z haqiqatimni tanlayman. Endi sen — dushmansan.

Onasi jilmaydi:

Bora mom: Qizim, men seni tayyorlaganman. Qonimiz bir. Bu o‘yin hali tugamadi.

So‘ngra qizil tugmani bosdi. Baza bo‘ylab signal chalinib, signal yondi: "Obyektlar qochmoqda. Tutish operatsiyasi boshlansin."

Yoongi Borani ushlab oldi:

Yoongi: Yur! Bu yerda qolish mumkin emas!

Ular yugurib chiqib ketishdi, ortlaridan og‘ir qurollangan askarlar quvlay boshladi. Bora oxirgi marta orqaga qaradi — onasi jilmaygancha qarab turardi.


Ular tunnelga borishadi.

Bora va Yoongi tunnelning oxiriga yetib keldi. Dushmanlar ulardan bir necha qadam orqada edi, ammo ular orqa o‘rindiqni olmasdan, o‘z yo‘lini tanlashdi. Hanjin ularni tashlab ketdi, orqada qolib, har bir dushmanni ushlash uchun maxsus qurilmalarni ishga tushirdi.

Bora va Yoongi allaqachon "N"ning markaziy tizimini to‘liq o‘zgartirgan edilar. Endi ularning asosiy maqsadi — tashkilotning serverlarini yo‘q qilish, barcha xavfli ma’lumotlarni o‘chirish va uni tarixga aylantirish edi.

Yoongi qurolini olib, tizimni o‘chirish uchun kerakli joyni topdi. Bora esa, uning harakatlarini kuzatib, o‘zining strategiyasini tuzdi. Ularning har biri o‘z maqsadiga qaratilgan edi.

Bora: Yoongi, bizning vazifamiz — "N"ni butunlay yo‘q qilish, — dedi Bora qat’iyat bilan. —
Bora: Boshqa hech narsa qolmasligi kerak.

Yoongi bosh irg‘ab, tizimni o‘chirganidan so‘ng, barcha monitorlar to‘xtadi. Endi ular "N"ning barcha izlarini o‘chirishga va’dalarini bajarishdi. Ammo bu oson bo‘lmaydi — ular hali to‘g‘ri qarorni qabul qilishlari kerak edi. Endi ular tizimning o‘ziga qarshi turishga, uning qorong‘u ta’siridan butunlay qutulishga majbur edi.

To‘satdan ularga yana bir signal keldi. Katta qurilmaning markaziy jismoniy to‘siqlari ko‘tarildi. Yoongi tizimning o‘zgartirishlarida yana bir yirik xato borligini sezdi.

Yoongi: Tizimni to‘liq o‘chirish uchun boshqa qadamlarni ham bajarishimiz kerak, Bora, — dedi Yoongi va tizimni o‘zgartirishni davom ettirdi.

Bora atrofni tekshirib, xafaliklar biror lahzaga kelganini sezdi.

Bora: Hushyor bo‘l, Yoongi. Biz hali ham bu yerda tahdid ostida turibmiz.

Shu bilan ular "N"ni butunlay yo‘q qilishga qaror qilishdi. Bu esa ularga yangi bir dunyo ochadi — ularning haqiqiy kurashi va oldinga qadam qo‘yishlarini talab qiladi

Yoongi

Bora va Yoongi "N"ni to‘liq yo‘q qilishdi. Tizimni fosh qilib, yangi dunyo yaratish uchun barcha xavfli qurilmalarni yo‘q qildilar. Endi, ularning hayoti yana yangi bosqichga qadam qo‘yadi. Bu borada ikkala qahramon ham ko‘plab o‘zgarishlar qilishi kerak edi, lekin ular bir-birini qo‘llab-quvvatlab, yangi kelajakni qurish uchun birgalikda bo‘lishga qaror qilishdi.

Yoongi, o‘zining so‘nggi jangidan so‘ng, Bora bilan tinch, baxtli hayot boshlashga tayyor edi. Ularning kelajagi endi faqat o‘zlarining qo‘llarida edi. Hayotda haqiqiy ma’noga ega bo‘lish — ular uchun yangi imkoniyat edi.

****

Bir kun Bora va Yoongi, Seulning eng go‘zal bog‘laridan birida, katta bog‘ning o‘rtasidagi o‘rindiqqa o‘tirdilar. Bora Yoongi tomon qaradi:

Bora: Endi, haqiqatan ham, hech qanday sir qolmadi. Biz bu dunyoni o‘z qo‘limiz bilan o‘zgartirdik, lekin bularning bari sen bilan bo‘lishi kerak edi.

Yoongi, Bora ning qo‘lini ushlab, jilmaydi:

Yoongi: Bizning kurashimiz tugadi, lekin boshlanishi — bu faqat bizning hayotimiz. Sen bilan birga qolish, hammasidan muhim.

Bora uni sevimli ko‘zlari bilan qarab, asta bir qadam oldinga bordi:

Bora: Men seni sevaman, Yoongi. Har doim sen bilan bo‘lishni xohlayman.

Ular bir-birlariga boqib, nihoyat bir-biriga yaqinlashishdi, va shu kun — ularning yangi hayotining boshlanishi edi.

Bora

Va

Yoongi

Hanjin esa, "N"ning yirik hukumat tizimini yo‘q qilishda Bora va Yoongiga yordam berganidan keyin, o‘z hayotida yangi yo‘lni tanladi. U uzun yillar davomida o‘zini siyosat va kuchda to‘liq ishlatgan bo‘lsa-da, endi u boshqa narsani, yaxshiroq va tinch hayotni xohlardi. Hanjin, oxir-oqibat, Seulda bir qizni uchratdi. U qizning ismi Jiwon edi, u ham yirik tizimning bir qismi bo‘lib, Hanjinning kurashlaridan ilhomlangan edi. Ularning o‘rtasida kuchli, chin dildan tuzilgan sevgi rivojlana boshladi.

Jiwon

**

1 yildan so'ng.

Bir yil o‘tgach, Bora va Yoongi nikoh to‘ylarini o‘tkazishdi. O‘sha kun, Seulning eng go‘zal mehmonxonasida, barcha yaqinlari, do‘stlari, va o‘sha eski mafiya azolari yig‘ildi. To‘yda Bora va Yoongi bir-biriga kuchli so‘zlar aytib, bir-birlarini sevib, yangi hayotga qadam qo‘yishdi.

Hanjin ham Jiwon bilan o‘zining yangi, baxtli hayotini boshlash uchun turmushga chiqdi. Ularning nikohlari yangi davrni boshlashning ramzi bo‘ldi.

***

Bora va Yoongi, yangi hayotlariga boshlash uchun bo‘sh vaqtlarini do‘stlari bilan o‘tkazdilar. Hanjin va Jiwon, o‘zlarining baxtli turmushlarini boshladilar. Ular uchun "N" tashkiloti — faqat o‘tgan tarix, va endi har bir inson yangi kelajakka, yangi imkoniyatlarga qadam qo‘yayotgan edi.

Bora va Yoongi yangi ishlar bilan shug‘ullanishdi — Yoongi o‘zining psixologik kurslarini ochdi, Bora esa mustaqil ayol sifatida ko‘plab yoshlarni o‘zining kuchi bilan ilhomlantirdi.

Ularning hayoti tinch, baxtli va to‘la bo‘ldi. Yangi davr, yangi yurt, va yangi orzular. Ular bir-birlarini sevib, har kun yangi baxtni topib yashashdi.

Hikoya tugadi, lekin ularning kelajagi — davom etadi.

Bu mening mini ff im sizlarga yoqdi degan umiddaman.