The last warmth
Ertasi kuni ertalab. Quyosh endi chiqqan, ammo Boraning yuragida hali ham tunda eshitgan so‘zlar aks-sado berayotgandi. “O'zingni xavfda deb his qilishing kerak. Menga yaqin kelma.”
U o‘zini deraza oldiga tashlab, atrofga qaradi. Ichkarida ham, tashqarida ham osoyishtalik bor edi lekin faqat tashqarida. Ichki tinchlik esa allaqachon yo‘qolgandi.
Shu payt eshik ochildi. Yoongi kirdi. (yoongi Boraning akasi) Har doimgidek jiddiy va sokin. Bora unga qarab jilmayishga urindi, lekin yo‘q, bu safar samimiy chiqmadi.
Y: Ahvoling yaxshimi hevh qayering og'rimayaptimi. Nega extiyot bolmading sendan xavotir oldim, – dedi Yoongi. Uning ovozida biroz xavotir sezilardi.
B: ahvolim joyida aka lekin londondan hamma ishlaringni tashlab kelishingshart emas edi.
Y:sen mening yagona malikamsan seni qanday qilib yolgiz qoldirishim mumkin.
– Aka… sen hech qachon mendan biror narsani yashirganmiding?
Yoongi kulimsiradi. Bu savol unga yoqmadi. U qizning bu so‘zni aynan qachon va nima sababdan berganini anglagandek bo‘ldi.
– Har kimning o‘ziga xos haqiqatlari bor, Bora. Va har doim ham ularni aytish to‘g‘ri bo‘lmaydi.
Bora ko‘zlarini yumdi. U bu gaplarni allaqachon eshitgandi. Jungkookdan. Endi esa... o‘z akasidan.
U qorong‘u xonada oynaga tikilib o‘tirar, qo‘lida sigareta. O‘zini g‘alati his qilardi. O‘sha kecha Borani yo‘lda qoldirib ketganini o‘ylab, yuragida og‘irlik sezardi.
“Uni uzoqroq tutishim kerak. Bu qiz xavfli. Ammo men uchun emas. Balki o‘zim unga xavfman.”
Eshik qattiq ochildi. Taehyung kirdi — (U Jungkookning eng yaqin do'sti)
T: U qiz haqida yana o‘ylayapsanmi? – dedi u.
Jk:Bu faqat vaqtincha edi. Bir necha kun ichida u meni butunlay unutadi.
Taehyung unga ishonmadi. Ko‘zlarining tubida allaqachon boshqa narsa aks etganini ko‘rib turardi.
T:Agar u kimligini bilib qolsa… – dedi Taehyung , ohangida ogohlantirish bor edi.
Jungkook yuziga sovuq tabassum bilan qaradi:
– Agar bilsa… juda kech bo‘ladi.