The last warmth
Bora uyg‘onadi. Xat uning yostiq ostida. U yana uni o‘qiydi. Bu safar har bir so‘z yuragiga o‘tkir tig‘dek botadi.
“U seni faqat o‘yin uchun tanladi…”
“Endi orqaga yo‘l yo‘q.”
U deraza oldiga boradi. Pastda Jungkook mashinasini tozalayapti, odatdagidek beparvo, xuddi hech nima bo‘lmagandek. Bora unga qaraydi, ammo ichki hislari endi o‘zgarib bormoqda. U unga ishongisi keladi… ammo bu xat — bu so‘zlar — qalbiga shubha solmoqda.
Bora xatni olib, o'zining uyiga boradi. Yoongining eski ish stolidan maxfiy fayllar saqlanadigan kichik seyfni eslaydi. U ilgari Yoongining bu joydan juda ehtiyotkorlik bilan foydalanishini ko‘rgan. Kalit yo‘q. Lekin Bora bu xatni u yerga yashirishga harakat qiladi.
Lekin seyfni ochishga uringanda — u tasodifan ochiladi. Ichida bir nechta fotosuratlar, qora rangda yozilgan daftar va.. Qandaydir tushunarsiz tilda yozilgan gaplar.
Bora daftarning sahifalarini varaqlaydi. Va Unda ozi tushunadigan tildagi yozuvlar bor:
> "2004-yil – 'Kichkina qiz allaqachon tanlangan…'
2010-yil – 'Agar Bora bu haqda bilsa… urush boshlanadi.'
2021-yil – 'Jungkook topshirildi.'"
Bora shok holatda qotib qoladi.
Bu nimani anglatadi? Kim topshirdi? Qayerga? Va nima uchun bu yozuvlarda Bora haqida ham ma’lumot bor?
Shu payt orqadan Yoongi kiradi. U Boraning stol oldida turganini ko‘rib to‘xtaydi.
Y:Nima qilyapsan? — deydi u ohangida ehtiyotkorlik bilan.
B: aka siz qachon keldingiz axir italiyaga ketgandingizku.
Y: ishimni hal qildim ammo sen bu yerda nima qilyapsan.
Bora javob bermaydi. Faqat unga shubhali nigoh bilan qaraydi.
B:Shunchaki topdim endi ayting bu nima
B: menga haqiqatni ayting.
Y: hozir emas Bora xonanga bor va meni xonamga soroqsiz kirma. Hozir muhim ishim bor keyin gaplashamiz. Sen esa yotib uxla.
Bora hech nima demadi va xonadan jaxl qilib chiqib xonasiga kirdi va ozini yotoqqa tashlab kozlarini yumdi
Bora xat va daftarni sumkasiga soladi. Endi uning ichida qo‘rquv emas, balki qat’iyat bor. U endi sevgi haqida emas, haqiqat haqida o‘ylayapti.
Borapov:
“Jungkook… SUGA… bu ‘o‘yin’ nima edi o‘zi?..”
U barinir akasini gaplariga quloq solmay uning xonasini kalitlarini olib Yoongining xonasiga kiradi. Yoongining kompyuterini ochadi. Kompyuterda shifrlangan fayllar orasidan bitta nom e’tiborini tortadi:
U faylni ochishga urinadi, lekin parol so‘raladi. Bora to‘xtamaydi. U Yoongining parollari ro‘yxatini eslaydi va birinchi urinishda — "BORA1120" — bilan fayl ochiladi.
1. Jungkookning rasmli profili: "Qorong‘i hududlar bo‘yicha kuzatuvchi. Topshtilgan shaxs: Bora Min."
3. Qayd: “Nishon – 4 yil ichida o‘rganilsin, himoya qilinsin. Aloqa berkitilsin.”
Bora titrab ketadi. U hozirgacha sevgisi deb o‘ylagan odam — unga maxsus tayinlangan kuzatuvchi edi.
U hech nima demay, sumkasini oladi va chiqib ketadi. Endi u Jungkookdan haqiqatni olishni emas — uni kuzatishni boshlaydi. O‘z hayotini qo‘liga olmoqchi.
*
TUN – BORANING KICHIK KUZATUV ISHLARI BOSHLANADI
Bora har kuni Jungkook qayerga boradi, kim bilan gaplashadi, qanday telefon qilmoqda — hammasini yozib boradi.
Lekin bir kuni u Jungkook yashirincha bir joyga kirib ketganini ko‘radi: bu joyda qora avtomobillar, kameralar va qurolli odamlardan iborat mafiya bazasi bor.
Bora hayratda. Bu nafaqat Jungkookning siri edi. Bu balki oziga tegishli bolishi mumkin edi. U ichkariga kra olmadi. Lekin uni kuzatishni ham to'xtatmadi.
Borapov: Agar men "maqsad" bo‘lsam — u nima uchun meni o'ldirmagan edi?
Va eng muhimi — u aslida kim? Va oziga ozi gapirdi