"Hearts Across Parallel World" 4-qism
Suzy kechasi uyda yolg‘iz. Akasi Namjoon odatdagidek yo‘q. U suratlarni titkilab o‘tirib, eski seyfni ochib yuboradi. Ichidan sirli hujjatlar, qora shartnomalar chiqadi.
Suzy (past ovozda):
— Bu... qanaqa hujjatlar? “Qon bilan tasdiqlansin”? “Soxirlik chegarasi”? Bu nima degani?
Kitob orasidan bitta fotosurat tushadi — unda yosh Namjoon va... J-Hope. J-Hopening ko‘zlari oddiy emas — qora, chuqur va qorong‘ulik bilan to‘la.]
Suzy:
— Yo‘q... Bu... bu J-Hope! Bu nega akam bilan birga? Ular... bir-birini tanishadimi?
Shu payt orqadan eshik ochiladi. Namjoon qaytib kelgan.
Namjoon (shoshqaloqlik bilan):
— Nima qilyapsan?! Bu yerga kirma demaganmidim, Suzy?!
Suzy (qo‘rqib, lekin dadil):
— Sen mendan nima yashiryapsan, aka? Bu hujjatlar... bu odam... J-Hope kim o‘zi?!
Namjoon (jim turadi. Uzoq sukutdan so‘ng past ovozda):
— J-Hope sen o'ylagandek oddiy odam emas, Suzy.
Namjoon (qattiqroq):
— Men bunga javob bera olmayman. Faqat bil: u xavfli. Va u senga yaqinlashayotgan bo‘lsa, bu tasodif emas. U seni tanlagan.
Suzy (shok holatida):
— Meni... tanlagan?
Namjoon:
— Sen bu o‘yinning markazidassan. Men uni to‘xtata olmadim. Endi faqat bir yo‘l bor — undan uzoqlash.
Suzy (qattiq):
— Yoq. Endi kech. U mening orqamdan kelyapti... va men ham bilmoqchiman — nega aynan men?
Namjoon:
Suzy tur o'rningdan xonadan chiq. Bu yerga bu xonaga qaytib kirma.
Namjoon baland ovozda:
Ko'p savol berma Suzy
Suzy akasining bu xolatini birinchi marta ko'rdi va uyidan chiqib ketdi.
---
Kechasi, Suzy ko‘chada yuribdi. U akasi Namjoon bilan janjallashib, uydan chiqib ketgan. Yomg‘ir yog‘moqda. Ko‘chada faqat uni kuzatayotgan qorong‘i silueti bor.
To‘satdan Suzy orqasidan kimdir keladi — bu J-Hope. Qorong‘i libosda, lekin qiyofasi sokin.
J-Hope (sokin):
— Kechasi yolg‘iz yurish xavfli, Suzy.
Suzy (hayratda):
— Sen?! Bu yerda nima qilayapsan?
J-Hope (tabassum bilan):
— Sening akang bilan hamkorlik qilishimiz senga endi ma'lum. U seni yolg‘iz qoldirdi, shuning uchun men keldim.
Suzy (shubha bilan):
— Meni kuzatib yurganing rostmi?
J-Hope (yaqinlashib):
— Kuzatish boshqa, himoya qilish boshqa. Endi bu joy xavfli. Men seni vaqtincha o‘zimnikiga olib ketaman.
Suzy:
— Yo‘q, men... men uyga qaytaman.
J-Hope (ko‘zlariga tik qarab):
— Uyingda seni xavf kutyapti, Suzy. Bu shunchaki maslahat emas. Bu ogohlantirish.
(pauza qiladi)
[Suzy biroz ikkilanadi, lekin sovuqdan, qorong‘ilikdan va uning so‘zlaridagi qat’iyatdan cho‘chib, rozi bo‘ladi.]
J-Hope (yumshoq ovozda):
— Albatta.
J-Hopepov:
— Hamma narsa reja bo‘yicha ketyapti.
J-Hopening uyi — juda zamonaviy, lekin g‘ayritabiiy jimjit. Har joyda qora gullar, eski maskalar, sirli rasmlar bor.
Suzy (atrofga qarab):
— Bu joy... g‘alati. Juda sokin.
J-Hope (jim kulib):
— Bu yer — men yashaydigan tinch joy. Yolg‘onlardan uzoqda, haqiqat ichida.
Suzy (uning ko‘zlariga tik qarab):
— Sen kimsan, J-Hope? Nega sening ko‘zingda hech qanday hayot yo‘qdek tuyuladi?..
[J-Hope jim turadi. Suzyga orqa o‘giradi. Va yengil tabassum qiladi.]
J-Hopepov:
— Chunki men odam emasman, Suzy...
J-Hope:
2-etaj ongdan 4 chi xona
Suzy:
Okay
Suzy yqoriga chiqb ketdi. U izlab aytilgan xonaga kirdi.