April 29

The Horror Behind The Smile

4-qism

Marosim tugaganidan so‘ng Bora hushiga kelgan bo‘lsa-da, u hali ham arvohning ta’siridan butunlay qutulmagan edi. Taehyung buni his qilardi. Madam Haejin esa ohangdor ovozda shunday dedi:

H: U tinchlanmagan. Uning tanasi hali ham bu dunyoda. U qabriga qaytmaguncha, u doim sizning orqangizdan kelaveradi.

Taehyung qaror qiladi: arvohning qabrini topib, uni u yerga qaytaradi.

***

Qorong‘i o‘rmon, eski qabriston

Tungi soat ikki. Bora uxlayapti. Taehyung qog'ozda yozilgan manzilga qarab yo‘l oladi. U o‘rmon ichidagi qadimiy qabristonga yetib keladi. U yerdagi bir qabr chuqur tirjaygan daraxt soyasida edi. Qabr toshida arvoh qizning ismi: Yoon Aerin.

T: Men seni tushunaman, — deydi Taehyung past ovozda.
T: Senga ham sevgi kerak edi, lekin bu dunyo seni rad etdi. Endi men seni unutmayman. Bora ham unutmaydi. Ammo u erkin bo‘lishi kerak.

Taehyung qabr yoniga yengil shamlar qo‘yadi, so‘ngra yonida olib kelgan Boraning kundaligidan bir varaqni yirtib, unga yozadi:

"U seni kechirdi. Endi tinch uxlashing mumkin."

Varoqqa o‘ralgan gulni qabr ustiga qo‘yadi. Shunda yengil shamol esadi. Daraxt yaproqlari shitirlaydi. Qorong‘u osmon yorishadi. Havo yengillashadi.

Oradan bir daqiqa o‘tib, u o‘z orqasida nimanidir his qiladi — bu Aerin edi. Uning ruhi. Ammo bu safar u jahl bilan emas, ko‘zida yosh bilan turardi.

Arvoh

A: Rahmat... — dedi arvoh shivirlab.
A: Meni kimdir eslagani, men uchun yig‘lagani… bu birinchi marta.

So‘ng u xira nurga aylanib, osmonga ko‘tariladi. Taehyung uzoq vaqt ko‘zlarini yumgancha turadi. Yengillik... sukut. Nihoyat, haqiqiy tinchlik.

***

Taehyung ertalab uyga qaytganda, Bora hali uxlab yotar edi. Lekin bu safar u tinch edi. U hech qanday arvoh yo‘qligini, hech qanday g‘alati tushlar ko‘rmaganini aytar darajada xotirjam edi.

U uyg‘ongach, Taehyung unga faqat shuni dedi:

T: U endi ketdi. Va men seni endi yolg‘iz tashlab qo‘ymayman.

Bora tabassum qiladi. Va ilk bor o‘zini haqiqiy hayotga qaytgandek his qiladi.

**
Bir oydan so'ng

O‘sha voqealardan so‘ng bir oy o‘tadi. Bora sog‘lig‘i tiklana boshlaydi, universitetga ham sekin-asta qaytadi. Taehyung esa har kuni uni kutib oladi, uni bir daqiqa yolg‘iz qoldirmaydi. Ular bir-birlariga ko‘nikishadi, mehr yanada chuqurlashadi.

Ammo… bir kuni tunda Bora yana tushida nimanidir ko‘radi. Qorong‘ulik, qabriston, bir-biriga ulanmagan shivirlovchi ovozlar…

— U yolg‘on gapirdi... sen hali ham xavf ostidasan...

U uyg‘onadi, terga botgan. O‘sha tunda oynaga qaraydi va... yana o‘sha qiz. Ammo bu safar boshqa biri.

Yangi arvoh. Yangi dushman.

Bu safar arvoh yosh bola ko‘rinishida edi. U oynaning ichida ko‘z yosh to‘kardi. So‘ng birdan:

A: U meni o‘ldirdi. O‘sha sen sevgan yigit. U o‘ldirdi. Ishonma unga!

Bora dahshatga tushadi. Yuragi gursillaydi. Taehyung xonaga kirganda, u g‘azab bilan qichqiradi:

B: Sen yana yolg‘on gapiryapsanmi? Qanaqa yana arvoh? Bu kim?

Taehyung jim turadi. U og‘ir nafas oladi. So‘ng past ovozda aytadi:

T: Men... men birgina qotillik qilmaganman. U voqea sen o‘ylagandek emas edi. Men o‘zimni himoya qilgandim... lekin u bola aralashib qoldi. Bu men xohlamagandim.

Bilaman oz bolip qoldi. Keyingi safar ko'proq yozishga harakat qilaman
4-qism tugadi