April 15

The last warmth

6-qism

---
Bir hafta o‘tdi. Bora o‘zini yaxshi his qilayotgandek ko‘rinsada, ichki tartibsizlik hali ketmagandi. Hamma narsa o‘z joyida, lekin yuragi haligacha shunday notinchki, go‘yo yaqin orada nimadir sodir bo‘lishini sezayotgandek edi.

Shu kuni kechqurun Jungkook unga yozdi.

Sms:
“Choy ichamizmi? Bu safar sening qahvang emas.”

Bora tabassum qildi. Ko‘nglida mayin iliqlik taraldi. U rozi bo'ldi.

Boraning kiyimi

Jungkook uni shinam bir parkdagi choyxonaga olib bordi. Musiqa sokin, havo iliq edi.

B:Nega meni har safar hayratda qoldirasan? – dedi Bora yumshoq ohangda.

Jungkook unga qarab jilmaydi:

Jk:Chunki seni tushunishni istayman. Tashqi dunyodagidan emas… ichingdagi Borani.

Bu gap Borani biroz titratdi. Bunday chuqur gapni undan kutmagandi. Qandaydir iliqlik yuragiga urildi, lekin bu hislar orqasida qandaydir qorong‘ilik yotgandek edi.

Time skip

Ular parkdan chiqib ketayotganda, uzoqdan bir qora mashina ularga qarab to‘xtadi. Ichkaridagi odam derazani pasaytirdi. Ko‘rinishi jiddiy edi.

X:JK, seni boss chaqiryapti, – dedi u, ovozi sovuq.

Bora cho‘chib qaradi. “Boss?” Bu so‘z unga begona tuyuldi, lekin Jungkook go‘yoki bu oddiy holatdek boshini qimirlatdi.

Jk: Men birozga ketishim kerak, – dedi u Boraga, soxta xotirjamlik bilan.

B: Bu kim edi?

Jk: Ishdagi odamlar. Muhim emas, – dedi u, va tez orada qora mashinaga o‘tirib, g‘oyib bo‘ldi.

Bora orqasidan uzoq qarab qoldi. Ichida yana bir shubha uyg‘ondi. Bu oddiy ishga o‘xshamadi.


Ertasi kuni Bora do‘konga chiqdi. Egnidagi qalin kurtkasi cho‘ntagida telefon, qulog‘ida musiqa. Ammo qandaydir nazar uni ortidan kuzatayotgandek tuyuldi. To‘xtadi. Orqasiga qaradi. Hech kim yo‘q. Yuragi biroz tez urayotgandi.

U orqaga burilib ketmoqchi bo‘ldi, shu payt soyabon ostida bir odam telefon orqali kim bilandir gaplashayotganini eshitdi.

X: Ha, Minlar oilasi to‘g‘risida yangi ma’lumot bor. Qiz hamon hech narsani bilmaydi. Ammo ehtiyot bo‘lish kerak. U yaqinda Jungkook bilan ko‘rishdi…

Bora shu zahoti hayratdan qotib qoldi. “Minlar oilasi? Bu mening familiyam…”

Ammo u jim yurdi. Yana orqaga yurdi. Qo‘rqib ketgandi. Yuragida chinqiriq. Lekin bu shunchaki tasodifmi? Yoki…


U kechasi uyga qaytib, hech kimga hech narsa demadi. Hatto Yoongiga ham. Uning xonasidan o‘tayotganda, devor ortidan past ovozdagi suhbatni eshitib qoldi.

Y: Ha, hozircha u bilmaydi. Men uni asrayapman.

Bu Yoongining ovozi edi. Bora qotib qoldi. Yuragi qattiq ura boshladi.

“Kim? Nima? Meni asrayapti?”

U asta xonasiga kirdi. Eshikni yopdi. Yuragini bosib yotdi. Bu tun ham hushyor o‘tdi. Ko‘zlarini yuma olmadi.

6-qism tugadi