May 26

"Hearts Across Parallel World" 2-qism

Ertasi kuni Suzy J-hope shu universitetda ishlayotgani haqida eshtib qoladi va J-hopening xonasiga boradi.

Suzy:
Salom janob kirsam maylimi?

J-Hope:
Ha

Suzy:
Shu yerda ishlayapsizmi?

J-Hope:
Ha biror muammo bormi?

Suzy:
Menda savol bor

J-Hope:
Qanday

Suzy (jimgina, biroq ko‘zlarida ehtiyotkorlik):
— Men sizni tushunmayapman… Siz nega doim hushyor turasiz? Atrofdagilardan yiroq yurishingizga sabab bormi? Nega hech kimga ishonmaysiz?

J-Hope (kulimsirab, lekin ko‘zlar sovuq):
— Ishonch... bu dunyodagi eng kamyob narsa. Odamlar bilan muloqot qilishni yoqtirmayman va yana har kimga ham ochilmayman. Nega so'rayapsan?

Suzy:
— shunchaki... siz g‘alatisiz.

J-Hope (qiziqib, egilib):
— G‘alati deganing — xavfli deganingmi?

Suzy (ko‘zini olib qochib):
— Yo‘q… shunchaki... odamlarni boshqa usulda ko‘rasiz.

J-Hope (birdan jiddiylashib):
— Chunki men ularning ichini ko‘raman, Suzy. Ularning niyatini, qorong‘iliklarini...

Suzy (hayron):
— Qanday qilib?

J-Hope (yumshoq, biroq sovuq ovozda):
— Tajriba. Vaqt. Ko‘p yo‘qotishlar...

Suzy chuqur nafas olib, indamaydi. Yuragi tez ura boshlagan, lekin nimadan — qo‘rquvdanmi yoki qiziqishdanmi — o‘zi ham bilmaydi.

Suzy (nihoyat):
— Siz kimsiz o‘zi?

J-Hope (qorong‘i kulgu bilan, javob bermay):
— Bu savolga javob topsang... yana menga yaqinlashishni xohlamaysan.


J-Hope

Suzy:
Mayli janob men darsga ktedim.

Suzy shunday deb xonadan chiqib ketdi. J-Hope esa yana ishlariga sho'ng'ib ketdi.

**

FLASHBACK


Kechasi. Soyali joyda, eski omborxonada. Namjoon qora charm kurtkada, yuzida jiddiylik.

Namjoon

Qarshisida — J-Hope, chiroyli kostyumda, ammo ko‘zlarida sovuq porlaydi. Havo qattiq, jim.]

J-Hope

Namjoon (qulog‘iga sigaret qistirib, asta gapiradi):
— Men odamlarni yaxshi bilaman. Lekin sen… sen boshqachasan. Va senga nima muhim va nima kerak.

J-Hope (tinch ohangda):
— Bu dunyoda kuch muhim. Menga kerak bo‘lgan narsa aniq. Endi savol uni sen bera olasanmi?

Namjoon:
— O‘rnimni saqlab qolishim uchun sherik kerak. Qonun bilan emas — qorong‘u kuchlar bilan ishlay oladigan. Senga pul kerak emas, men buni bilaman. Unda nima istaysan?

J-Hope (kulimsirab, sokin):
— Qon. Shartnoma. Va… bir odam. Suzy.

Namjoon (birdan hushyor):
— Suzy? Singlim? Nega u?

J-Hope (og‘ir ohangda):
— U o‘zini tanimaydi. Lekin ichida kuch bor. U hali bilmaydi… lekin men bilaman.

Namjoon (qattiqroq):
— Agar unga zarar yetkazsang…

J-Hope (ko‘zlarini qisib, unga yaqinlashadi):
— Men unga zarar yetkazmayman.

Namjoon (nafas chiqardi, ikkiyoqlama tuzoqqa tushganini sezib):
— Agar bu menga kerakli kuchni bersa… roziman.

J-Hope (sokin, ammo vahimali ohangda):
— Kelishuv bo‘ldi.

U qo‘lini cho‘zadi. Namjoon uni qisqagina siqib qo‘yadi. Shartnoma muhrlandi.


Suzy

.

The end