The last warmth
Kasalxona palatasida jimjitlik. Yolg‘iz sun’iy nafas apparati va yurak urishini ko‘rsatib turgan monitor tovushi quloqni qomatga keltirardi. Bora hushsiz yotar, yuzi oqarib ketgan, peshonasida bog‘lam, lablari esa qonga botgan edi. Jungkook esa devorga suyangancha bir nuqtaga qarab turardi. Unga bu holat begona emasdi — og‘riq, qon, shoshilish. Lekin bu safar u boshqa. Chunki bu safar — Bora.
Jk qandaydir tuyg'ularni his qilyapti lekin nimani?
Shifokor chiqadi.
– Hozircha xavfli holat yo‘q. Bosh suyagi lat yegan, lekin operatsiya kerak bo‘lmaydi. Bir necha kun ichida o‘ziga kelishi mumkin.
Jungkook yengil nafas oladi. Ammo ichki bir hissiyot uni qiynay boshlaydi. Nima uchun u hozir shunchalik xavotirda? Axir bu qiz bilan atigi bir necha kun avval tanishgan edi-ku? U shunchaki uni vaqt o‘tkazish uchun chaqirmoqchi edi-ku?
Ammo u o‘zini alday olmasdi. Bora unga begona emasdi endi.
3 kun o‘tadi. Bora asta-sekin ko‘zlarini ochadi. Yonida hech kim yo‘q. Ammo stol ustida bir dasta gipsofila
Va gulning yonida kichik bir xat. Xatda:
“Kechirasan. Menga hali hammasi aniq emas. Lekin seni yolg‘iz tashlab keta olmayman.”
– JK
– JK? Kim bu? – pichirlab o‘qiydi Bora.
Eshik ochiladi. Oppoq futbolkali yigit kiradi. Ko‘zlari qorong‘i, sirli, ohangi esa ehtiyotkor.
Bora chuqur nafas olib, unga tik qaraydi.
– Sen... sen kimsan? Bu yerda nima qilyapsan? – deydi u sovuqqina ohangda.
(chunki jk bilan bolgan voqeani eslomedi sababi osha kuni jk sharf oragani uchun kozini ozi korigan edi Bora)
Yigit jilmaymoqchi bo‘ladi, ammo qila olmaydi.
– Sen taksida avariyaga uchrading. Men seni ko‘rib qoldim, kasalxonaga olib keldim.
– Rahmat, – deydi Bora, ammo shubha bilan qaraydi. – Lekin... sening isming nima?
Yigit bir lahza jim turadi. Xuddi ismni aytish unga xavf tug‘diradigandek. So‘ng:
Jk: J... Jeon, – deydi u, to‘liq ismni yashirgancha. – Shunchaki Jeon de.
Bora boshini egadi. Uning ichida shubha g‘imirlab boshlaydi. Bu yigit... Uni avval qayerdadir korganman dedi Bora oziga ozi
Ertasi kuni Bora shifoxonadan chiqadi. Ko‘chada unga qora rols roys mashinasi yaqinlashadi. Eshik ochiladi. U ichkarida kecha kasalxonada ko‘rgan yigitni ko‘radi.
– Uyga olib boraman, – deydi u jiddiy ohangda.
– Yo‘q, kerak emas. O‘zim boraman.
– Bora. Jimgina mashinaga o'tir.
– Sen... ismimni qayerdan bilasan?
Jungkook jim turadi. So‘ng, boshini qimirlatmay:
– Men... seni ko‘proq bilaman, xohlaganingdan ko‘proq.
Bora yuragida bir nima cho‘kadi. Havo sovushga tushgan, lekin ichida issiq vahima.
Kim bu yigit? U meni qanday biladi? Va nega undan yuragim siqilmayapti — balki, himoyalanganday his qilyapman?