The Horror Behind The Smile
Taehyung endi unga o‘zini tanishtirishga harakat qilmadi. Faqatgina yonida bo‘ldi. Har kuni kelib, unga shirinliklar olib keldi, tabassum qildi, farzandiga kichik sovg‘alar olib keldi. Bora esa bu notanish yigitni o‘zgacha tuyg‘u bilan kutadigan bo‘lib qoldi.
B: Nega har kuni kelasiz? — so‘radi u bir kuni.
T:Chunki yuragim sening yoningda tinchlanadi, — dedi Taehyung.
Bora jilmaydi, yuragining chuqur joyida nimadir iliqlik bilan qimirlay boshladi. Har safar Taehyung kelganda yuragi tezroq ura boshlardi.
Bir kuni kechqurun, yomg‘ir yog‘ayotgan paytda Taehyung Borani soyabon ostiga olib kirdi. Unga qarab sekin dedi:
T: Men seni qayta sevmoqchiman. Yodda emas, yurakda saqlangan sevgi bilan… Menga ruxsat berasanmi?
Bora bir zum jim turdi. So‘ngra asta bosh irg‘adi.
B: Qiziq... Siz bilan bo‘lganimda o‘zimni xavfsiz his qilaman. Garchi hech narsani eslay olmasam ham. Lekin roziman.
Ularning orasida yangi boshlanish boshlandi. Bora Taehyungni qaytadan sevib qoldi — xuddi birinchi marta uchrashgandek, lekin bu safar yuraklari tanib bo‘lgan muhabbat bilan.
Bora qaror qildi — u yuragiga quloq soladi. U endi Taehyung bilan birga bo‘lishni xohlaydi, xotiralari bo‘lmasa ham, yuragidagi ishonch uni yetaklaydi.
Taehyung unga asta-sekinlik bilan hammasini tushuntirdi. Ular nima yashaganini, qanday og‘riqlar o‘tganini aytmadi — faqat hozirgi va kelajak haqida gapirdi. Taehyung uni uyiga olib ketishini aytdi. Bora ko‘zlariga qarab, shunchaki bosh irg‘adi:
Taehyung jilmaydi.
T:Ha, uyga ketamiz.
Taehyungning uyi — qorqinchli ammo muhabbatga to‘la joy
Taehyungning uyi tog‘ etagidagi sokin hududda edi. Atrof daraxtlar bilan o‘ralgan, atrofda qo'riqchilar, hovlisida esa kichik tebranuvchi kursi. U yerga borishganida, Bora chuqur nafas oldi. Yuragida birinchi marta tinchlik his qildi.
B: Men bu joyni… biladigandekman, — dedi u asta.
Taehyung unga qarab jilmaydi.
T:Chunki bu seni yuraging eslab qolgan joy.
Ular yangi hayot boshlashdi. Har kuni bir-birlarini yangidan tanirdilar: birgalikda nonushta, o‘rmon bo‘ylab sayr, musiqaga quloq solish, farzandning ilk tepkilari… Va nihoyat, bir kuni Bora unga qarab dedi:
B: Balki men eslolmasman… lekin seni har kuni yangidan sevib qolyapman.
Taehyung uning qo‘lini ushladi:
T: Shuning o‘zi menga yetarli.
*
Tongning eng sokin paytida Bora hovlidagi kecha buvisini uyidan olib kelgan eski sandiqni ochdi. Ichidan ko‘hna suratlar, chiziqlar bilan to‘la daftarcha va yirtilgan maktub chiqdi. Suratlardagi ikki inson — ona va ota. Ular yonida esa atigi 5-6 yoshli qizcha. Bora suratga uzoq tikildi. Ko‘zlaridan yosh yumaladi.
U xotiralar oqimiga cho‘mib ketdi…
Bora olti yoshida edi. Otasi harbiy, onasi esa hamshira edi. Ular doim safarda bo‘lishardi. Bora ularni sog‘inar, oynaga qarab kutardi. Bir kuni kechqurun uyga qora avtomobil keldi. Ichidan harbiy kiyimdagi odam tushdi. Onasining suratini, soatni va bir juft oyog‘ini bildiruvchi belgi topshirdi. Boraning onasi safarda halok bo‘lgan edi.
Keyin esa bir hafta ichida otasi ham bedarak yo‘qoldi. Rasmiylar "qidiruvda" deb yopiq javob berishdi.
Shundan so‘ng Bora uchun tun boshlangandi. U boshpanasiz qoldi. Uni bolalar uyiga olib ketishdi, lekin u yerda ham urish, tahqir va sovuq xonalar uni qiynardi. Har kecha onasining hidini eslab yig‘lardi.
Bir kechasi bolalar uyidan qochib ketdi. U ko‘chada sovuqda titrab yurdi, och qolib, o‘g‘irlik qilishga majbur bo‘ldi. Shunday kezlarda uni bir keksa ayol — buvisi topib oldi. U avvaldan qidira boshlagandi. O‘sha kundan keyin Bora buvisining qo‘lida katta bo‘ldi.
Bora bu esdaliklarni Taehyungga aytib berdi. U tinmay yig‘ladi. Taehyung esa faqat uni bag‘riga oldi:
T:Endi hech qachon yolg‘iz emassan. Men sen bilanman. Bu dard ortida sening qanday kuchli inson bo‘lganing ko‘rinadi.
Bora unga qarab jilmaydi, ko‘zlaridagi yoshlar ichida:
B:Meni sen topgansan… hayotimni ham sen topgansan.