The last warmth
TUN – BORANING KUZATUV ISHLARI YOZILGAN DAFTARIDAGI SO‘NGGI VARAQ
Daftarda:
“16-noyabr 2021 – Jungkook topshirildi… meni himoya qilgani emas. Meni kuzatgani. Kimga? Nima uchun?”
Bora shubhalanadi: bu ishda faqat Yoongi emas, balki yana kimdir bor. U o‘zining oilasiga doir hech qanday ma’lumot topa olmaydi. Shunda u bolaligidan yodida qolgan bir suratni eslaydi — u suratda otasi qurol ko‘targan holda qora mashina oldida turardi. U buni “harbiy yillari” deb o‘ylagan edi.
Bora eski sandiq ichidan suratni topadi. Ortida bir yozuv:
Daftarda:
“Osiyo ittifoqi – SUGA bo‘limi – 2003-yil.”
U darrov Internetda “SUGA bo‘limi” haqida izlaydi. Hech narsa topa olmaydi. Faqat “Bo‘lim S.U.G.A – xavfli, sirli, xalqaro mafiya tarmog‘i” degan eski maqola ko‘ziga tashlanadi. Bora titraydi.
B: Bu bo‘lishi mumkin emas… Otam?..
U to‘xtamaydi. U S.U.G.A haqida haqiqiy haqiqatni topmoqchi. Keyingi kun u Jungkookni yashirincha kuzatib, uni bir bunker ichiga kirayotganini ko‘radi. U orqasidan boradi.
YER OSTI TUNNELI – YASHIRIN BAZA
Bora yashirincha tunnelga kirib oladi. Ichkaridan uzoq, qorong‘i yo‘laklar orqali yurib, katta xonaga kiradi. Uning yuragi uradi devordagi monitorlarda o‘zining suratlari. Har bir harakati, har bir uchrashuvi yozilgan.
U birdan eshik ochilganini eshitadi. Pinhona yashirinadi.
Yoongi. Va uning yonida – Jungkook.
Y:U hali tayyor emas. U hali hech narsani bilmaydi.
Jk:Lekin u o‘zgaryapti. Men bunday bo‘lishini xohlamagan edim.
Y: O‘zing tanlagansan. Endi kech.
Borapov: “Men kimman?” degan savol uni ezadi. Yuragi o‘rtanadi.
Endi u nafaqat o‘z hayoti, balki o‘z his-tuyg‘ulari, sevgisi haqida ham shubhalanmoqda.
Borapov: “Jungkook meni sevadi deb o‘ylagandim. Balki u shunchaki topshiriq bo‘lgandir. Ammo… nega u har gal menga qaraganda ko‘zlarida og‘riq bor edi?”
*
YER OSTI TUNNELI – YASHIRIN BAZA ORQA XONASI
Bora jon holatda orqaga chekinadi. Yuragi gupillab uradi, har bir so‘z, har bir qadam go‘yoki qulog‘ida portlaydi. U xonadan chiqishga harakat qiladi, lekin birdan eshikka borayotgan paytda devor yonidagi mayda quticha tushib ketadi. Taraq!.
Bora yuragiga bosgan qo‘li bilan devorga yopishadi. Nafasini ushlab turadi. Va tezda yashirinadi.
Y: Jungkook Tashqariga chiqaylik. Bu joy xavfli bo‘lib qoldi.
Y: bolishi mumkin. Izlab ko'ramiz kameradan.
Ular chiqib ketishdi. Bora sekin asta orqaga chekinib chiqib ketadi. Yugurib chiqadi, qorong‘ulik ichida yuragini ushlab, ko‘zlarida yosh bilan.
*
Bora charchagan. Butun kecha uxlamagan. Uning oldida — o‘sha surat, yozuvlar, va yozib borayotgan daftarchasi.
Daftarda:
“Demak… ular meni kuzatishgan. Meni tanlashgan. Lekin nima uchun? Men kimman aslida?”
U endi faqat sirlarni ochish emas, balki o‘z hayotini qayta yozishga majbur. U endi hech kimga ishonmaydi… hatto yuragini o‘g‘irlab ketgan Jungkookka ham.
SHU ORADA – JKNING ICHKI DUNYOSI
Jungkook deraza yonida turibdi. Uning qo‘lida — Boraning bolalikdagi suratlaridan biri.
Jk: Men uni shunchaki topshiriq deb boshlagandim…
Lekin endi… bu hislar meni o‘ldiryapti.
Yoongi kirib keladi, jiddiy.
Y: Juda kech bo‘ldi, Jungkook. U endi orqaga qaytmaydi. Sen unga yuragingni emas, vazifangni bergansan.
Jk:Men vazifamni buzganman, Yoongi.
Chunki men uni… haqiqatdan sevib qoldim.
Y:bunday qilolmaysan. Otam va men mafialigimizni bilsa. U haqiqiy xavf ostida qoladi. Otamning va mening dushmanlarim uni payiga tushadi. Sen uni ximoya qilishing kerak. U bilan tog'ga bor va u bilan ayril men uni tog' etagidan olib ketaman. Unga haqiqatni aytib uni bu yerdan jo'natib yuboraman.
Jk:hop Yoongi lekin men uni baribir yolg'iz qoldirmayman. Uni topib unga uylanaman.
Bora o‘zini himoyalash uchun yangi reja tuzadi. Endi u passiv bo‘lmaydi. U o‘z oilasi, o‘z o‘tmishi, hatto Jungkookning sirlarini ochishga kirishadi. Har bir qadam, har bir hujjat, har bir eski rasmlar – hammasi bir jumboq bo‘laklari.