May 3

The Horror Behind The Smile

7-qism Final‼️‼️

.

****

Bir kuni Bora pochtadan noma’lum jo‘natuvchidan eski konvertda xat oladi. Konvert tashqarisida faqat bitta so‘z yozilgan edi: "Unutma."

Xatni ochib, ichidan chiqqan qog‘ozni o‘qidi:

"Men sening otangman. Men hali ham yashayman. Men seni kuzatyapman. Ammo hozircha yaqinlasholmayman. Chunki bu sen uchun xavfli. Hali vaqti keladi, hammasini tushuntiraman."

Seni doimo sevgan — Otang.

Bora hayratda edi. Bu qanday bo‘lishi mumkin edi? Otasi 15 yil avval yo‘qolgan. Hamma uni o‘lik deb o‘ylagan edi. U xatni Taehyungga ko‘rsatdi. Taehyung jiddiy ohangda dedi:

T: Bu xat hazil emas. Kimdir seni kuzatayapti, Bora.

Shundan keyin Taehyung shundan song Taehyung odamlariga manzilni topishlarini buyurdi. Ular xat jo‘natilgan manzilni aniqladilar. Bu yer chekka hududda joylashgan eski zavod yaqinidagi uy bo‘lib chiqdi.

*****

Taehyung Borani o‘sha manzilga olib bordi. Ular chekka hududdagi yaroqsiz holatdagi eski zavod yonidagi kichik, tashqi ko‘rinishi oddiy bo‘lgan uyga yetib kelishdi. Bora yuragining urishiga zo‘r berib, eshikni ochdi.

Ichkarida devorlarda maxfiy xaritalar, suratlar va yozuvlar bilan to‘ldirilgan xona bor edi. Stol ustida eski suratlar orasida bittasi Boraning bolalikdagi rasmi edi — yonida esa yosh bir erkak... uning otasi.

Shu payt orqa xonadan oyoq tovushlari eshitildi. Taehyung ehtiyot bo‘lib himoya holatiga o‘tdi. Ammo kirgan odam — kul rang kostyumda, yoshi 45-50 lar atrofida, yuzida chuqur izlar bor, ammo ko‘zlari Boranikidek edi.

Boradad: Bora... — dedi u ovozi titrab.

Bora qotib qoldi. Yuzini darhol tanidi. U bu yuzni yillar davomida tushlarida ko‘rgan, eslarkan, yuragi ezilgan.
B:Dada... — dedi u pichirlab.
Boradad: qizim qizalogim seni sogindim.
Deya boraning dadasi bagrini ochdi bora yugurib borib dadasini quchoqlab oldi.

Bora & Boradad

Ular suhbatlashishdi. Otasi — Han Junwoo, Boraga hamma haqiqatni aytib berdi. U maxfiy tashkilotning sobiq a’zosi bo‘lganini, bir paytlar o‘z jamoasida fitna fosh qilganini va oilasi xavf ostida qolgan. Uni “yo‘q qilgan” deb e’lon qilishgan, biroq u yashirinib yashashni tanlaganini aytdi. Faqat qizi ulg‘ayib, mustahkam bo‘lganida, uni izlashga jur’at qilgan.

J: Men seni hech qachon tark etmoqchi bo‘lmagandim, — dedi Junwoo. — Ammo ularning qo‘liga tushsang, na men, na sen tirik qolmasdik.

Bora yig‘ladi. Taehyung esa ularni jim kuzatdi.

Taehyung

Bora dadasi bilan qayta uchrashdi va ular bir birlarini uylariga borib turishd. Boraning otasi Junwoo esa seulga kochib otdi bunda taehyung qaynotasiga uy olib berdi.

:

**

“Oradan besh yil o‘tdi...”

Vaqt hamma jarohatlarni davolay olmasa-da, uni yumshatishga qodir. Oradan besh yil o‘tdi. Bora endi ikki farzandning onasi — bir qiz, bir o‘g‘il. Qizi — Yuna, onasiga o‘xshab sokin va sezgir. O‘g‘li — Jino, otasidek dadil va ko‘zlarida sirli olov porlaydi.

Taehyung qizi Yuna bilan

Taehyung esa endi endi chin ma’noda yashash nima ekanini his qildi. Endi u o‘z o‘tmishidagi qorong‘iliklardan emas, o‘z oilasini yo‘qotishdan qo‘rqardi. Ular tog‘lar bag‘ridagi katta qasrda yashardi — tabiat, osoyishtalik, tinchlik orasida.

Bora esa otasi — Han Junwoo bilan tez-tez uchrashib turardi. Har safar borar ekan, ikki farzandini ham olib borar, Junwoo esa ularni quchoqlab, ko‘zida yosh bilan kutib olardi. U endi yashirmasdi, qochmasdi. Qizi orqali o‘z hayotini qayta tiklagandek bo‘lardi.

“Hayot davom etadi...”

Bir kuni quyoshli kunlardan birida, Bora va Taehyung bolalari bilan bog‘da o‘ynab yurganida, Bora to‘xtadi. Osmonga qarab kulimsiradi. Yuragida iliqlik bor edi. Uning boshidan o‘tgan voqealar — qotillik, arvohlar, iztiroblar... bular endi xotira edi. Og‘riqli, ammo uni kuchli qilgan xotiralar.

Taehyung yoniga kelib, uni quchdi.
T: Biz yashayapmiz, Bora. Biz qiyinchiliklarmi yengib o'tdik. Bu — eng katta g‘alaba, — dedi u.

Bora esa pichirladi:
B: Ha, endi biz haqiqatan ham yashayapmiz. Endi qorong‘ilik orqamizda qoldi. Seni sevaman Tae.... Men oxirgi nafasimgacha seni sevaman. Va.... Seni ko'rgan kunimni hech qachon unutmayman.
T:men ham seni sevaman Bora. Zulmat bosgan hayotimni Jannatga aylantrganing uchun rahmat.

**

qushlar chiyillab uchadi. Quyosh botib borar, ammo ularning hayotida endi nur ko‘proq edi.

THE END.


7-qism tugadi. Bu ffni yozganimda ham men bilan bo'lganingizdan minnatdorman "silversouls" larim. Yana yangi ff yozib tez tugatishga vada beraman