“Kitob mening do‘stim” ko‘rik tanlovi shartlari:
1-shart: “Bilimdon kitobxon” sharti (test shaklida)
Tanlov ishtirokchilari o‘rtasida test (30 ta savoldan iborat) o‘tkaziladi. 1 ta savol 0,5 ball bilan baholanadi va jami 15 ball to‘planadi. Testlar badiiy adabiyotlardan, adib, yozuvchi shoir va ijodkorlaming hayoti va ijodidan tuziladi.
2-shart: “Annotatsiya mahorati” sharti
Tanlov ishtirokchisi tomonidan “Men yoqtirgan asar” nomi ostida o‘zi sevib o‘qigan asar bo‘yicha qisqacha ma’lumotlar - annotatsiya beriladi. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarning “Asarga tayyorlangan annotatsiya”sini baholashda ishtirokchini asarni o‘qiganligini tekshiradi hamda mohiyatini to‘g‘ri tushungani va ifoda etib bera olish qobiliyatiga qarab 20 ballik tizimda quyidagi tartibda baholanadi:
- annotatsiya yozishdagi savodxonligi - 5 ball;
- annotatsiyani yozishda asarning yetakchi g‘oyasi va mazmunining to‘liq qamrab olinganligi - 5 ball;
- kitobxon tomonidan asarga munosabatning (tanqidiy yoki ijobiy) qiziqarli va
jozibador tarzda bildirilganligi - 5 ball;
- annotatsiya matnida fikmi ifodalash uslubi, umuminsoniy g‘oyalar bildirilganligi,
- badiiy obrazlaming real hayot bilan bog‘liq ibratli tomonlari ochib berilgani - 5 ball.
Bunda, ishtirokchi tomonidan yozilgan annotatsiya matni Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan jamoaviy tarzda ko‘rib chiqilib, birgalikda xulosa qilgan holda, yagona baho (20 ball) qo‘yiladi.
3-shart: “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” sharti
Bunda, ishtirokchi tomonidan kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish jarayoni amalga oshiriladi. “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” shartida ishtirokchi tomonidan o‘zi sevib o‘qigan asari kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish jarayoni Hakamlar hay’ati oldida amalga oshiriladi: Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchining kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish usuli hamda ushbu jarayonda tinglovchini ishontira olish qobiliyati 15 ballik tizimda quyidagi tartibda baholanadi:
- kitobxonlik va mutolaa madaniyatini targ‘ib etish borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ibratli ishlar va bu borada aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida erishilayotgan ijobiy natijalar yuzasidan fikr-mulohazalar mavjudligi - 5 ball;
- targ‘ibot jarayonida ishtirokchi tomonidan o‘zi o‘qigan asarlaming kuchli va ta'sirchan tomonlarini ochib berishi hamda ushbu asarlardan olgan taassurotlarining o‘z hayot yo‘lida tutgan o‘miga ahamiyat qaratishi - 5 ball;
- kitob o‘qishning ijobiy natijalari yuzasidan o‘zi tomonidan bildirilayotgan fikrlami aniq ma’lumotlar va ishonchli asoslar bilan yetkazish orqali tinglovchini ishontira olish qobiliyati - 5 ball.
Bunda, Hakamlar hay’atining har bir a’zosi o‘zining bahosini namoyishkorona e’lon qiladi va asoslab beradi. Barcha a’zolaming qo‘ygan ballari umumlashtirilib, Hakamlar hay’atining umumiy soniga bo‘lingan holda o‘rtacha baho chiqariladi.
Yakuniy baho - tanlovning uchta sharti natijalari bo‘yicha ishtirokchilarning to‘plagan ballarini qo‘shish (15+20+15=50 ball) natijasi asosida aniqlanadi.