Enemies to lovers 4-qism
Jay bir necha soniya qotib turdi. Nigohi avval Seoringa, keyin uning qo‘lidan ushlab o‘tirgan Jiminga o‘tdi. Seorin ichida noqulaylik sezib, qo‘lini tortib olmoqchi bo‘ldi. Ammo Jimin aksincha, uning qo‘lini mahkamroq ushladi. Go‘yo ataylab.
Jay asta ularning oldiga keldi.
Jayning nigohi Jimin tomonga o‘tdi.
— Demak… sizlar tanish ekansizlar.
Havo birdan taranglashib ketdi. Jay asta Seoringa qaradi.
— Men senga bir necha kundan beri qo‘ng‘iroq qilyapman. Lekin javob bermading.
Seorin nima deyishni bilmay jim qoldi. Shu payt Jimin sokin ovozda gap boshladi:
Jimin stulga suyanib, bevosita unga qaradi.
— Men Seorinni sevaman. U ham meni sevadi. Uchinchi odam bo'lib oraga tiqilma.
Bu gap stol ustiga og‘ir tushgandek bo‘ldi. Seorin yuragi tez urib Jimin tomonga qaradi. Jay esa bir necha soniya indamay qoldi.
Jay indamay ortiga ketmoqchi bo'ldi, ammo bir necha qadam yurib, yana to‘xtadi. So‘ng ortiga o‘girilib, Seoringa qaradi. Ko‘zlarida alam bor edi, lekin g‘azab yo‘q edi.
— Men otamga tushuntiraman. Seoringa uylanmayman deb aytaman.
Qiz bir necha soniya nima deyishni bilmay qoldi.
— Lekin sen sababligingni aytmayman, Jimin. Keraksiz urush chiqishini xohlamayman.
Bu gapni aytayotganda u hali eng katta urush allaqachon boshlanganini bilmasdi. Chunki ularning otalari eng katta dushman edi, Seorin va Jimin allaqachon nikohdan o‘tishgandi. Jay asta jilmayishga urindi.
So‘ng u sekin ortiga o‘girilib ketdi. Seorin uning ortidan qarab qoldi.
— O‘zimni yomon his qilyapman…bir tarafdan unga achindim...
Jimin qo‘lini uning qo‘li ustiga qo‘ydi.
— Baribir og‘ir narsa bu. Menimcha u uchun.
Jimin unga yaqinlashib, past ovozda dedi:
— Hozir boshqa birovni emas, o‘zingni o‘yla.Chunki endi sen menga tegishlisan.
Kechqurun Seorin uyga qaytganda, uy ichi odatdagidan ham sovuq tuyuldi. U endi zinadan yuqoriga chiqmoqchi bo‘lganda, mehmonxonadan otasining qattiq ovozi eshitildi.
Qiz to‘xtadi. Otasi divanda o‘tirgancha unga sovuq tikilib turardi..Qo‘lida telefon.
Yuzidagi jiddiylik esa yaxshi narsadan darak bermasdi.
— Bu nima degan gap? Jay to‘yni qaytaribdi.
Qizning yuragi bir urishga to‘xtagandek bo‘ldi.
Janob Kimning jahli aniq bilinardi.
— Men… unga turmushga chiqishni xohlamasligimni aytdim.
Seorin bir zum ikkilanib qoldi.
Otasi unga uzoq tikilib turdi. Go‘yo yolg‘on gapirayotganini sezayotgandek.
— Jay senga o‘xshab hissiyot bilan qaror qiladigan bola emas. Demak bu yerda boshqa odam bor.
Seorinning yuragi tez urib ketdi. Ammo u o‘zini bosishga urindi.
— Meni ahmoq deb o‘ylama. Kim u?
Seorin havob bera olmadi. Bir necha soniya sukutdan so‘ng pastroq ovozda gapirdi:
Seorin hayron bo‘lib unga qaradi.
— Agar yaxshi, obro‘li oila bo‘lsa… seni o‘sha yigitga beraman.
— Lekin bitta shart bilan. Sovchilarini yuborsin.
Seorin hanuz hayajondan o‘ziga kelolmayotgandi. Eng g‘alati tomoni esa Minho Jiminni umuman tanimasdi. U hatto Jiminning Park Sunghoning o‘g‘li ekanini ham bilmasdi. Bu esa hozircha ular uchun yagona omad edi.
Seorin o‘zini zo‘rg‘a bosib, otasiga sekin bosh irg‘adi.
Otasi esa sovuq ohangda qo‘shib qo‘ydi:
— Faqat meni uyaltiradigan odam bo‘lmasin.
Seorin indamay bosh irg‘ab, tezda xonasiga chiqib ketdi. Eshik yopilishi bilan u chuqur nafas chiqardi.
Keyin darrov telefonini oldi. Qo‘llari hayajondan biroz titrardi. Jiminga qo‘ng‘iroq qilishi bilan u deyarli birinchi gudokdayoq javob berdi.
Qiz krovatiga o‘tirib, hayajon bilan dedi:
— Agar obro‘li oila bo‘lsa, sovchi yuborsin dedi.
— Demak meni rasman kuyov qilishmoqchi.
— Mendan yaxshiroq kuyovni va obro'li oilani qayerdan topadi yana?
Jiminning ovozi sekinroq chiqdi:
— Hali dadajonim bilantanishib olamiz.
Kechki payt Jimin nihoyat oilasining asosiy uyiga qaytdi. Katta mehmonxona odatdagidek jim va dabdabali edi. Devorlarda qimmat rasmlar, uzun stol ustida esa hali sovimagan choy turardi. Park Sungho hujjatlarni ko‘zdan kechirayotgan edi.
Jimin kirishi bilan boshini ko‘tardi.
— Kayfiyating juda yaxshi ko‘rinadi.
Jimin divanga o‘tirib, bemalol javob berdi:
— Chunki sizga aytadigan gapim bor.
Otasi asta hujjatni stolga qo‘ydi.
Bu safar Jimin yanada aniq takrorladi. Park Sungho bir necha soniya unga tikilib qoldi. So‘ng birdan kulib yubordi.
— Klubdan nari kelmaydigan, qizlarni bir o'yinchoqdek ko'radigan odam uylanmoqchimi?
Otasi unga diqqat bilan qaradi. Jiminning yuzidagi jiddiylik hazil emasligini ko‘rsatib turardi.
— Kim u qiz? Bizni quloqsiz o'g'limizni yuragini o'g'rilagan?
Jimin sekin suyandi. Ko‘z oldiga darrov Seorinning jahldor yuzi keldi. Va beixtiyor kulimsiradi.
— Juda chiroyli. Juda qaysar. Va meni aqldan ozdiradi.
Bu javob otasini ham bir oz hayratda qoldirdi.Chunki Park Jimin ilk marta bir qiz haqida bunchalik jiddiy gapirayotgandi.
— Hali bilmayman. Oilasini menga nima qizig'i bor. Muhimi qizning o'zi.
— Biz uchun muhim. Har holda otasini tanirsan.
— Rozi bo'lmay qayoqqa ham borardim.
— Men u bilan kelajagimni ko‘ryapman, dadajon. Farzandlarimiz, hatto nabiralarimiz...
— Voy qitmir bola. Nabirakar deysanmi? Hali uylanmasdan buni rejalari talaygina.
— Demak… onam bilan sovchilikka borasizmi?
Otasi beixtiyor kulib yubordi.
— Kim ekan o‘zi bu qiz? Seni tamoman o‘zgartirib yuboribdi-ku.
Shu payt zinadan Han Yura tushib kelardi.
— Nimalar haqida gaplashyapsizlar?
Jimin onasiga qarab kulimsiradi.