The caged rose 1-qism
Hashamatli devorlar, osmon qadar baland ustunlar — Jeonlar qasri dunyodagi eng hashamatli maskanlardan biri edi. Oqartoshdan bunyod etilgan saroy quyosh nurlarida oltindek tovlanar, uning bog‘laridagi favvoralar kecha-kunduz shovullab oqar edi.
Ammo bu go‘zallik ortida sovuq bir haqiqat yashardi. Qasrning eng yuqori qavatida shahzoda Jungkook istiqomat qilardi. Uni butun qirollik "Toshbag‘ir shahzoda" deb atardi. Sababi oddiy edi — hech kim uning yuzida samimiy tabassumni ko‘rmagan, hech kim undan iliq so‘z eshitmagan edi.
Xizmatchilar uning qadam tovushini eshitsalar boshlarini egib, yo‘lidan chetga chiqishardi. Askarlar ham uning qarashidan cho‘chishardi. Jungkook esa bunga parvo qilmasdi.
Jungkook balkon panjarasiga suyanib, qasr bog‘larini kuzatardi. Havo bulutli edi. Bir necha soniyadan so‘ng osmondan yirik yomg‘ir tomchilari tusha boshladi.
Bog‘dagi xizmatkorlar shosha-pisha ichkariga yugurishdi.
Ammo bir inson qochmadi.
Jungkookning nigohi qasrning uzoqroq qismida turgan qizga tushdi.
Qiz yomg‘ir ostida kulib turardi. Go‘yo osmondan suv emas, baxt yog‘ayotgandek edi. U qo‘llarini keng yoyib, yuzini osmonga qaratdi. Shamol uning uzun sochlarini hilpiratar, u esa bundan zavqlanayotgandi.
U odamlarning quvonishini tushunmasdi. Ayniqsa, hech qanday sababsiz quvonishni.
— U kim? — deb so‘radi yonida turgan xizmatkordan.
Xizmatkor derazadan pastga qaradi.
— Hazratim, u qasr oshpazi Kim janobning qizi. Ismi Elena.
Jungkook qoshini chimirdi. U shunchaki jim turolmasdi.
Yomg‘ir tomchilari qasr bog‘lariga shiddat bilan urilardi. Barcha xizmatkorlar allaqachon ichkariga kirib bo‘lgan, ammo Elena hali ham bog‘ning o‘rtasida turardi. U qo‘llarini osmonga cho‘zib, ko‘zlarini yumgancha yomg‘irdan zavqlanardi.
Shu payt uning ortidan qadam tovushlari eshitildi. Elena ortiga o‘girildi. Qora palto yelkasiga tashlangan, yuzida odatdagi sovuq ifoda bilan shahzoda Jungkook unga yaqinlashib kelardi.
Jungkook uning qarshisida to‘xtadi va bir muddat indamay tikilib turdi.
Ovozida zarracha ham muloyimlik yo‘q edi.
— Men... shunchaki yomg‘irni yoqtiraman.
— Shuning uchun ahmoqlardek yomg‘ir ostida turibsanmi?
— Menimcha, buning ahmoqlik joyi yo‘q.
Jungkook atrofga bir qarab chiqdi.
— Hamma ichkariga kirgan. Faqat sen bu yerda bekor turibsan.
— Bekor emas. Men zavq olyapman.
Shahzoda istehzoli kulib qo‘ydi.
Jungkook qizning javoblaridan mamnun emasdi. Odatda hech kim unga bunday bemalol gapirmasdi.
— Sen oshpazning qizisan, shundaymi?
— Unda oshxonada bo‘lishing kerak. Bu yerda emas.
— Kasal bo‘lib qolsang, qasr tabiblarini bekorga ovora qilma.
Shu gapni aytib, u ortiga burildi.
Go‘yo suhbat tugagandek. Elena esa uning ortidan qarab qoldi.
— Siz ham bir marta yomg‘irdan zavqlanib ko‘ring.
Jungkook to‘xtadi. Ammo ortiga qaramadi.
— Vaqtimni behuda narsalarga sarflamayman.
Shunday deb qasr tomon yurib ketdi. Elena esa uning uzoqlashayotgan qomatiga qarab kulib qo‘ydi.
Elena yugurgancha oshxonaga qaytdi. Sochlaridan hali ham suv tomchilab turardi.
— Elena! — otasi uni ko‘rib bosh chayqadi. — Yana yomg‘irda yuribsanmi?
— Bir kuni shu odating boshingga balo bo‘ladi.
Elena kulib qo‘ydi va otasiga kechki ovqat tayyorlashda yordam bera boshladi. Ammo qasrning boshqa tomonida, eng yuqori qavatdagi xonada shahzoda Jungkook deraza yonida turardi.
Uning xayolidan yomg‘ir ostida kulib turgan qizning surati ketmayotgandi. Bu esa uning g‘ashiga tegardi. Odamlar uni ko‘rishi bilan titrashardi. Hatto vazirlar ham gaplarini ehtiyotkorlik bilan tanlashardi. Ammo Elena uning ko‘zlarida qo‘rquvning izi ham yo‘q edi. Go‘yo u shahzoda bilan emas, oddiy bir yigit bilan gaplashgandek.
— G‘alati qiz... — deb pichirladi Jungkook.
Xizmatkor bosh egib ichkariga kirdi.
— Kechki ovqatni bugun boshqa xizmatkor emas, oshpazning qizi olib kelsin.
Xizmatkor hayratini yashirishga urindi.
— Men boshqa oshpazning qizini nazarda tutdim deb o‘ylaysanmi?
Xizmatkor chiqib ketdi. Jungkook esa o‘ziga ham tushunarsiz bo‘lgan hissiyotdan qutula olmay qoldi.
Bir necha daqiqadan so‘ng xizmatkor oshxonaga kirib keldi.
— Elena, shahzodaning buyrug‘i bor.
— Kechki ovqatni bugun siz uning xonasiga olib chiqasiz.
Oshxonadagilar birdan jim bo‘lib qolishdi. Elena esa hayrat bilan ko‘zlarini kattalashtirdi.
— Buni faqat shahzodaning o‘zi biladi.
Otasi xavotir bilan qiziga qaradi.
— Ehtiyot bo‘l, Elena. Shahzodaning fe'li og‘ir.
— Havotir olmang, ota. Men shunchaki ovqatni berib qaytaman.
Elena ehtiyotkorlik bilan patnisni ko‘tarib, qasrning eng yuqori qavatiga chiqdi. Uzun yo‘laklar, oltin bezakli devorlar va baland eshiklar uning yuragini biroz siqardi. Nihoyat, shahzodaning xonasi oldiga yetib keldi. U sekin eshikni taqillatdi.
Sovuq ovoz ichkaridan yangradi. Elena eshikni ochib kirar ekan, ko‘zlari beixtiyor xona bo‘ylab yugurdi. Xona ham qasrning qolgan qismi kabi hashamatli edi, ammo negadir juda sovuq tuyulardi. Jungkook deraza yonida turardi.
Elena patnisni stol ustiga qo‘ydi. Odatda shu yerda ta'zim qilib chiqib ketishi kerak edi. Ammo Jungkook uni to‘xtatdi.
Elena ortiga o‘girildi. Shahzoda unga diqqat bilan tikilib turardi.
Jungkook qo‘llarini orqasiga qilib unga yaqinroq keldi.
Ammo u ketishiga ham ruxsat bermadi.
— Yo‘q. Men qishloqda tug‘ilganman. Keyin otam shu yerga ishga kelgan.
Elena shahzodaning javobini kutib turardi. Xonani yangi pishgan go‘sht va ziravorlarning yoqimli hidi tutgan edi. Jungkook stolga bir qarab qo‘ydi-da, beparvo ohangda dedi:
— Bugun ishtaham yo‘q. Olib kelgan ovqatingni tashlab yubor.
Elena hayratdan ko‘zlarini kattalashtirdi.
— Albatta bor. Shuncha mehnat uvol bo‘ladi-ku.
Shahzoda bir lahza jim qoldi. Hech kim unga bunday ohangda gapirishga jur'at etmasdi.
— Chunki otam bu taomlarni tayyorlash uchun yarim kun mehnat qildi.
Jungkook qo‘llarini ko‘ksiga chalishtirdi.
— Ovqatni tashlab yuborishni istamasang, o‘zing ye.
Elena uning hazillashayotganini o‘yladi. Ammo Jungkookning yuzida hazildan asar ham yo‘q edi.
— Men bir gapni ikki marta aytishni yoqtirmayman.
U tortinib ham o‘tirmadi. Stol yonidagi kursiga o‘tirib, likopchaga taomdan solib oldi. Jungkook esa deraza yonida turib uni kuzatardi. Qiz esa go‘yo shahzodaning xonasida emas, o‘z uyidagi oshxonada o‘tirgandek bemalol edi.
— Juda mazali chiqibdi, — dedi Elena bir luqma yegach. — Otamning qo‘li gul. Sizga yoqmaydimi?
Shu gapni aytib, Elena yana ovqatlanishda davom etdi. Jungkook hayratini yashirmasdi. Bu qiz rostdan ham g‘alati edi. Uning oldida xizmatkorlar gapirishga ham qo‘rqishardi. Elena esa bemalol ovqatlanib, taom haqida fikr bildirayotgandi.
Bir necha daqiqadan so‘ng Elena likopchani chetga surdi.
Jungkook beixtiyor unga qarab qoldi. Elena esa kulib yubordi. Shahzoda tushunmayotgan edi.
Qanday qilib oddiy oshpazning qizi uning oldida bu qadar erkin bo‘la olishi mumkin?
Kunlar bir-birini quvib o‘tardi.
Jungkook va Elena ba'zan qasr yo‘laklarida uchrashib qolishar, ba'zan esa kechki ovqat payti qisqa suhbatlashishardi. Shahzoda hanuz sovuq edi, ammo Elena bunga allaqachon ko‘nikib bo‘lgandi.
Bugun esa saroyda katta bal tashkil etilgandi. Qirollikning eng nufuzli oilalari, zodagonlar va mehmonlar qasrga yig‘ilishardi.
Kech tushishidan oldin Elena xonasida tayyorlanayotgan edi. Eshik asta taqilladi.
Ichkariga Janob Kim kirdi. Uning qo‘lida kichkina yog‘och quticha bor edi.
Janob Kim qutichani qiziga uzatdi.
— Qizim... men senga zodagonlarning qizlaridek qimmatbaho taqinchoqlar bera olmayman.
Quticha ochildi. Ichida kumush rangli, markaziga g‘alati naqsh tushirilgan qadimiy marjon yotardi.
Elena uni ko‘rib bir zum jim qoldi.
— Seni topib olganimizda bo‘yningda shu bor edi. Men uni yillar davomida saqladim. Endi menimcha o'zingga topshirish vaqti keldi.
Elena marjonni kaftiga oldi. U bu haqda bilardi. Aslida u Janob Kimning haqiqiy qizi emas edi. Uni go‘dakligida o‘rmon chetidan topib olishgan. Kimlar oilasi esa uni o‘z farzandidek tarbiyalagan. Ammo bu sirni deyarli hech kim bilmasdi.
Elena marjonni bo‘yniga taqdi.
Bal boshlanganida qasr chiroqlar nuriga burkandi. Musiqa sadolari zal bo‘ylab taralardi.
Elena esa odamlar orasiga tushishni istamadi. O‘zi tikkan och moviy ko‘ylagini kiyib, balkonlardan biriga chiqdi. Pastda raqs tushayotgan zodagonlarni tomosha qilar ekan, beixtiyor kulib qo‘ydi.
Shu payt ortidan qadam tovushi eshitildi. Elena ortiga o‘girilishga ulgurmay, kimdir uning bilagidan mahkam ushlab tortdi. Qizning nafasi ichiga tushib ketdi. Bir lahzada u balkonning ustunlari orasidagi soyaga tortildi.
Elena qarshisidagi odamga qaradi. Bu Jungkook edi. Qora tantanali kiyimda u odatdagidan ham jiddiy ko‘rinardi. Uning nigohi bir lahza uning bo'ynidagi marjonga tushdi. Jungkookning qo‘li hanuz Elenaning bilagida edi.
— Bu marjon... Qayerdan olding?
Jungkookning nigohi keskinlashdi.
— Bu marjonni senga kim berganini so‘rayapman.
— Men bolaligimdan beri shu marjonning egasiman.
Jungkook marjondan ko‘z uzmadi. Chunki u bu naqshni avval ham ko‘rgan edi. Juda ko‘p yillar oldin.