May 29

Taqdir o'yini 3-qism

Ella nonvoyxonada ishlay boshlaganiga bir necha oy bo‘lgandi.

Ish og‘ir edi, lekin u shikoyat qilmasdi. Ertalabdan issiq pech yonida turish, buyurtmalarni tayyorlash, mijozlarga jilmayish, bularning hammasi hech bo‘lmasa uning fikrini og‘riqlardan chalg‘itardi.

Nonvoyxona egalari ham asta-sekin Ellaga o‘rganib qolishdi. Ular uning juda muloyim va mehnatkash qiz ekanini ko‘rishardi.

Homiladorligi og'irlashib borayotgan bo‘lsa ham, Ella ishlashda davom etdi. Chunki to‘xtashga haqqi yo‘qdek tuyulardi. Endi u yolg‘iz emasdi.

Bir sovuq kechada ish tugagach, Ella sekin ko‘cha bo‘ylab uyiga qaytayotgandi. London chiroqlari yomg‘irdan keyin nam asfaltga aks tushardi.

Qiz charchagan edi. Lekin qo‘lini qorniga qo‘ygan zahoti yuzida mayin tabassum paydo bo‘ldi.

— Bugun juda ko‘p tepinding... shumtaka, — dedi u sekin kulib.

Ko‘chada undan boshqa hech kim yo‘q edi. Ella asta yurishda davom etdi.

— Bilasanmi... men hali ham qo‘rqaman. Huddi qandaydir kulfat paydo bo'ladigandek. Lekin sen borliging uchun yashashga harakat qilyapman. Senga yaxshi ona bo‘la olamanmi bilmayman... ammo seni hech qachon tashlab ketmayman.

Oylar asta-sekin o‘tib ketdi.

Ellaning hayoti qiyin bo‘lsa ham, endi unda yashash uchun sabab bor edi. Har tong uyg‘onganida qornini ushlab jilmayardi. Chunki ichida uning eng suyukli odami ulg‘ayayotgandi.

Nihoyat o‘sha kun keldi. Tashqarida yomg‘ir yog‘ayotgan tun edi. Ella kuchli og‘riq bilan kasalxonaga olib ketildi. Oqartirilgan xona, shifokorlarning shoshqin tovushlari va yuragini titratayotgan qo‘rquv... hammasi bir-biriga aralashib ketgandi.

Ella hech qachon bu qadar yolg‘iz bo‘lmagan edi. Yonida na otasi bor edi, na uni qo‘lidan ushlab turadigan inson. Ammo u baribir chidardi. Bir necha soatdan keyin esa xona ichida chaqaloq yig‘isi yangradi.

— Tabriklaymiz. O‘g‘il farzand.

Ellaning ko‘zlariga yosh to‘ldi. Shifokor kichkina chaqaloqni uning qo‘liga berganida, qizning butun dunyosi o‘zgargandek bo‘ldi. Juda kichkina. Juda iliq. Ella titroq qo‘llari bilan uni bag‘riga bosdi.

— Salom... — dedi u yig‘lab kularkan.

Chaqaloq asta ko‘zlarini ochdi. Va Ella shu lahzada bitta narsani aniq his qildi:
u endi hech qachon taslim bo‘lolmaydi.

Qiz peshonasini chaqaloqning boshchasiga tekkizdi.

Ella

Ella chaqaloqni bag‘riga bosgancha uzoq jim qoldi. Kasalxona xonasidagi oq yorug‘lik ham unga juda begona, juda sokin tuyulardi. Kichkina o‘g‘il esa uning qo‘llarida tinch nafas olardi.

Ella sekin kuldi, ko‘zlaridan yosh oqib tushdi.

— Endi senga ism topishim kerak... — dedi u past ovozda.

U barmoqlari bilan chaqaloqning mayin qo‘lchasini ushlab ko‘rdi. Go‘yo dunyodagi eng muhim qarorni qabul qilayotgandek ehtiyotkor edi.

— Senga... Adrian deb qo‘ysamchi?

U ismni yana bir bor pichirlab takrorladi.

— Adrian...

Chaqaloq mayin qimirlab qo‘ydi, go‘yo javob bergandek. Ella tabassum qildi.

— Ha... endi sen Adrian-san.

Besh yil o‘tib ketdi. Ella hali ham Londonda yashardi. Hayoti tartibga tushgandek edi: kichik uy, doimiy ish, va eng muhimi — o‘g‘li.

Adrian endi besh yoshli, ko‘zlari yorqin, juda qiziquvchan bola bo‘lib ulg‘aygandi. U doim onasining atrofida yurardi, savollar berardi, kulardi. Ella uchun u hamma og‘riqlarining yagona davosi edi.

Lekin vaqt o‘tgan sayin Ella ichida boshqa bir tuyg‘u ham kuchayib borardi. Vatan sog‘inchi. Ba’zan kechalari u deraza yonida uzoq turib qolardi. Yomg‘irli London ko‘chalari unga begona emasdi, lekin yuragidagi bo‘shliq baribir to‘lmasdi.

— Onajon, nega yig‘layapsiz?
- deb so‘rardi Adrian kichkina ovozida.

Ella darrov tabassum qilardi.

— Men yig‘lamayapman, bolajonim.

Ammo aslida u ko‘p narsani ichiga yutardi. Otasi haqida ham, o‘sha eski uy haqida ham, hatto o‘zi qochib kelgan hayot haqida ham.

Bir kuni ish tugagach, Ella o‘g‘lini bag‘riga olib parkdan qaytayotgandi. Adrian muzqaymoq yeb, xursand kulardi.

— Onajon, biz qachon buvimni ko‘ramiz? — dedi u birdan.

Ella bir lahza to‘xtadi. Ko‘zlari uzoqqa qadaldi.

— Balki... bir kun, — dedi u sekin.

Lekin ichida bitta savol jim turardi:

Men qayta borishga jur’at qilamanmi?

— Oyi, mening ham dadam bormi? Ularni ham ko'ramizmi?

Bu savol Ellaga hanjardek sanchildi. Chunki javob bera olmasdi, javobini o'zi ham bilmasdi.

Ella uzoq o‘ylanib yurdi. Har safar London ko‘chalariga qaraganda yuragida og‘riq kuchayar, lekin bir payt kelib u qaror qildi. U vatanga qaytadi.
Chiptani qo‘lga olgan kuni qo‘llari biroz titradi. Bu oddiy safar emasdi , bu o‘tmishga qaytish edi. U ko‘p narsani ortda qoldirgan, ko‘p narsadan qochgan edi.

Adrian esa bu safar nima bo‘layotganini to‘liq tushunmasa ham, onasining hayajonini sezdi.

— Onajon, biz qayerga ketyapmiz? — dedi u chamadon yonida o‘tirib.

Ella uni bag‘riga oldi, biroz sukutdan so‘ng jilmaydi.

— Uzoq joyga, bolajonim.

Samolyotga chiqish kuni Adrian derazadan tashqariga qarab hayratlandi.

— Onajon... biz dadamni ko‘ramizmi?

Bu savol Ella yuragini siqib yubordi. U bir lahza jim qoldi.

— Yo‘q, bolam... Biz hozir faqat yangi hayot boshlaymiz. Faqat sen va men.

Adrian tushunmagandek boshini egdi, lekin onasini mahkam ushlab oldi.

Samolyot havoga ko‘tarilganida Ella derazadan pastga qaradi. London asta-sekin kichrayib borardi. Endi u orqaga qaytmaslikni istardi. Lekin u bilmasdi — o‘tmish uni allaqachon kutib turganini.

Ella South Koreaga qaytgach, hayot yana qiyinlashdi.

Yonidagi pul uzoqqa yetmasdi. Mehmonxonada uzoq qolishning iloji yo‘q edi. Eng yomoni esa — u endi yolg‘iz emasdi.

Adrianni bir o‘zi tashlab ishlashga jur’at qilolmasdi. Kafelar va restoranlarda smena uzoq davom etardi. Ba’zida tun yarimigacha ishlash kerak bo‘lardi. Ella esa o‘g‘lini begonalar qo‘liga topshirishni xohlamadi. Bu yerda tanishlari yo'q edi.

Bir necha kun davomida u telefonidan ish qidirdi. Arzon ijaralar, yarim stavkali ishlar... lekin hech biri unga mos emasdi.

Kechqurun Adrian uning yonida uxlab qolganida, Ella yana e’lonlarni varaqlay boshladi.
Va birdan ko‘zi bitta e’londa to‘xtadi.

"Uy xizmatchisi kerak.
Yashash joyi va ovqat ta’minlanadi. Bola bilan kelish mumkin."

Ella bir necha soniya ekranga tikilib qoldi. Bu juda yaxshi taklif edi. Uning boshqa tanlovi yo‘q edi.

E’lon ostida faqat manzil va qisqa yozuv bor edi:

“Intizomli va jim ishlaydigan inson kerak.”

Ella chuqur nafas oldi. So‘ng sekin telefonni mahkam ushladi.

— Balki bu biz uchun imkoniyatdir...

U uxlayotgan Adrianga qaradi.
Va ertasi kuni ko‘rsatilgan manzil tomon yo‘l oldi.

Ella manzilga yetib kelganida qadami sekinlashib qoldi. Darvozaning o‘ziyoq oddiy uy emasligini ko‘rsatardi. Baland qora panjaralar, tartibli bog‘ va hashamatli hovli go‘yo film sahnasidek edi.

Adrian esa onasining qo‘lidan ushlab atrofga hayrat bilan qarardi.

— Onajon... bu yerda shahzoda yashaydimi? — dedi u sekin.

Ella beixtiyor kulib yubordi.

— Bilmayman, bolajonim.

Ichkariga kirganida esa u yanada hayratlandi. Oqartirilgan keng zal, qimmat mebellar va jimjitlik butun uyni sovuq ko‘rsatardi. Xizmatkor ayol ularga qisqa qarab qo‘ydi.

— Siz e'lon bo'yicha keldingiz shundaymi? Uy egasi bilan gaplashasiz. Ular yuqorida.

Ella

Ella bosh irg‘adi. Yuragi biroz tez urardi. Bir necha daqiqadan keyin uni yuqori qavatdagi kabinetga olib chiqishdi. Eshik ochildi. Stol yonida qora kiyimdagi erkak hujjatlarni ko‘rib o‘tirardi. Ella uni ko‘rgan zahoti yuragida g‘alati hissiyot paydo bo‘ldi. Go‘yo qayerdadir ko‘rgandek... lekin aniq eslolmadi. Oradan besh yil o‘tgan, ustiga-ustak o‘sha tun uning xotirasida xira parchalar bo‘lib qolgan edi. Jimin ham boshini ko‘tarib unga qaradi.
Bir necha soniya jimlik cho‘kdi. Negadir bu ayolning ko‘zlari unga tanish tuyuldi.

Jimin

Lekin u ham hech narsani aniq eslolmadi. Adrian esa onasining ortidan mo‘ralab turardi.

Jiminning nigohi bolaga tushdi.

— Bu sizning o‘g‘lingizmi? — dedi u sokin ovozda.

— Ha. Uni yolg‘iz qoldirolmayman. Shu sababli...

Jimin bir necha soniya Adrianga tikilib qoldi. Bola ham qo‘rqmasdan unga qarab turardi.

— Isming nima?

— Adrian.

— Kimning farzandisan?

— Onamni.

Adrianning bu havobi hatto Jiminni biroz lol woldirdi. U sekin bosh irg‘adi. So‘ng yana Ellaga qaradi.

— Oldin uy xizmatchisi bo‘lib ishlagansizmi?

— Yo‘q... lekin tez o‘rganaman.