Jannat guli 3-qism
Suna og'riqdan faqat jim yig'lardi. Go'yo hech kim eshitmasdi uni. Mari atayna hech kim bilmasligi ko'rmasligi uchun uni ko'rinmaydigan joylariga urdi, hatto ko'kartirib yuborgandi.
— Battar bo'l, iflos. Sen bundan ko'piga loyiqsan!
Mari va onasi shunday deb honadan chiqib ketdi. Suna ayiqchasini qattiq quchib yig'lab yotardi..
Ertansi kun Suna kech uyg'ondi. Chunki tuni bilan uhlamagandi. Kechka yaqin Jeonlar honadonidan qora mashina kelib uy oldiga to'xtadi. Ichidan bir qorovul tushdi va bugungi uchrashuv haqida janob Kimni ogohlantirdi.
Janob Kim bosh siltab Sunani honasiga kirdi. Eshikni sekin taqillatdi.
— Qizim, bugun janob Jungkook bikan uchrashuvga chiqishing kerak.
Suna yo'q degancha bosh siltadi. Chunki u uchrashuvga boradigan kayfiyatda emasdi.
— Qizim... janob Jungkook seni mashinada kutyapti. Yo'q desak hurmatsizlik bo'ladi. Yo'q dema, iltimos.
Suna otasiga yo'q deyolmasdi. U ho'p deb bosh silkitdi.
Janob Kim honadan chiqib ketgach, Suna ko'z yoshlarini artib kiyinish uchun shkaf yoniga keldi. Kechagi ayovsiz kaltaklangani uchun tanasini hamna yeri ko'karib ketgandi. U iloji boricha bularni berkitishga harakat qildi.
Suna pastga tusharkan otasi uni kutib turardi. Janob Kim qizini peshonasidan o'pib qo'yib mashina tomon kuzatdi. Mashina orqa eshigi ochildi. U yerda Jungkook jiddiy o'tirardi. Suna avvaliga biroz tortindi. Keyingi lahzada u ham mashinaga o'tirdi.
Haydovchi mashinani haydadi. Yo'l bo'yi mashina ichi sukutga cho'mdi. Mashina sohil bo'yiga yetib kelib to'htafach nihoyat Jungkook gapirdi.
— Mashinadan tush va bizni holi qoldir.
Haydovchi indamay mashinani tark etdi. Bu holatdan Sunani yuragi battar tez urardi.
Jungkook Duna tomon qaradi va jilmaydi.
— Ho'sh, endi biroz gaplashib olishimiz kerak, bo'lajak hotinim.
Suna qoshini chimirdi. Huddi uning bu gapi yoqmagandek.
— Menga bunday qarama, baribir meni hotinim bo'lasan. Endi esa, unashtiruvimiz munosabati bilan seni o'pmoqchiman.
Sunani ko'zi kattalashib ketdi. U yo'q degandek qo'li bilan ishora qildi.
— Yo'q? Menga bu gaping o'tmaydi. Seni ancha kutdim.
Suna orqaga tisarilarkan orqasi mashina eshigiga tegdi. Huddi qafasga tiqilib qolgancha tinmay tipirchilardi.
— Bunaqasi ketmaydi, oppog'im, sen endi baribir menikisan. Bitta o'paman holos.
Jungkook uning yuzidan ushlab o'ziga tortdi. Suna uning qo'lini qaytarmoqchi bo'lib qarshilik qilardi, ammo baribir kuchi yetmasdi. Shu on Jungkookning qo'li Sunani koftasini tugmasiga tegib ketdi va bir nechta tugmasi ochilib ketdi. Suna uyalguncha darrov oldini yopib oldi. Ammo Jungkook uning bilagidan ushlab oldi.
Jungkook Sunaning koftasini tugmalarini butkul yechib uning tanasiga qaradi. Suna ichidan yupqa topik kiygandi, ammo uning jarohat va ko'karishlarini ko'rishga yetarli edi. Suna uyatdan qizarib ketdi.
Suna o'zi i hech narsani tushunmaganlikka oldi.
— Bu jarohatlar kimni ishi deyapman?
Sunaning ko'zidan yosh oqdi. Indamay boshini yerga egib oldi. Jungkook uning iyagini o'ziga qaratdi.
— Menga qara oppog'im. Kimdir seni hafa qiladimi?
— Ho'p. Menimcha tushundim. Bu uydagilaringni ishi.
Suna yo'q degandek bosh irg'adi.
— Meni alday olmaysan. Ko'zlaring aytib turibdi. Bo'ldi. Endi u uyga qaytmaysan. Seni o'zimni uyimga olib ketaman. Seni yana bu holatga solishini hohlamayman. Ular hali bu ishi uchun javob berishadi.
- Aslo yo'q deya ko'rma. Men aytdimmi demak shunday bo'ladi. Men senu hech kimga hafa qildirib qo'ymiyman.
Suna inday olmadi. Chunki o'sha uyga qaytishni o'zi gam hohlamasdi. Otasi uchungina u uyda yashardi. Ammo otasi ham ko'proq uni baxtini hohlardi. Suna ehtimol shu odamning uyida biroz tinch yasharman deb o'yladi. Ham Marini kamsitishlaridan ham bezor bo'lgandi..
Jungkook Sunani o'z uyiga olob bordi. Ichkariga olib kirarkan otasi hayron bo'lib qaradi.
— Ota... haligi... Sunato to'ygacha shu yerda qolishini hohlayman. Chunki men allaqachon unga o'rganib qoldim.
— Yaxshi. Ammo va'da endi avvalgidek kompaniya ishiga qaytasan. Sayoh yurishni bas qil endi. Aytkancha qizim kir ichkariga. Hush kelibsan.
Suna mayin jilmaydi. Yillar davomida u ilk bor odamlardan bunday iliq so'z eshitayotkandi..
Jungkook Sunani yuqori qavatga olib chiqdi va o'zhonasiga kirib eshikni ortidan yopdi.
— Oppog'im, sen yotoqda uhlayver. Men esa alohida boshqa yerda yotaman. Chunki senga noqulay bo'lishini hohlamayman.
Suna hayrat bilan qaradi. Chunki bunday sovuq odamni bu darajada jentlmen deb o'ylamagandi.
Jungkook Sunani yotoq tomon olib borib sekin yotqizdirdi.
— To'xta. Avval jarohatlaringga malham qo'yamiz, ho'pmi?
Suna uyalguncha yo'q degandek qildi.
— Yo'q, menga qaysarliging o'tmaydi. Bilaman og'riyapti. Tezroq tuzalishini hohlayman. Mendan uyalma. Ahir bo'lajak eringman-ku, oppog'im.
Sunaning qarshiligiga qaramay, Jungkook dori qutini olib kelib uning jarohatlariga ehtiyotkorlik bilan malham qo'ydi.
So'ng uning peshonasidan o'pib qo'ydi va ustiga adyolni yopdi.
– Endi seni hech kim hafa qilolmaydi, oppog'im. Endi men borman.
Shu onda Suna ilk bor o'zini qattiq himoyakangandek his qildi.
Bu gapni shunday oddiy aytdiki, Suna bir lahza nima deyishni ham bilmay qoldi. Jungkook telefonini olib vaqtga qaradi.
— Kech bo‘lib ketdi. Xizmatkorlar ham uyiga ketgan.
U telefonni qo‘liga aylantirib, divanga suyandi.
— Hozir ovqat buyurtma qildiraman.
Suna darrov boshini chayqadi. “Kerak emas,” degandek qo‘llarini silkitdi. Jungkook esa istehzoli kulib qo‘ydi.
— Seni och qoldirishni rejalashtirmaganman, oppog‘im.
Suna bu laqabni eshitib yana ko‘zlarini olib qochdi. Jungkook telefon orqali bir nechta taom buyurtma qildi. Keyin esa xonadagi jimlik yana qaytdi. Bir necha soniyadan keyin u Sunaga qarab, biroz sinovchan ohangda dedi:
— Klubga o‘xshagan joylarga boshqa borma.
Suna asta pastga qaradi. Jungkookning yuzi birdan jiddiylashdi. Ko‘z oldiga yana o‘sha yigitning Sunaga tekkani keldi. Jag‘i taranglashdi.
— Menimcha seni opang olib borgan. Shunaqa joylar sen uchun emas. U yer sendek oppoqlar uchun juda kirlik qiladi.
Oradan biroz vaqt o‘tib xona eshigi yana ochildi. Jungkook qo‘lida bir nechta paketlar bilan ichkariga kirdi. Issiq ovqat hidi darrov xona bo‘ylab taraldi. U paketlarni stol ustiga qo‘ydi.
— Bilmayman nima yeyishingni. Shuning uchun hammasidan buyurtma qildim.
Stolda ramen, guruchli taomlar, tovuq, desert va ichimliklar paydo bo‘ldi.
Suna hayrat bilan qarab qoldi.
U bunaqa holatga o‘rganmagan edi. Jungkook esa stulni oyog‘i bilan tortib, stol yoniga qo‘ydi.
Suna asta yaqinlashdi. Hali ham ehtiyotkor edi. U o‘tirgach, Jungkook paketlarni ochishni boshladi. Bir payt qizning qo‘llari yengil titrayotganini sezdi. U bir lahza to‘xtab qoldi.
— Hali ham mendan qo‘rqyapsanmi?
Suna darrov ko‘zlarini olib qochdi. Bu javobning o‘zi edi.
Jungkook kulib qo‘ydi.
— Qo‘rqinchli ko‘rinaman shekilli.
U ramen kosasini qiz tomonga surdi.
Suna asta tayoqchalarni oldi. Birinchi luqmani juda sekin yedi. Jungkook esa unga tikilib qolganini o‘zi ham sezmay qoldi. Qiz juda boshqacha edi. Shovqinsiz. Sun’iy emotsiyalarsiz. Xuddi qo‘rqib yashashga o‘rganib qolgan oppoq qushdek. Va negadir Jungkookning ichida uni yanada yaqinroq tortadigan g‘alati hissiyot uyg‘onayotgandi.
Erta tongda shahar hali to‘liq uyg‘onmagandi. Deraza ortidan kirayotgan quyosh nuri xona ichini mayin yoritardi. Jeon Jungkook odatdagidan erta uyg‘ondi. U kreslodan turib, bir muddat karavot tomonga qaradi. Suna hali uxlab yotardi. Oppoq ko‘rpa orasida juda nozik ko‘rinardi. Yuzidagi kechagi qo‘rquv ham biroz yo‘qolgandek edi.
Jungkook sekin xo‘rsindi. Keyin pardani biroz ochdi. Yorug‘lik Sunaning yuziga tushgach, qiz asta uyg‘ondi. Ko‘zlarini ochib, bir lahza qayerdaligini unutgandek atrofga qaradi. So‘ng Jungkookni ko‘rib sekin o‘rnidan turdi.
Suna qoshlarini chimirdi. “Qayerga?” degandek qaradi.
Jungkook esa kostyumini kiyarkan, labining chetida yengil kulgi paydo bo‘ldi.
— Seni shaharga aylantirgani olib chiqaman.
Suna hayratlandi. U buni kutmagandi.
Bir soatdan keyin ular mashinada shahar markazi bo‘ylab ketishardi. Tonggi havo salqin edi. Yo‘llar hali unchalik gavjum emasdi. Suna oynadan tashqariga qarab ketardi. Katta binolar, chiroyli ko‘chalar, tonggi quyosh…
U uzoq vaqtdan beri bunday erkin chiqmagan edi. Jungkook esa rulni bir qo‘lda boshqarib, vaqti-vaqti bilan unga qarab qo‘yardi. Qizning ko‘zlari ilk marta qo‘rquvdan emas, qiziqishdan porlayotgandi. Bu unga g‘alati yoqib tushdi. Mashina qizil chiroqda to‘xtaganda Jungkook birdan gapirdi:
— Har doim shunchalik jim bo‘lasanmi?
Suna unga qaradi. Keyin sekin boshini egdi.
— Bilaman, gapira olmaysan. Lekin ko‘zlaring juda ko‘p gapiradi.
Suna indamadi. Bu haqiqat edi..
— Aytkancha, qachon turmush quramiz?
Suna yo'q dehandek boshini qimirlatdi.
— Nega? Men shunchalik yomon odammanmi? Rad etolnaysan. Baribir meniki bo'lasan oppog'im. Seni endi hech kimga bermayman.