May 21

Enemies to lovers 3-qism

Seorin bir necha soniya jim turdi. Bu juda telbalarcha qaror edi. Ular bir-birini endigina taniy boshlagandi. Ammo negadir Jiminning yonida turganda, hamma narsa xavfsizdek tuyulardi. Seorin asta bosh irg‘adi.

— Xo‘p.

Jimin bir zum qotib qoldi. Go‘yo u ham Seorinning bunchalik tez rozi bo‘lishini kutmagandek.

— Rostdanmi?

Seorin sekin kuldi.

— O‘zingiz aytdingiz-ku. Ha desang bo‘ldi deb.

Bir necha soniya Jimin unga tikilib qoldi. Keyin birdan kulib yubordi-da, qizni belidan ushlab o‘ziga tortdi.

— Jin ursin… sen haqiqatan ham aqldan ozgansan.

— Sizdan yuqqan.

Jimin boshini egib kuldi. So‘ng uning peshonasiga labini bosib, past ovozda dedi:

— Unda ertaga nikohdan o‘tamiz.

— Shunchalik tezmi?

— Seni yana Jay bilan ko‘rishni istamayman.

Uning ovozida rashk aniq sezilib turardi. Seorin asta kuldi.

— Rashkchi.

— Juda. Ertadan boshlab sen faqat meniki bo‘lasan.

— Mayli, menendi boray.

Seorin endi uyga kirishga burilganda, Jimin uning bilagidan ushlab qoldi. Qiz ortiga o‘girildi.

— Yana nima?

Jimin unga bir necha soniya indamay qarab turdi. Go‘yo uni yodlab olayotgandek. So‘ng asta yaqinlashib, Seorinning yuzidan tushgan soch tolalarini qulog‘i ortiga surdi.

— Ertaga sen mening xotinim bo‘lasan.

Bu gapni eshitib Seorinning yuragi hayajondan qattiq urib ketdi. Jimin esa uning reaksiyasidan kulimsiradi-da, sekin labidan o‘pib qo‘ydi.
Bu o‘pishda shoshilish yo‘q edi. Keyin Jimin peshonasini qiznikiga tiradi.

— Endi kir. Yo‘qsa seni rostdan ham olib qochib ketaman.

— Telba.

— Lekin endi sening telbangman.

Ertasi kuni. Hech qanday dabdaba yo‘q edi. Na katta zal..Na mehmonlar. Na qimmat bezaklar. Faqat Jimin va Seorin. Va ikki yaqin do‘st. Suga hamda Mina. Kichkina nikoh xonasida hamma narsa juda oddiy edi. Ammo Seorin negadir o‘zini hech qachon bunchalik hayajonlangan his qilmagandi.

Jimin esa qora kostyumda odatdagidan ham jiddiy ko‘rinardi. Uning nigohi bir soniya ham Seorindan uzilmasdi. Nikoh qog‘ozlari stol ustiga qo‘yildi.

— Rozimisiz?

Jimin hech ikkilanmay javob berdi:

— Roziman.

Navbat Seoringa keldi. Qiz bir soniya Jiminning ko‘zlariga qaradi. Va yuragi yana tez urdi.

— Roziman.

Bir necha daqiqadan keyin imzolar qo‘yildi. Hammasi tugadi. Endi ular rasman er-xotin edi.nSuga kulib bosh chayqadi.

— Ikki kun oldin oldin bir-biringni o‘ldirgudek qarardinglar.

Jimin sekin kulib, Seorinning belidan tortdi.

— Hozir u meni esa xotinim.

Bu so‘zni aytishi bilan Seorinning yuzi qizarib ketdi. Jimin esa ataylab yaqinroq egilib, past ovozda qo‘shdi:

— Va juda chiroyli xotinim.

Hammasi tugaganidan so'ng Jimin mashina eshigini ochib, Seoringa qaradi.

— Yur, xotinim. Endi uyga ketdik.

Seorin beixtiyor kulib yubordi.

— Shu so‘zni aytishni juda yaxshi ko‘rasiz-a?

— Juda. Axir qancha kutdim.

Jimin ataylab mamnun ohangda gapirdi. Mashina tungi shahar bo‘ylab harakatlana boshladi. Seorin oynadan tashqariga qarab o‘tirsa ham, yuragi tinmay hayajonlanardi.

“Men rostdan ham turmushga chiqdim…”

Bu fikr hanuz g‘alati tuyulardi.
Bir necha daqiqadan so‘ng ular Jiminning yashirin uyiga yetib kelishdi. Jimin mashinani to‘xtatib, Seoringa qaradi.

— Xush kelibsiz.

— Bu yerga endi doim kelamanmi?

— Yo‘q. Bu endi sening ham uying.

Bu gap Seorinning yuragini iliq qilib yubordi. Ular ichkariga kirishdi. Uy odatdagidek sokin edi. Katta oynalar ortida tun yaltirab turardi. Seorin sekin atrofga qaradi. Ammo keyingi soniyada Jimin uni belidan tortib o‘ziga yaqinlashtirdi.

— Endi rasmiy ravishda eringman.

— Va?

— Endi seni bemalol quchoqlashim mumkin.

— Oldin ham to‘xtamasdingiz-ku.

— To‘g‘ri. Nimanidir hohladam qarshiliklar hisobga o'tmaydi.

U asta Seorinning peshonasidan o‘pdi..Seorin ham asta qo‘llarini uning bo‘yniga qo‘ydi.

Jimin va Seorin yotoqxonaga kirishganda xona ichida faqat tungi chiroqning mayin nuri yonib turardi. Seorin krovat chetiga o‘tirib, tuflisini yechdi-da, chuqur xo‘rsindi. Bugungi kun hanuz tushdek tuyulardi.

Bir necha kun oldin ular bir-birini deyarli tanimasdi. Jimin galstukini bo‘shatib unga qaradi.

— Nima o‘ylayapsan?

— Hali ham ishonmayapman.

— Nimaga?

— Men rostdan ham sizga turmushga chiqqanimga.

Jimin yaqinlashib, uning yoniga o‘tirdi.

— Afsus qilyapsanmi?

— Yo‘q.

Seorin bir necha soniya jim qoldi. So‘ng birdan kulib yubordi.

— Jay lattaga o‘xshaydi.

Jimin qoshini ko‘tardi.

— Voy…

— Rostdan ham. Qanday qilib unga turmushga chiqishim mumkin edi? Tormozni o'zi.

Jimin kulib boshini egdi.

— Demak meni tanlaganingga sabab gaz ekanim-a?

— Va haddan tashqari o‘zingizga ishonganingiz uchun..

— Tushunarli. Lekin bitta narsani bilib qo‘y.

— Nima?

— Endi seni hech kimga bermayman. Ayniqsa latta Jayga.

Seorin kulib yubordi.

— O'zing uni latta dedingku.

Jimin Seorinning yonida yotgancha shipga qarab kulimsiradi. Ko‘zlarida esa odatdagi sho‘xlik paydo bo‘lgandi. U ataylab beparvo ohangda gap boshladi:

— Bilasanmi… meni ham uydagilarim bir qizga uylantirmoqchi edi.

— Nima?

— Jiddiy aytyapman.

— Nima sizdan boshqasi qurib qolibdimi?!

Jimin ichida kulayotgan bo‘lsa ham, yuzini jiddiy tutdi.

— Chunki men sendan oldin ham mashhur edim-da.

— Jimin!

Seorin yostiqni olib unga urdi. Jimin kulib yostiqni ushlab qoldi.

— Rashk qilyapsanmi?

— Yo‘q!

— Yolg‘on.

Seorin qoshlarini chimirib boshqa tomonga qaradi.

— Kim edi o‘sha qiz?

Jimin ataylab sukut saqladi. Bu esa Seorinning battar asabiga tegdi.

— Gapiring!

— Voy… jahling chiqyaptimi?

— Men hozir sizni uraman.

Jimin birdan uni belidan tortib o‘ziga yaqinlashtirdi.

— Lekin oxiri baribir menga turmushga chiqding-ku.

— Baribir yoqmadi.

— Demak rostdan ham rashk qilding.

— Jim bo‘ling.

— Juda yoqimli rashk qilar ekansan.

Seorin qoshlarini chimirib, Jiminning ko‘ylagidan tortdi.

— Sochini bittalab yulaman o‘sha alvastining.

Jimin kulgidan zo‘rg‘a o‘zini bosdi.

— Voy…

— Kim u? Gapiring.

Jimin ataylab sukut saqladi.
Bu esa qizning battar asabiga tegdi.

— Jimin!

Jimin nihoyat kulib yubordi-da, uni quchoqlab oldi.

— Rashkchi mushukcha.

— Men jiddiyman!

— Bilaman.

U qizning burnidan yengil chimdib qo‘ydi.

— Lekin bir muammo bor.

— Qanaqa?

— Men allaqachon boshqa qizga uylanganman.

Seorin bir necha soniya tushunmay qarab turdi. So‘ng Jimin uning belidan mahkamroq ushlab, peshonasini peshonasiga tiradi.

— Ismi Seorin. Juda erka. Jahli tez chiqadi. Lekin men telbalardek sevib qolganman.

Seorinning yuzi asta qizarib ketdi.

— Siz juda ahmoqsiz.

— Sen sabab.

Qiz beixtiyor kulib yubordi.
Jimin esa uning kulayotgan yuziga tikilib, sekin dedi:

— Mana shu kulgingni yo‘qotmaslik uchun hammani qarshi olishim mumkin.

Kunlar shu zaylda o‘ta boshladi.
Seorin va Jimin yashirincha uchrashar, birga vaqt o‘tkazar, ba’zan esa shunchaki mashinada tun bo‘yi gaplashib o‘tirishardi. Eng qizig‘i ular turmush qurgan bo‘lsa ham, hamon bir-biriga o‘rganishda davom etishayotgandi. Jiminning rashkchiligi, Seorinning erkaligi. Tinimsiz tortishuvlar va har safar baribir yana bir-birining yoniga qaytishlari…

Bugun esa ular shaharning eng mashhur restoranlaridan biriga kelishgandi. Restoran ichidagi yumshoq musiqa va oltin rang chiroqlar joyga iliq muhit berib turardi. Seorin menyuga qarayotgandi, Jimin esa anchadan beri uni kuzatardi.

— Nima?

— Hech narsa.

— Yolg‘on.

— Hali ham xotinim degan fikrga o‘rganolmayapman.

— Siz bu so‘zni ataylab ko‘p aytasiz.

— Chunki yoqadi.

Shu payt ofitsiant buyurtmalarini olib ketdi. Jimin stol ustidan Seorinning qo‘lidan ushladi.

— Bugun juda chiroylisan.

— Faqat bugunmi?

— Yo‘q. Lekin bugun boshqacha.

Qiz sekin kulib boshqa tomonga qaradi. Ammo ayni paytda restoran eshigi ochildi va ichkariga kirgan odamni ko‘rib, Seorinning kulgisi sekin yo‘qoldi. Bu Jay edi. U ham ularni ko‘rib qotib qoldi.