May 10, 2025

TWINS OF THE SIN written by Seorin

Aria har tong uyg‘onganda, o‘zini ertaknamo dunyoda his qilardi. Ulkan villa, boy ota-ona, xizmatkorlar, qimmat mashinalar, hammasi bor edi. U o‘zini shunchaki omadli qiz deb o‘ylardi. Lekin bu omad, aslida, katta yolg‘onga qurilganini u hali bilmasdi.
Aria koreys milli kiyimlari ko‘rgazmasi uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Bugun shaharning markazida mashhur dizaynerlar ishtirokida katta tadbir bo‘ladi. U esa shunchaki mehmon emas — asosiy e’tiborni tortadigan mehmon. Taesung oilasining yagona vorisi sifatida.
Ammo tong saharda telefoniga tushgan xabar — hammasini ag‘dar-to‘ntar qildi.
"La famiglia Oscura Koreyaga qaytyapti. O‘yin endi boshlanadi."

Ushbu anonim xabarni o‘qigach, yuragi hapriqib ketdi. Kim yubordi? Nega? Aria bunday oilaviy nomlarni hech eshitmagan, hech qachon mafiyani o‘ylamagan... Ammo bu nom — “Oscura oilasi” — uning onasining eski kundaligida bir marta tilga olinganini eslab ketdi. U o‘shanda hech narsaga tushunmagandi.
U xonadon kutubxonasiga yugurdi. Stoldagi eski kundalikni ochdi. To‘rtinchi sahifada, onasining notinch yozuvi orasida bitta satr turgan edi:

"Agar Oscura qaytsa, Aria endi Aria bo‘lmaydi."
Qo‘llari titrardi. Qanday bog‘liqlik bor edi ular orasida? Nega Aria ismi aytilgan? Onasi nega bu haqda gapirmagan?
Oradan bir necha daqiqa o‘tib, xizmatkor yugurib keldi.
— Aria-ssi… Bu… siz buni ko‘rishingiz kerak.
U qo‘lidagi planshetda yangilikni ochdi. Yonida kameralar, militsiya va qorong‘i ko‘zoynak taqqan erkak. Ekrandagi sarlavha yuragini muzday qildi
:
"Oscura mafiyasi yetakchisi Koreyada! 15 yillik sukunatdan so‘ng qaytish!"
Aria og‘zidan nafas oldi. Va yuragi birinchi marta hayotida… haqiqiy xavfni his qildi.

Aria

Ota-onasi har doimgidek jim. Ammo Aria ularning ko‘zlaridagi notinchlikni birinchi marta juda ravshan ko‘rdi. Otasi telefonga tikilgancha lablarini tishlab turardi, onasi esa guldasta yig‘ayotgan xizmatkorga baqirib berdi — nimagadir asabiy, sababsiz g‘azablangan.
Aria pastga tushib kelganida, mehmonxonada sukunat hukm surardi. Televizorda yangiliklar hali ham yangrayotgan edi — Oscura mafiyasi, yo‘q, La Nera Rosa mafiyasi Koreyaga qaytganini butun mamlakat muhokama qilayotgan edi. Ular haqida afsonalar bor edi, lekin hamma ularni ancha ilgari yo‘q bo‘lgan deb o‘ylardi. Faqat Aria ota-onasining bu holatini ko‘rib, bular rost ekaniga amin bo‘la boshladi.
— Dada… bu mafiyaning bizga nima aloqasi bor? — Aria nihoyat so‘radi.
Otasi boshini ko‘tarmadi. Onasi esa unga tik qaradi — ko‘zlarida vahima.
— Ular... senga yetmasin, deb biz hamma narsani yo‘qotishga tayyor edik, Aria, — dedi onasi, ovozi titrab. — Yillar oldin… biz katta miqdorda pul qarzga olganmiz. Va... qarz evaziga...
— Evaziga nima?! — Aria dahshat ichida chekinib ketdi.
Otasi ohangini pasaytirdi:
— …Evaziga seni so‘rashgan.
U xonani tark etdi. Aria qotib qoldi. Yuragi go‘yo ikki urish orasida muzlab qolgandek edi.
La Nera Rosa — Qora Atirgul, endi o‘z atirgulini qaytarib olish uchun qaytib kelgandi.

Oradan bir necha kun o‘tdi. Aria oilasi bilan birga tashvishda yashardi. U ota-onasining xatti-harakatidagi o‘zgarishni aniq his qilardi. Onasi oynaga qarab har kuni yig‘lar, otasi esa tunlari hech uxlamasdi. Har bir mashina ovozidan cho‘chib, har bir begona nigohdan shubhalanishardi.
Shu kunlarning birida, Aria uydan chiqmasligi kerakligi aytilgan bo‘lsa-da, otasi — Bay Jiwoo — ish bahonasi bilan shahardagi nufuzli restoranlardan biriga bordi.

Uxlamagan ko‘zlari, titrayotgan qo‘llari va ichidagi betinchlik uni ezayotgandi. U tartibsiz harakatlar bilan stakanga suv quyar, so‘ngra yuragini bosib tin olardi.
Ammo o‘sha payt… ko‘zi tasodifan restoran bo‘ylab yurgan bir afitsiant qizga tushdi.
Qo‘lidan turgan stakan polga tushib ketdi.
Qiz — qora shim, oddiy ko‘ylakda, sochi yengil to‘g‘rilangan. Lekin… yuzidagi chiziqlar, ko‘zlaridagi jilo, yurishidagi nafislik... bu qiz Arianing aniq nusxasiga o‘xshardi.
Bay Jiwoo beixtiyor o‘rnidan turdi. Qiz uning qarshisidan bemalol o‘tib ketdi, hech qanday shubha, hech qanday taniqli nigohsiz. Go‘yo bu dunyoda u oddiygina xizmatkor edi. Ammo Jisoo o‘ziga kela olmadi.
— Bu... mumkin emas... — deb pichirladi u.
Tezda telefonini olib, rasmga tushirishga urindi. Ammo qiz burilib ketdi, go‘yo nimanidir sezganday.

Qizning ko‘zlaridagi nurni qarab, Jiwoo endi faqat bir narsa haqida o‘ylardi: "Agar men uni topib, Aria o‘rniga berib yuborsam… bu bizni xavfdan qutqaradimi?"
Ammo... bu qaror uning yuragiga qanday ta'sir qiladi? U o‘zining qizini, o‘zining go‘zal, hayotga to‘la va haqiqiy Aria-ni mafiyaga qanday berishi mumkin?
Bu fikrlar boshida aylanib, uni oxirgi natijaga olib kelgandi — uni almashtirish kerak edi. Ammo nima bo‘lishini o‘zi ham bilmasdi.
U o‘rnidan turib, qizni kuzatishga qaror qildi. Restoranni tark etayotganda uning ko‘zlari ajablanarli darajada kuchli edi — go‘yo o‘zining yangi taqdiri uchun tayyor edi. Nima kutayotganini bilmasdi, lekin hozirgi vaziyatda, barcha o‘zgartirishlar faqatgina bir nuqtada jamlanadi.

Bay Jiwoo restoran ichida o‘tirar, xayollarga to‘lib qolgan edi. O‘sha afitsiant qizni kuzatishda davom etdi, go‘yo u qizning ko‘zlarida biror sir yashiringandek edi. Jiwoo o‘zini izzat bilan ushlab, jismoniy reaktsiyasini yashirishga harakat qildi.
Ko‘p o‘tmay, u qizni topishga qaror qildi. Restoranni tark etgach, o‘zining qimmatbaho mashinasiga o‘tirib, qizni kuzatib bordi. Bir necha daqiqa o‘tgach, u qizning uyiga yetib keldi. Bu yerda uning ichki shubhalari yanada kuchaygan edi. Jiwoo uning yoniga keldi va sekin, ammo qat’iy bir ovoz bilan so‘zlashdi:
— Mening ismim Bay Jiwoo. Sizni juda yaxshi tanimadim, lekin restoranda sizni ko‘rganimdan so‘ng, ish taklifi qilishni xohladim.
Qiz uni shubhalanib qaradi, ammo Jiwoo davom etdi:
— Men yirik kompaniya uchun uy tozalash xizmatini tashkil qilaman. Bizga yangilik va sifat kerak. Yaxshi pullar bilan ishlaysiz. Yagona shartim shuki, ishni bajarishdan oldin hech qanday shubha yoki savollar bo‘lmasligi kerak.
Qiz ancha o‘ylab turdi, so‘ngra boshini qimirlatdi. U hech narsaga to‘liq ishonmasdi, lekin bu taklifga qarshi chiqish oson emasdi. Pul va yangi imkoniyatlar — bu hech qanday norozilikni to‘ldira olardi. U Jiwoo’nun qaroriga rozi bo‘ldi.
— Yaxshi, men buni o‘ylab ko‘rishga tayyorman, — dedi qiz, va Jiwoo unga tashqaridan qaradi. O‘zining shubhalari yanada kuchaygan edi, lekin hozircha u boshqa variantni ko‘rmayotgandi.

Jiwoo qizni uyiga olib keldi. U, albatta, o‘zi yaxshi tanimagan kishi bilan to‘liq ishonch hosil qilishni istamagan edi. Qizning ismi Serin edi. Ammo Serinning o‘ziga xos qiyofasi, uning sirli harakatlari, va eng muhimi, o‘xshashligi uning yuragida qorong‘u bir iz qoldirdi. Uni o‘ylab turarkan, u qizni uyiga chaqirdi. Ammo Aria chiqmasligi kerak edi, chunki bu holat shubhalarni yanada kuchaytirishi mumkin edi.
Serin o‘zini ishonchli, lekin juda sirli tutardi, va bu Jiwoo uchun yangi muammo yaratardi.
Ular uyga kirganlarida, Jiwoo yaxshi kutib oldi, ba'zan hissiyotlari ustidan to‘liq nazorat qilolmasdi. Qiz esa unga diqqat bilan qarab, ijobiy javob berdi.
— Hamma narsa yaxshi bo‘lishi kerak, — dedi Serin.
Jiwoo o‘zining ko‘zlarida nimanidir ko‘rganini bilmasdi, lekin u o‘shanda qo‘ng‘iroqni eshitdi.
— Jiwoo? — deya telefonidan gaplashish boshladi.
Voqea shunchaki boshlanishi kerak edi. Bir necha soatdan so‘ng, Mafia boshlig‘i Venzo uyga kelishi kerakligini aytishdi. Jiwoo ichida bir o‘tkir xavotir paydo bo‘ldi, lekin uni ko‘rsatmaslikka harakat qilardi. U telefonni qo‘yib, Serinni yanada qiziqish bilan kuzatdi.
Serinning qanday munosabatda bo‘lishini o‘ylab, Jiwoo ichida bir narsa parchalandi. Venzo kelishi kerak edi. Va u uchun bu shunchaki bir o‘yin boshlanishi edi.

Serin

Jiwoo xizmatkorlarga ishora qildi. Serin hech narsani tushunmasa-da, ularga ergashdi. Uni boshqa xonaga olib chiqishdi — yorug‘, hashamatli, begona xonaga.
Bir zumda xonaga bir nechta ayollar kirib keldi. Ular Seringa nafis ko‘ylak tutishdi, sochlarini tarab, yuziga yengil pardoz torta boshlashdi. Serin nima bo‘layotganini tushunmasdi, lekin unga nisbatan yomonlik yo‘qligini his qilgandek bo‘ldi.
U jim edi. Shunchaki, bo‘layotgan harakatlarni ich-ichidan kuzatdi. Yodida faqat Jiwooning xotirjam, lekin sovuq nigohi qolgan edi.
— Nega bunday? — deb o‘ylardi u, lekin savollarini ichida yutdi.
Tashqarida esa, qorong‘u va og‘ir bir kecha yaqinlashayotgan edi.

Eshik birdan ochildi.
Og‘ir qadamlar, jimjitlikda yangray boshladi. Uyga qadam bosgan ilk shaxs — uzun qora palto kiygan, yuzi sovuq, ko‘zlari chuqur va muzdek — Venzo edi. Uning ortidan esa ikki nafar qora libosdagi yigitlar, qurollari beliga osilgan holda sukunatda yurib kirishdi.
Jiwoo oldinga chiqdi, yuzida ehtirom, lekin ichida titroq bor edi.

Venzo

— Venzo, xush kelibsiz, — dedi asta, ohangida ozroq zo‘rma-zo‘rakilik sezilardi.
Venzo hech nima demadi. Faqat nigohi bilan butun uyni kuzatdi. Uning ko‘zlari go‘yoki biror sirni izlayotganday yurdi... to u tepada, narigi xonadagi harakatga ko‘zi tushgunga qadar.
— Qiz tayyormi? — dedi u nihoyat, ovozi past, ammo buyruqday og‘ir yangradi.
Jiwoo boshini egdi.
— Tayyorlanmoqda.
Venzo kulimsiradi. Bu kulgi zavqdan emas, hukmronlik hissidan tug‘ilgan edi.
— Unday bo‘lsa... men kutaman. Umid qilamanki, bu safargi almashuv so‘nggisi bo‘ladi.
Uyga sukunat cho‘kdi. Serin esa hali nima bo‘layotganini tushunmas, ko‘zlarida xavotir, ammo labida jimjitlik bilan pardoz qilishda davom etardi.

Serin

Serin zinadan pastga tushayotgan edi. Xizmatkorlar uni ehtiyotkorlik bilan yetaklashardi. Nafis libosi, yengil pardoz — hammasi uni begona dunyoga moslashtirayotgandek edi. U esa hali ham nima bo‘layotganini tushunmasdi, yuragi asta-sekin tez ura boshlagan.
Pastda esa Venzo kutayotgandi. Ko‘zlari qizga ilinishi bilan yuzida sirli jilmayish paydo bo‘ldi. U bu qizni Jiwooning qizi — Aria deb o‘yladi.
Serin pastki pog‘onaga tushganda, hammasi bir lahzada ro‘y berdi.
Venzo unga yaqinlashdi va hech qanday ogohlantirishsiz qo‘lidan tutdi. Serin cho‘chib tushdi, qadamida turg‘unlik paydo bo‘ldi.
— Nihoyat, uchrashdik, go‘zalim, — dedi Venzo, ohangida sovuq mehr bor edi.
Serin nima deyishini bilmay, qotib qoldi. Yuragi gursillab ura boshladi. Bu erkakda nimadir bor edi — kuch, tahdid, sir…
U qochmoqchi bo‘ldi, ammo qo‘l hali ham Venzo tomon tortilar, uning olamiga kirishga majbur etilardi.
Venzo asta, xuddi o‘z yutug‘ini bahramandlik bilan kuzatayotgandek, qizni yoniga olib o‘tdi.
Jiwoo esa bularni kuzatib, yuragining tub-tubida o‘z qaroridan qaltirayotgan edi.

Venzo Serinni yoniga bosib turgan holda, ko‘zini Jiwoodan uzmadi. Yuzida sovuq ifoda bilan sekin, ravon gapirdi:
Sen bilan ishimiz tugadi, Jiwoo.
Jiwoo hech narsa demadi. Faqatgina boshini egdi. Ko‘zlarida pushaymon aralash xavotir chaqnadi, ammo ortga yo‘l yo‘q edi.
Venzo Serinni yanada mahkam ushlab, tashqariga — qora tusdagi, qoraytirilgan oynali mashina tomon boshladi.
Serin oxiri chidolmadi.
— Qo‘yib yuboring! Iltimos! — deb dod soldi u. Uning ovozi titrab chiqdi, qo‘llari qochishga urinib siltandi. — Men kimligingni ham bilmayman! Menga tegmang!
Lekin Venzo indamadi. Unga bu nolalar allaqachon eshitilmagan ohangday edi.
Qiz qarshilik ko‘rsatdi, u qadar kuchli emas, lekin yuragidan qaynab chiqqan ojiz harakatlar edi bu. Ammo befoyda — Venzo uni o‘z kuchi bilan yelkasidan tutib mashinaga olib bordi.
Mashina eshigi ochildi. Ichkarisi qorong‘u, go‘yoki butunlay boshqa dunyoga ochilgan eshik edi. Serin oxirgi bor orqasiga — Jiwooga qaradi. Ammo u faqat jim turardi.
Mashina eshigi yopildi. Shundan so‘ng, shahar osmonida tunda sirli jimjitlik hukm surdi.

Mashina shovqinsiz yurardi. Tashqarida shahar chiroqlari ko‘z ilg‘amas tezlikda o‘tib ketar, ammo ichkarida tarang sukunat hukm surardi.
Venzo yonida qo‘rquvdan jim bo‘lib qolgan qizga qarab sekin so‘zladi:
— Isming nima?
Qiz bir zum jim qoldi. Nafasi tezlashdi, lablari titradi. Ichida bir nima uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, ammo oxiri titroq ovozda javob berdi:
— S-Serin...
Venzo bir lahza to‘xtadi. Nigohi qizdan uzildi, go‘yo xotirasidan nimanidir qidirayotgandek.
Serin? Bu ism unga begona edi. U eslagan ism boshqacha edi — Aria. Jiwooning qizi aynan shunday deb tanishtirilgandi o‘sha yillar...
Bir zumda yuzida shubha uchquni chaqnadi, lekin tezda o‘zini bosdi. Ko‘zlarini qisib jilmaydi, so‘ng o‘zicha pichirladi:
— Ehtimol, bu ismni o‘zgartirishgan... yoki u meni sinamoqda...
Shubha ongini chulg‘ab olsa-da, Venzo buni anglashilmovchilik deb o‘yladi. Qiz hali ham qaltirab turgan edi, nigohida ojizlik bilan beg‘uborlik aralashib ketgandi.
Venzo yengil bosh chayqadi va mashina oynasidan tashqariga qaradi.
— Mayli, Serin bo‘lsa, Serin... — dedi u sovuq ohangda.
Ammo yuragining tubida biror narsa harakatlana boshlagandi. Garchi u bu qizni o‘zining qasos o‘yinidagi oddiy dona deb bilsa-da, bu ism — bu nigoh — bu his... nimadir o‘zgacha edi.

Mashina nihoyat baland devorli, temir darvozali qarorgoh oldida to‘xtadi. Tashqi ko‘rinishi zamonaviy bo‘lsa-da, ichkaridan sovuqlik ufurib turardi. Serin bu yerga birinchi bor kelayotgan edi — yuragi go‘yo muzlab qolgandek edi.

Venzo hech narsa demadi. Mashina eshigi ochilishi bilan Serinning bilagidan ushlab, uni ichkariga boshladi. U indamay yurdi, lekin yuragi bo‘g‘ziga tiqilayotgandek edi.
Ichkariga kirganlarida, ularni baland shiftli, jonsiz tusdagi xonalar qarshiladi. Har bir qadamda qiz o‘zini notanish va tahlikali dunyoga chuqurroq sho‘ng‘iyotgandek his qilar edi.
Venzo uni to‘g‘ri o‘z xonasiga olib keldi. Katta, hashamatli, lekin ayni paytda bezovta qiluvchi sokinlikka ega xona. Serin endi chidolmadi, ko‘zlarida yosh chaqnadi. Ammo u hali ham o‘zini tutishga urinardi.
Venzo unga tikildi. Uning bu titroq nigohida nimadir o‘ziga tortadigan, ammo sinashga arziydigan zaiflik bor edi.
U sekin unga yaqinlashdi. Qo‘lini asta Serinning yelkasiga qo‘ydi va ohangida salqin taskin bilan dedi:
Qo‘rqma. Senga tegmayman… faqatgina bu kecha.
Serin ko‘zlarini katta ochib, unga qaradi. Bu so‘zlarda tahdid ham bor edi, himoya ham. U nimani nazarda tutayotganini tushunmasdi, faqat yuragi endi tinchlanayotgandek bo‘ldi — ammo bu tinchlik faqat yuzada edi.

Venzo orqasiga o‘girildi va sekin, betaraf ohangda davom etdi:
— Eshik qulflanmaydi. Ammo bu uyda hech kim qocholmaydi.
So‘ng u qizga qarab jilmaydi. Bu safar bu jilmayishda sovuqlik bilan birga qiziqish ham bor edi. U xonani tark etdi.
Serin xonada yolg‘iz qoldi. Yuragi urayotgan bo‘lsa-da, ichkaridan bir savol doimiy ravishda jaranglardi:
“U kim edi? Nega men?”

Xonada yengil shamol esayotgandek sukunat hukm surardi. Katta oynalar ortida qorong‘u tun jim kuzatardi. Serin xonaning o‘rtasida turib, atrofiga alangladi — bu joy unga begona, sovuq, va... xavfli tuyulardi.
U asta qadam tashlab, oynaning yoniga bordi. Tashqarida baland devorlar, har bir burchakda qurollangan soqchilar. Yuragi siqilar, har nafas og‘irlashardi.
Venzo chiqib ketganidan beri yarmi o‘tgancha bo‘ldi. Lekin unga aytilgan so‘zlar, bu g‘alati joy — yuragini ezardi. Ichkaridagi qo‘rquv, tushunmovchilik, chorasizlik ohangidek u tomirlarida urardi.
Va nihoyat — chidolmadi.
U yuzini qo‘llari bilan berkitdi, ko‘z yoshlari oqib tushdi. Keyin birdan, ichki og‘riq go‘yo portlab ketdi:
NIMA BO'LAYAPTI O‘ZI?! MEN QANDAY GUNOH QILDIM?!
U baqirib yubordi. Tovushi butun xonada aks sado berdi. Yuragi g‘azab va iztirob bilan limmo-lim to‘lgan edi. Bu qichqiriq — o‘ziga ham, taqdirga ham, noma’lum dunyoga qarshi norozilik edi.
U polga tiz cho‘kdi. Nafasi tezlashdi. Titrayotgan qo‘llari bilan yerga suyanib, pichirlab yig‘lashda davom etdi:
— Menga bu kerak emasdi… men shunchaki yashashni xohlagandim…
Shu payt eshik orqasidan sekin qadamlash ovozlari eshitildi. Kimdir uning baqirig‘ini eshitgan edi.
U ko‘z yoshlaridan qizarib ketgan nigohi bilan eshik tomonga qaradi. Yuragi yana tez ura boshladi.

Serin yerda tiz cho‘kkancha, hansirab, ko‘z yoshlarini artar, yuragidagi og‘riqni yengishga urinardi. Lekin orqasida asta yaqinlashayotgan qadamlarga qulog‘i sezgir bo‘lib qoldi. Har bir qadam unga o‘limdek yaqinlashayotgandek tuyulardi.
U sekin orqasiga o‘girilmoqchi bo‘ldi, lekin…
– Qimirlama.
Bo‘g‘iq, sovuq va buyruq ohangidagi tanish ovoz quloqlarini tilib o‘tdi.
Shunda Serin bo‘yin orqasida bir narsaning muzdek qattiqligini his qildi.
To‘pponcha.
Bu Venzo edi. U Serinning orqasida turar, sovuq ko‘zlari bilan unga tikilar, qo‘lida qurolni mahkam ushlab turgan edi.
— Yaxshi aktyorlik, — dedi u sokin, ammo ichida qaynayotgan shubha va g‘azab bilan. — Isming Serin, deding-a?
Serin bir muddat jim qoldi. Uning yuragi go‘yoki to‘xtagandek edi.
Venzo asta yelkasiga egilib pichirladi:
— Jiwoo menga har doim Aria borasida yolg‘on gapirgan. Endi esa... sening ko‘zlaringda boshqa haqiqat yashiringanini ko‘ryapman.
Qurol endi yelkasiga sekin bosildi. Serin qattiq titrardi. Ammo ichida qorquvdan boshqa narsa ham o‘rmalay boshlagandi. Bu — savol edi. Kim edi u? Nima uchun hayoti bunday qorong‘u o‘yin ichida qolib ketdi?
Venzo so‘nggi marta g‘azabli ohangda so‘radi:
— Oxirgi bor so‘rayman… Sen kimsan?
Serinning tomog‘iga so‘z kelmay qoldi. Lekin endi bu savolni o‘ziga ham, unga qurol tirab turgan odamsiz dunyoga ham berardi.