May 24, 2025

HAMDSOME BODYGUATD Ep13 written by Seorin

Jungkook Minjini hech narsani o‘ylamasdan bag‘riga mahkam bosdi. Qiz sovuqdan muzlagan, nam kiyimlari badani bilan yopishib qolgan edi. Uning butun tanasi titrardi, lekin ko‘zlarida hanuz qorong‘ulik, xavotir va og‘riq bor edi.
— Barchasi tamom, men sen bilanman, endi hech kim senga tegolmaydi, — deb pichirladi Jungkook.
U ehtiyotkorlik bilan Minjini ko‘tarib, mashinasining orqa eshigini ochdi va uni yumshoq qilib joylashtirdi. So‘ng mashina ichidagi issiq adyolni olib, Minjining ustiga yopdi. Keyin esa mashinani harakatga keltirib, shahar yorug‘liklariga qarab yo‘l oldi.
U yo‘l bo‘yicha hech nima demadi, faqat ba'zan Minjiga qarab qo‘yar, yuragi qanday ezilayotganini sezdirmaslikka harakat qilardi. Qiz ko‘zlarini yumgan, lekin uxlamayotgan edi. Yuzidagi iztirob hanuz sekin-asta yo‘qolmasdi.
— Seni hech qachon yana yolg‘iz qoldirmayman, Minji… — dedi Jungkook asta, mashinani ohista haydab borarkan.

Uyga yetib kelgach, Jungkook mashinadan tushdi va yomg‘irda ivib qolgan Minjini yana bag‘riga oldi. Ust-boshi ho‘l, lablari ko‘kargan, holsiz holatda edi. Jungkook eshikni ochib, ichkariga shoshildi.
Ichkariga kirar-kirmas Minjini hammomga olib bordi. Issiq suvni tayyorlab, ehtiyotkorlik bilan uning ho‘l kiyimlarini yechdi. Minji zo‘rg‘a turgan bo‘lsa-da, qarshilik qilmadi. Uning ko‘zlarida hali ham alam, og‘riq va charchoq bor edi. Jungkook unga zarar yetkazmaslik uchun har harakatini muloyimlik bilan qilardi.
— Hamma narsa yaxshi bo‘ladi, — dedi u past ovozda, yuzini qo‘llari bilan yuvarkan.
U Minjini tozalab, sochlarini artib, iliq sochiqqa o‘rab oldi. So‘ng uni bag‘riga olib, yotoqxonaga yo‘l oldi. Yotoqda qizni muloyimlik bilan yotqizib, ustini yopdi. Bir lahza Minjining yuziga tikilib qoldi — bu yuzda juda ko‘p narsa bor edi: og‘riq, iztirob, lekin ayni vaqtda beg‘uborlik va siniq ishonch ham.
Jungkook asta yoniga cho‘kdi. U bugun bo‘lib o‘tganlar ortidan qalbida qandaydir bo‘shliq sezardi, lekin Minji xavfsizligi – bu unga tasalli edi.
— Dam ol, Minji… Men shu yerdaman, hech qayerga ketmayman… — dedi u pichirlab, asta qo‘lini Minjining qo‘li ustiga qo‘ydi.
Yomg‘ir orqasidagi sukunat ichida ikki qalb betinim urar edi… biri iztirobda, biri esa kechikkan tushunchalarda.

Jungkook yotoqda yotgan Minjiga bir qarab oldi. Uning yuzida hali ham charchoq va og‘riq aks etib turardi. Ich-ichidan qiynalayotgan bo‘lsa-da, hozir Minji uchun kuchli bo‘lishi kerakligini bilar edi.
U asta o‘rnidan turdi va sekin qadamlar bilan oshxonaga yo‘l oldi. Oshxonaga kirib, chuqur nafas oldi. Ich-ichida qanchalik notinch bo‘lmasin, hozir faqat bir maqsadi bor edi — Minjining ko‘nglini ko‘tarmoq, unga g‘amxo‘rlik qilish.

Yengil va iliq ovqat tayyorlashni boshladi: issiq suli bo‘tqasi, yoniga esa yangi siqilgan apelsin sharbati. U har bir harakatini sokinlik bilan, Minji uchun yuragidan o‘tgan mehr bilan bajarayotgandek edi. Tayyor bo‘lgach, taomni likopchaga solib, ustiga mayin salfetka yopdi va hammasini ehtiyotkorlik bilan teskari qaytarib yotoqxona tomon yo‘l oldi.
Yotoqxonaga kirgach, Minji hali ham o‘z dunyosiga cho‘mib yotganini ko‘rdi. Jungkook asta taom solingan patnisni stol ustiga qo‘ydi va Minjining yoniga cho‘kib, muloyim ohangda dedi:
— Men senga ovqat tayyorlab keldim, issiq... Hech bo‘lmasa bir og‘iz yegin, iltimos...
Minji indamadi, lekin ko‘zlarida allaqanday titroq bor edi. Bu qarshilik emasdi — bu og‘riqli sukunat edi. Jungkook esa kutardi. Faqat bir qoshiq, faqat bir nigoh kutardi. Chunki u hali taslim bo‘lmagan edi.

Minji hech nima demadi. Qarshilik ham ko‘rsatmadi. Uning ko‘zlari xira, yuragi og‘riqli edi. Ammo hozircha ko‘zyoshlar ham qolmagandek, faqat sukunat ichida yotardi.
Jungkook patnisni asta stol ustidan olib, bir qoshiq suli bo‘tqasini olib sekin Minjining labiga tutdi.
— Faqat bitta qoshiq... iltimos, — dedi past, mehrga to‘la ohangda.
Minji biroz ikkilanib bo‘lsa-da, og‘zini ochdi. Jungkook asta qoshiqni uning lablariga yaqinlashtirdi. Qiz ovqatni yutdi, ammo hech narsa demadi.
Jungkook shoshilmadi, shunchaki asta-sekin, har bir harakati bilan Minjiga g‘amxo‘rligini bildira boshladi. Har qoshiqda unga faqat bir narsa aytardi:
— Bu ovqat emas... bu men... seni unutmagan yuragim.
Minji ko‘zlarini yumdi. U hali kechirmagan edi, hali yuragi yaralangan edi. Lekin Jungkookning mehrini his qilardi. Endi bu hislar, bu sokin daqiqalar, yurakni avvalgidan ham ko‘proq ezardi.
Ammo u hech bo‘lmasa ovqatdan yedi. Bu esa Jungkook uchun umid degani edi.Jungkook Minjining bo‘sh qoshiqni yon tomonga qo‘yganini ko‘rib, patnisni stolga qo‘ydi va yelkasidan ohista quchdi. Unga yaqinroq surildi, yuragida bir burama og‘riq bilan.
Minji to'satdan titrab yig'lab yubordi. U yuragini yongan dard bilan ochib, Jungkookning ko‘ksiga yuzini yashirdi va mushtlari bilan uning ko‘ksiga ura boshladi.
— Farzandimizni yo‘qitdik! — deya ho‘ngrab yig‘ladi u. — Bu men uchun emas, biz uchun orzu edi... nega bu bizdan tortib olindi, Jungkook?..
Jungkook so‘zsiz edi. U faqat Minjini mahkam quchdi. Uning har bir zarbasini, har bir titrashini yuragi bilan his qilardi. Ko‘zlari namlandi, lekin u yig‘lamasdi — hozir Minji uchun mustahkam bo‘lishi kerak edi.
— Kechir... — dedi u faqat shunday. — Hamma ayb menda... sen yolg‘iz emassan. Men sendan voz kechmayman.
Minji uning bag‘rida hali ham yig‘lardi, yuragidagi og‘riqni chiqargan sari silkinardi. Bu kecha ikkalasining ham yuragida bitmas jarohat qoldirdi. Ammo ilk bor bu dardni birga ko‘tarishayotgandek edi.

— Men hammasidan voz kechdim, Jungkook… — dedi Minji dardli nigoh bilan. — Orzularimdan, kelajagimdan… hattoki, bir umr eslanadigan oppoq ko‘ylakli to‘yimdan ham. Men faqat seni tanladim. Seni tanlash uchun hamma narsani ortda qoldirdim. Endi esa... bu og‘riqni qanday yengaman, bilmayman.
Jungkook Minjining titragan lablaridan chiqqan so‘zlarni eshitib yuragi yana bir bora ezildi. U boshini egib, Minjining yuziga qaradi. Minji esa ko‘z yoshlarini artmasdi, dardini so‘zga aylantirar, yuragidagi og‘riqni nihoyat ochib solardi.
— Men xato qildim, — dedi Minji asta, ovozi larzaga to‘la. — Men hammasidan kechdim... oilamdan, orzularimdan, hatto... hatto to‘yim bo‘lmadi, Jungkook. Men oddiy baxtni xohlagandim, sen bilan...
U yana ko‘zlarini yumdi, ho‘ngrab yubormaslikka harakat qildi.
Jungkook uning qo‘lini ohista tutdi.
— Bilaman, Minji... men ham kechdim. Lekin eng katta xatoni — seni rejamga qo‘shganimni — yuragim har kuni menga eslatadi. Men bunday bo‘lishini istamagan edim.
U Minjining qo‘lini peshonasiga bosdi, ichidan oh tortib.
— Men seni to‘y bilan emas, hayot bilan baxtli qilmoqchi edim. Ammo hammasi... sindi.
Minji jim bo‘ldi. Ikki qalb ichida og‘riq bilan urib turardi. Ular hali bir-birlarini kechira olmagan, lekin allaqachon yuraklariga o‘zaro joy bergandilar. Baxtga olib boradigan yo‘l — hali ancha g‘ovli edi.

“To‘yimiz bo‘lishini hohlaysanmi?” — dedi Jungkook uning yuziga mehr bilan boqib. So‘ng ohista Minjining qo‘lini ushlab, davom etdi: “Albatta bo‘ladi, Minji. Sen orzu qilganidek, oppoq ko‘ylakda, barcha baxtli bo‘lgan kunimizda… Men buni senga va bizga atayman. Chunki sen bunga loyiqsan. Endi nafaqat so‘z bilan, balki butun hayotim bilan seni baxtli qilmoqchiman.”
"Aldamayapsanmi?" — dedi Minji.
Jungkook Minjining ko‘zlariga jiddiy tikildi. “Yo‘q, Minji. Bu safar emas. Men seni necha bor ranjitgan bo‘lsam, kechir. Lekin endi yolg‘onlarga, o‘yinlarga joy yo‘q. Men seni chin dildan sevaman. Senga baxt va tinchlikdan boshqa narsa bermoqchi emasman,” — dedi u ohangdor, ammo qat'iy tovushda. So‘ng Minjining qo‘lini o‘z ko‘ksiga qo‘yib, qo‘shimcha qildi: “Agar yuragim yolg‘on gapirayotgan bo‘lsa, mana shu urishni to‘xtatsin.”
Oradan bir necha kun o'tgach, kutilmaganda Minjining otasi — Janob Kang Jungkookning uyiga keldi. Eshik ochilishi bilan yuzidagi sovuqqonlik emas, balki charchoq va afsus aralash bir ifoda ko‘rindi. U bir necha lahza sukutda turdi, so‘ng ohista gap boshladi:
— Men xato qildim... — dedi u chuqur nafas olib. — Qizimni yo‘qotish xavfi meni anglatdi. Sizlarni ajratib, o‘zimcha to‘g‘ri ish qildim deb o‘yladim. Lekin farzandim ko‘chada sovuqda, yolg‘iz, xavf ostida qolganida men qayerda edim?..
Jungkook jim quloq solardi, Minji esa eshik ortida turgancha otasining so‘zlarini eshitib ko‘zlariga yosh oldi.
Janob Kang davom etdi:
— Endi kech bo‘lsa-da, hammasini qaytadan boshlashni istayman. Minji, seni ham, seni tanlagan insonni — Jungkookni ham qabul qilaman. Faqat qayt. Uyga qayt...
Bu so‘zlar Minjining yuragidagi darz ketgan joylarga birinchi marotaba malham bo‘ldi. Jungkook esa otasining bu taklifi oldida biroz hayron qoldi, ammo Minjiga qarab, qo‘lini ushladi va jilmaydi.
— Bu safar biz ajralnaymiz, — dedi u, ovozida ishonch bilan.
Oradan ko‘p o‘tmay, ularning to‘yi ham bo‘lib o‘tdi. Bu safar hammasi chin yurakdan edi — mehr, kechirim va yangi boshlanish bilan to‘la. Minji oppoq libosda, yuzida tabassum bilan otasi yonida turar, Jungkook esa ko‘zlarini undan uzmas, go‘yo bu daqiqani abadiy eslab qolmoqchidek boqardi.
To‘y oddiy, ammo samimiy tarzda o‘tdi. Gullarga burkangan bog‘da, yaqin insonlar davrasida ular hayotlarini rasman bog‘ladilar. Endi Jungkook faqat uning turmush o‘rtog‘i emas, balki qalqonidek yonida turadigan qo‘riqchi, mehribon hamdard, ishonchli suyanch bo‘lib qoldi.
Minji buni his qilardi. Uning ko‘nglida endi yana umid, yana muhabbat bor edi. Va bu safar ular bir-birlarini yo‘qotmaslikka so‘z berishgandi.

Yarim tun edi. Xona jimjit, faqat stol ustidagi chiroq yorug‘i ostida Jungkook hujjatlarni ko‘zdan kechirib, qog‘ozlarga birin-ketin imzo chekardi. Uning qiyofasi jiddiy, nigohlari esa diqqat bilan qog‘ozlar ustida harakatlanardi. Shu payt yengil qadamlari eshitildi.
Minji ohista orqasidan kelib, uning yelkasiga suyanarkan, jilmayib dedi:
— Ishonamanki, bu qog‘ozlar men bilan bog‘liq emas.
Jungkook kulimsirab unga qaradi:
— Hozircha emas... lekin ertaga seni xotinim sifatida yozishim kerak bo‘ladi.
Minji ko‘zini qisdi:
— Men seni hali xotinlik imtihoningdan o‘tmadim-ku...
U kulib, Jungkookning ruchkasini tortib oldi va hujjatlardan biriga o‘z ismini chiroyli qilib yozdi.
— Mana, endi sening eng muhim xujjatingda mening imzom bor, — dedi u maqtanchoqlik bilan.
Jungkook unga yaqinroq surildi va shivirlaganday dedi:
— Sen mening hayotimdagi eng muhim imzosan, Minji.
Ularning kulgisi yarim tun jimjitligini buzdi. Bir zumga hammasi shunchalar oddiy, shunchalar baxtli tuyuldi.
Jungkook uni quchog‘iga ohista tortarkan, kulimsirab dedi:
— Biz allaqachon to‘y qilganmiz, Minji. Rasmiy libos, mehmonlar va dabdaba bo‘lmasa ham… men seni o‘sha ilk quchog‘imda xotinim deb tan olganman.
U yengil sochlaridan silarkan, nigohlarini ko‘zlariga qadadi:
— Sen esa hanuzgacha “xotining emasman” deysan. Nahotki yuragimdagi nikoh sen uchun yetarli bo‘lmasa?
Seorin:
Jungkook uni quchog‘iga ohista tortarkan, kulimsirab dedi:
— Biz allaqachon to‘y qilganmiz, Minji. Rasmiy libos, mehmonlar va dabdaba bo‘lmasa ham… men seni o‘sha ilk quchog‘imda xotinim deb tan olganman.
U yengil sochlaridan silarkan, nigohlarini ko‘zlariga qadadi:
— Sen esa hanuzgacha “xotining emasman” deysan. Nahotki yuragimdagi nikoh sen uchun yetarli bo‘lmasa?

— Yo‘q, yetmaydi! — dedi Minji qoshlarini chimirib, lablarini chapillatib hazillasharkan. — Rasmiy to‘y bo‘lmasa, hali ham er-xotin emasmiz!
U qo‘llarini qovushtirib, jiddiy ko‘rinishga harakat qildi, ammo ko‘zlaridagi chaqnash va labidagi yengil tabassum Jungkookni kuldirib yubordi.
— Demak, yana bir marotaba seni o‘zimga xotin qilishimga to‘g‘ri keladi, — dedi Jungkook jilmayib, yuzini unga yaqinlashtirib. — Bu safar esa butun dunyoga e’lon qilaman: sen faqat menikisan.
Minji esa unga suykalib, sekin pichirladi:
— Kelishdik, lekin bu safar gullar, musiqa va men orzu qilgan oq libos bo‘lishi shart!
Birdan deraza ortidan qattiq shovqin eshitildi. Mashina g‘ijirlab to‘xtadi, kimningdir baqir-chaqiri va sharpalar...
Jungkookning yuragi birpasda tez ura boshladi. U tezda o‘rnidan turdi. Ko‘zlarida ehtiyotkorlik va shubha aks etgan edi. U deraza yoniga yaqinlasharkan, Minji ham xavotirlanib uning ortidan ergashdi.
— Bu jimjitlikda bunday shovqin? — dedi u past ovozda.
Jungkook esa to‘xtamay tashqariga qaradi. Bir zumga ichki sezgisi uyg‘ongan edi. U go‘yoki xavfni oldindan his qilgandek edi. Yelkasidagi kuchli og‘irlikni his qilgancha, cho‘ntagidan to‘pponchasini olib:
— Sen bu yerda qol, Minji. Hech nimaga aralashma, eshityapsanmi? — dedi qat’iy ohangda.
Minji esa hayrat va qo‘rquv aralash bo‘lsa-da, bosh irg‘ab unga itoat etdi. Jungkook esa eshik tomon yurdi — hamma narsaga tayyor holda. Tashqarida esa noma’lum odamlar harakatga kelayotgandi…