May 22

Taqdir o'yini 1-qism

Hayot biz kutnagan tasodif va o'yinlarga to'la. Ammo ular aynan kutilmagan vaqtda keladi.

Ella, 19 yosh. U odamlarning qalbini og‘ritishni bilmaydigan qizlardan edi. Ko‘zlari doim nimadandir umid qilayotgandek muloyim, tabassumi esa eng sovuq odamni ham yumshata olardi.

Ella

Onasi u juda kichkinaligida vafot etgan. Shu kundan boshlab Ella uchun uy degan so‘z asta-sekin begonalashib ketdi. Otasi uzoq vaqt yolg‘iz yura olmadi va boshqa ayolga uylandi.

Yangi ayol bilan birga uyga yana bir qiz kirib keldi Yuna. Ella hech qachon Yunaning singlisi bo‘lishga qarshi chiqmagan. Aksincha, uni chin dildan opa sifatida ko‘rishga harakat qilgan. Tug‘ilgan kunida sovg‘a tayyorlagan, kasal bo‘lsa yonida o‘tirgan, hatto ayb o‘ziniki bo‘lmasa ham kechirim so‘ragan paytlari ko‘p bo‘lgan. Lekin Yuna uchun Ella nafrat qiladigan inson edi. Chunki Ella hech nima qilmasa ham odamlar uni yaxshi ko‘rardi. Otasi Ellaga yumshoqroq gapirardi. Mehmonlar Ellaning odobini maqtardi. Hatto Yuna yoqtirgan yigitlar ham ko‘proq Ellaga yoqtirardi. Bu esa Yunani ichidan yemirardi. Avvaliga mayda narsalar boshlandi.

Yashirib qo‘yilgan kitoblar. Yirtilgan daftarlar. Aybsiz bo‘lsa ham Ellaga to‘nkalanadigan ayblar. Keyin esa battarroq.
— Senga o‘xshagan yetim qizni odam sifatida ko'rganimizga ham shukur qil, — derdi Yuna zaharli tabassum bilan.

Ella esa indamasdi. Faqat jim jilmayardi. Chunki u bir kun kelib Yuna uni ham yaxshi ko‘rib qolishiga ishonardi.

O'sha kun Janob Kim safarga ketgach uy ichidagi muhit butunlay o‘zgardi. Otasi bor paytda hech bo‘lmasa biroz tiyilib yuradigan Yuna bilan onasi endi niqobini yechgandi. Uyda Ellaga buyruq ohangida gapirishar, xizmatkordek muomala qilishardi.

Bir oqshom kechki ovqatdan keyin Yuna stulga suyanib, sovuq jilmaydi.

— Endi foydang tegadigan vaqt keldi.

Ella tushunmay unga qaradi.

— Nima demoqchisan?

Yunaning onasi stol ustiga qora forma tashladi. Qisqa yubka va yelkalari ochiq ko‘ylak. Ellaning yuzi oqarib ketdi.

— Nima bu?

— Shu kiyimni kiyasan va ishlaysan, — dedi ayol keskin. — Aks holda otangga seni o‘g‘irlik qildi deb aytaman.

Ella shok ichida unga qaradi.

— Men hech narsa qilganim yo‘q...

— Kim senga ishonadi Yetimchagami yoki mengami? Men dadangni ayoliman.

Shu tariqa Ella majburan shaharning eng mashhur tungi klublaridan biriga ishga yuborildi. Klub — neon chiroqlar, qimmat atir hidi va gunohga botgan odamlar bilan to‘la joy edi. Erkaklarning iflos nigohlari Ellani titratardi. U esa boshini egib, stolma-stol yurardi.

Yuna va onasi aynan shuni xohlagandi. Biror bir odam bilan Ellaning suratini chiqarish, keyin esa, Ellani nomussiz qizga chiqarish va janob Kimning yonida uni obro'siz qilish. Shunda barcha meros Yunaniki bo‘lardi. Ammo ular bitta narsani hisobga olishmagandi. Ella juda ehtiyotkor edi va erkaklarni yoniga yo'latmasdi.

Klub odatdagidek shovqin bilan to‘lib-toshgandi. Baland musiqa, mast kulgular va yonib-o‘chayotgan neon chiroqlar Ellaning boshini aylantirardi.

Ella qo‘lidagi ichimliklarni ehtiyotkorlik bilan stolga qo‘ydi. Ammo atrofdagi erkaklarning nigohlari uni bezovta qilayotgandi. U o‘zini bu yerga tegishli emasdek his qilardi.
Buni hamma sezmasligi mumkin edi. Lekin bir odam sezdi. VIP qismdagi qora divanda o‘tirgan Jimin sekin boshini ko‘tardi. U odatda odamlarni kuzatmasdi. Ayniqsa qizlarni. Unga sun’iy tabassumlar va o‘zini ko‘z-ko‘z qiladigan insonlar zerikarli tuyulardi. Ammo bu qiz boshqacha edi. Ella qo‘rqayotganini yashirishga harakat qilardi. Qo‘llari biroz titrar, lekin baribir muloyim ovozda mijozlarga javob berardi. Kimdir qo‘pol gapirsa ham indamay ketardi.

Jimin stakandagi muzlarni aylantirib, ko‘zini undan uzmadi.

— Yangi qizmi?- dedi u past ovozda yonidagi menejerga.

Jimin

Menejer darhol bosh irg‘adi.

— Ha. Bir necha kundan beri ishlayapti.

— Bu odatdagi qizlarga o'xshamaydi.

Haqiqatan ham o‘xshamasdi. Ella bu iflos muhit ichida adashib qolgan oppoq narsaga o‘xshardi.

Jimin o‘sha kuni Elladan ko‘z uzmadi. Klubdagi odamlar esa bunga hayron edi. Chunki Jimin hech qachon begona qizlarga qiziqish bildirmasdi.

Tun oxirida menejer Ellaga yaqinlashdi.

— Boss seni chaqiryapti.

Ellaning yuragi siqilib ketdi. VIP qavatdagi xona klubning qolgan qismidan butunlay boshqa edi. Qimmat atir hidi va qorong‘i atmosfera bilan to‘la. Ella eshik oldida ikkilanib turdi.

— Kiring.

Jiminning past ovozi eshitildi. Ella asta ichkariga kirdi. Jimin divanda o‘tirgancha unga qarab turardi. Qo‘lidagi sigaret tutuni havoda sekin tarqalardi.

— Qo‘rqyapsanmi?- dedi u sokin ohangda.

Ella darhol bosh chayqadi. Lekin qo‘llari uni sotib qo‘yayotgandi. Jimin sekin kuldi.

— Yolg‘on gapirishni bilmaysan.

U qo‘lidagi stakanni stolga qo‘yib, Ellaga yaqinroq kelishini imo qildi. Ella ikkilanib yaqinlashdi. Shu payt Jimin uning bilagidan ushlab, ohista o‘zining tizzasiga tortdi. Hammasi juda tez sodir bo‘ldi.
Ella qattiq cho‘chib ketdi. Nafasi tiqildi. Uning ko‘z oldiga Yunaning gaplari, klubdagi erkaklarning nigohlari keldi.

— Iltimos... janob unday qilmang..

Qizning ovozi titrab chiqdi. Jimin qoshini chimirdi. U Ellani bunchalik vahimaga tushadi deb kutmagandi. Ammo Ella allaqachon uning qo‘lidan chiqib ketgandi. U shoshilib o‘rnidan turdi-da, eshik tomon yugurdi.

— To‘xta.

Jiminning ovozi past chiqdi. Lekin Ella to‘xtamadi. U honadan deyarli qochib chiqib ketdi. Koridorda nafasi bo‘g‘ilib devorga suyandi. Yuragi qattiq urardi. Ichkarida esa Jimin bir necha soniya jim o‘tirib qoldi.
So‘ng tilining uchida sekin kuldi.
Chunki birinchi marta bir qiz undan qo‘rqib qochgandi.
Va negadir bu unga yoqib qolgandi.

Ertasi kuni Ella klubga borishdan bosh tortdi.

— Men boshqa u yerga jo'natmang, itimos...

Ammo Yuna allaqachon boshqa reja tuzib bo‘lgandi.

— Klubda 1 haftadan beri ishlayapti. Ammo hamon birorta erkak bilan bo'lmadi. Demak boshqa yo'lga o'tamiz, — dedi Yuna onasiga.

Kechqurun Ella ichgan sharbatining ta’mi g‘alati tuyuldi. Oradan ko‘p o‘tmay boshi aylana boshladi. Ko‘z oldi xiralashdi.

— Menga nima bo'lyapti..

Yuna uning yoniga egilib, sovuq jilmaydi.

— Bugundan boshlab otamning suyukli qizi bo‘lolmaysan singiljon.

Ella qarshilik qilishga urindi, lekin oyoqlari bo‘shashib ketgandi. Bir necha daqiqadan keyin uni mashinaga o‘tqazishdi. Klubning orqa qismidagi VIP xonalardan biriga olib kirib, divanga tashlab ketishdi.

Honadagi yorug‘lik xira edi. Ella zo‘rg‘a ko‘zini ochib turardi. Nafasi tezlashgan, tanasi esa og‘irlashib qolgandi. Yuna telefonini yoqib, eshik oldida to‘xtadi. Reja oddiy edi. Pul evaziga bir erkak keladi. Ella bilan sharmandali video olinadi. Keyin esa hammasi janob Kimga yuboriladi. Shu orqali Ellani sharmanda qilish maqsad edi.

— Endi ko‘ramiz otam seni qanday himoya qilarkin,- dedi Yuna past kulib.

So‘ng chiqib ketdi.

Ammo o‘sha erkak klubga umuman kelmagan edi. Oradan biroz vaqt o‘tib, koridorda og‘ir qadam tovushlari eshitildi. VIP xona eshigi ochildi. Jimin ichkariga kirib keldi. U mast edi. Ko‘zlari charchagan, galstugi bo‘shashgan. Bu xona o‘ziniki deb o'ylab kirgandi.

Lekin ichkarida divanga suyanib zo‘rg‘a o‘tirgan Ellani ko‘rib to‘xtab qoldi. Qizning ahvoli yaxshi emasligi darrov bilinardi. Ella xiralashgan nigoh bilan unga qaradi.

— Meni... uyga olib boring...

Jiminning mast nigohi birdan sovuqlashdi. U asta eshikni yopdi va bir necha soniya jim turib qoldi.

Keyin asta eshikdan uzoqlashdi. Mastlik uning ongini xiralashtirgan, odatdagi sovuqqonligini yanada qorong‘iroq qilgandi. Divanda yotkan qizning yuzini aniq ajrata olmadi. Faqat oppoq teri, titrayotgan yelkalar va qo‘rquvga to‘la ko‘zlarni ko‘rardi.

Ella esa o‘rnidan turishga urindi, lekin oyoqlari bo‘ysunmadi. Jimin sekin unga yaqinlashdi. Labining chetida yengil, xavfli tabassum paydo bo‘ldi.

— Demak... bizda bugun sovg'a bor ekan. Qushcha qafasga kelib qolibdi o'z oyog'i bilan..

Uning ovozi past va xirilloq chiqdi. Ella yuragi siqilib ortga surildi.

— Iltimos... yaqin kelmang...

Lekin Jimin to‘xtamadi. U divan yoniga kelib egildi. Qizning iyagini barmoqlari bilan ohista ko‘tardi.

— Qo'rqma qizaloq. Seni qattiq hafa qilmiyman.

Ellaning ko‘zlariga yosh to‘ldi. Dori ta’siridan boshi aylanayotgan, nafasi bo‘g‘ilayotgandi.
Jimin esa mastligi sabab uni tanimadi. Uning barmoqlari Ellaning yuzidan sekin sirg‘aldi.

— Bunchalik titrama... — dedi u past kulib. – Men hali senga hech narsa qilmadim.

Ella qo‘rquvdan ko‘zini yumdi. Va aynan shu payt Jiminning nigohi qizning bo‘ynidagi kichkina kumush kulonga tushdi va uni uzib oldi.

Tun Ella uchun xiralashgan parchalardek o‘tdi. Dori ta’siri sabab u nima bo‘layotganini to‘liq anglay olmasdi. Xonadagi xira yorug‘lik, og‘ir atir hidi va Jiminning past ovozi hammasiga aralashib ketgandi.
Jimin esa mast edi. Ongidagi g‘azab, charchoq va qorong‘i hislar uni odatdagidan ham sovuqroq qilgandi. O‘sha kecha u qizning aslida kim ekanini anglamadi.

Tong yaqinlashganda xona jimjit bo‘lib qoldi.

Bir necha soatdan keyin Ella asta ko‘zini ochdi. Boshi qattiq og‘riyotgandi. Tanasi holdan toygan edi. Bir necha soniya qayerdaligini tushunolmay shiftga tikilib yotdi. So‘ng yon tomondan og‘ir nafas tovushi eshitildi. Ella sekin boshini burdi. Yonida uxlab yotgan erkakni ko‘rishi bilan nafasi tiqilib ketdi. Qizning yuzi birdan oqarib ketdi. Qo‘llari titray boshladi. Kechagi voqealar xira bo‘lsa ham esiga tushayotgandi.

— Yo‘q..

U shivirlab o‘rnidan turdi.
Ko‘ziga tushgan kiyimlarini shoshilib yig‘ib oldi. Yuragi vahimadan qattiq urardi. Ella eshik tomon yurarkan, ortiga qaramadi ham.

Qiz eshikni sekin ochib, tong qorong‘usiga aralashib klubdan chiqib ketdi.

Bir necha soatdan keyin Jimin sekin uyg‘ondi. Boshi zirqirab og‘rirdi. Mastlik hali ham tanasini tark etmagandi. U qo‘lini peshonasiga qo‘yib chuqur nafas oldi. Kecha xotirasida faqat parcha-parcha lavhalar bor edi. Xira yorug‘lik. Titrayotgan qiz. Qo‘rquvga to‘la ko‘zlar.

Jimin qoshlarini chimirib o‘rnidan turdi va shu payt uning nigohi choyshabga tushdi.
Qon izlari. U bir lahza qotib qoldi. Jimin asta ko‘zlarini yumdi. Endi hammasi tushunarlidek edi. Kecha u oddiy klub qizi bilan emasligini anglagandi.

Bu fikr negadir uning ichida g‘alati hissiyot uyg‘otdi. G‘azabmi? Pushaymonmi? Yo‘q... bundan ham qorong‘iroq narsa.

Chunki u qiz qo‘rqayotgandi. Juda qo‘rqayotgandi. Jimin sekin boshini ko‘tardi.

— Kim edi u...

Past, deyarli pichirlab aytilgan gap xona ichida yo‘qolib ketdi.
U tezda kiyindi-da, tashqariga chiqdi. Koridordagi qo‘riqchilar uni ko‘rishi bilan bosh egishdi.

— Kecha VIP xonaga kirgan qiz haqida hamma ma’lumotni toping. Hozir. Kameralarni tekshiring. Qanday kelganini ham.

Qo‘riqchilar darhol tarqalishdi. Jimin esa klub oynasi oldida turib qoldi. Shaharda tong yorishayotgandi. Negadir u qizning ko‘zlari uning hayolidan ketmasdi.

Bu paytda Ella shaharning chekkasidagi avtobus bekatida yolg‘iz o‘tirardi. Tong havosi sovuq edi, lekin qiz buni ham sezmayotgandi. Qo‘llari titrar, ko‘zlari esa bo‘sh nuqtaga qadalgandi. Telefoni ketma-ket vibratsiya qila boshladi. Avvaliga u qarashga qo‘rqdi. Keyin asta ekranini yoqdi. Yuzlab xabarlar. Qarindoshlar. Tanishlar. Noma’lum odamlar va a eng tepada Yunaning yuborgan videosi.

Ellaning nafasi tiqilib ketdi. Kecha VIP xona oldidagi kameradan olingan parchalar allaqachon oilaviy guruhlarga tarqalib ulgurgandi. Video to‘liq emasdi, lekin odamlarning yomon o‘ylashi uchun yetarli edi.

“Janob Kimning qizi tungi klubda erkak bilan...”, “Tarbiya ko‘rmagan ekan., “Onasiz katta bo‘lgan qizdan nima kutardingiz...”

Har bir xabar Ellaning yuragini tilib o‘tayotgandi. Qiz titroq qo‘llari bilan telefonni o‘chirib yubordi. Ko‘zidan yosh oqib tushdi.

— Nega bunday bo'ldi?

U endi uyga qaytolmasdi. Chunki u yerda uni himoya qiladigan hech kim yo‘q edi. Otasi hali ham Amerikada edi. Ish safaridan qaytmagan. Ella esa uning ko‘ziga qanday qarashni ham bilmasdi. Yuna aynan shuni xohlagandi. Ellaning obro‘sini sindirish. Uni hamma oldida iflos ko‘rsatish. Bunga erishdi ham.

Ella boshini tizzasiga qo‘yib yig‘lab yubordi.